Fakulteti guruh talabasi ning


Respublika sanoat tarmoqlarida asosiy mahsulot ishlab chiqarish nisbatining o`zgarishi


Download 0.81 Mb.
bet7/16
Sana17.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1208444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Isloxatlarni davom ettirish va chuqurlashtirish sharoitida o’zbekiston respublikasida sanoatni rivojlantirish istiqbollari

Respublika sanoat tarmoqlarida asosiy mahsulot ishlab chiqarish nisbatining o`zgarishi (foizda)

Tarmoqlar

1994

1995

2001

2002

2004

Butun sanoat

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

Yoqilg`i-energetika majmui

18,3

18,3

21,3

21,4

24,1

Metallurgiya

14,1

13,9

12,3

15,1

17,9

Kimyo va neft sanoati

4,6

5,2

6,0

5,7

5,6

Mashinasozlik va metalni qayta ishlash

7,3

,8

11,2

9,9

12,0

Yog`ochsozlik

0,9

1,0

1,3

1,2

1,0

Qurilish materiallari sanoati

5,0

4,5

5,2

4,8

4,1

Yengil sanoat

19,0

18,6

20,0

19,8

19,4

Oziq-ovqat sanoati

9,7

9,8

12,6

14,2

9,6

Boshqa sanoat tarmoqlari

11,2

10,9

10,1

7,9

6,3

Mustaqillik yillarida sanoatning yangi, yuqori texnologiyaga ega bo`lgan tarmoqlari (avtomobilsozlik, radiotexnika, malakali kadrtalab, mashinasozlik va h.k.) vujudga keldi. Hozirgi vaqtda respublika sanoat tarkibida 100 dan ortiq tarmoq va tarmoqchalar mavjud bo`lib, ular bir necha majmualarni tashkil etadi.


Umuman, respublika sanoat tarmoqlarining hozirgi tarkibida eng katta ulushni yoqilg`i-energetika majmui (24,1 %) egallaydi (10-jadval). Undan keyin yengil sanoat 19,4, metallurgiya - 17,9, mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoati 12,0 foizga teng.
O`zbekiston O`rta Osiyoda samolyotlar, avtomobillar, paxta terish, ip yigiruv, to`quv mashinalari, traktorlar, ekskovatorlar, yuk ko`taruvchi kranlar, liftlar, qorametall, prokat kabi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yagona mamlakatdir.
2 –chizma.O`zbekiston Respublikasi sanoatining marmoqlar tuzilishi.


Yoqilg`i-energetika majmui. Mamlakat yoqilg`i-energetika majmuiga-gaz, neft, ko`mir va energetika sanoatlari kiradi. Bu sanoat majmuining mamlakat sanoat ishlab chiqarishdagi hissasi 24,1 foizga teng. O`zbekistonning g`arbiy va janubiy hududlarida topilgan neft, gaz va ko`mir konlarining katta zahiralariga tayanib yildan-yilga mazkur sanoat tarmoqlari tez rivojlantirilmoqda. Qidirib topilgan gaz zahiralari 2 trillion kubometrga yaqin, ko`mir zahiralari esa 2 milliard tonnadan ortiq. Respublikamiz neft zahiralariga ham boy. Neft, gaz va elektr energiya o`z ehtiyojlarimizni to`la ta`minlabgina qolmay, ko`p miqdorda eksport ham qilinadi. Hozir bu majmua kapital mablag` sarflash hamda chet el investitsiyalarini jalb etishning eng foydali sohalaridan biri bo`lib qoldi. Mazkur sanoat majmui ikki guruhga: yoqilg`i va elektr energetika sanoatiga bo`linadi.
Yoqilg`i sanoati - O`zbekiston og`ir sanoatining muhim tarmoqlaridan biri bo`lib, u tabiiy gaz, neft, ko`mir qazib chiqarishni va ularni qayta ishlashni hamda tayyor mahsulotni iste`molchilarga yetkazib berishni o`z ichiga oladi. Respublikada 160 dan ortiq neft va gaz konlari ochilgan. Ulardan 115 tasi Buxoro-Xiva havzasida, 27 tasi Farg`ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Mazkur konlarning gaz, gaz-kondensatli, gaz-neft, neft, gaz-neft kondensatli va neft-gaz kondensatli turlari mavjud.
O`zbekiston yoqilg`i-energetika sanoatining yirik-yirik konlari va ularning zahiralari chet ellik mutaxassislar bilan hamkorlikda o`rganilib, iqtisodiy jihatdan baholanmoqda hamda qazib olinib, qayta ishlanmoqda. Mutaxassislar baholashicha, O`zbekistonning yer ostida juda katta neft va gaz qatlamlari bor.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling