Fakulteti guruh talabasi


II.BOB . TAQSIMOT LOGISTIKASINING SOHALARDA QOʻLLANILISHI


Download 139.1 Kb.
bet6/11
Sana18.06.2023
Hajmi139.1 Kb.
#1567733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
логистика 1.1,

II.BOB . TAQSIMOT LOGISTIKASINING SOHALARDA QOʻLLANILISHI
2.1Taqsimot logistikasining sohalarda qoʻllanilishi
Taqsimot logistikasi, yetkazib beruvchi – iste’molchi munosabatlarida moddiy oqimni boshqarish bo‘yicha barcha vazifalar majmuini o‘z ichiga oladi. Bunda tayyor mahsulotni iste’molchigacha xarakati jarayonida yechiladigan moddiy oqimlar boshqa-ruvi vazifalari asosiy o‘rinni egallaydi.

  • Taqsimot logistikasi vazifalarini yechish jarayonida quyidagi savollarga ja-vob topish lozim:

  • qaysi kanal bo‘yicha mahsulotni iste’molchiga yetkazish;

  • mahsulotni qanday qadoqlash;

  • logistikaga omborlar tarmog‘i kerakmi, agarda kerak bo‘lsa, qanday, qancha va qayerda;

  • xizmat ko‘rsatishning qaysi darajasini ta’minlash, va boshqa qator masalalar.

  • Mikro va makro darajadagi logistik taqsimot vazifalari tarkibi har xil. Korxona darajasida, ya’ni mikro darajada logistika quyidagi vazifalarni o‘z oldi-ga qo‘yadi:

  • realizatsiya jarayonini rejalashtirish;

  • buyurtma qabul qilishni va qayta ishlashni tashkil etish;

  • qadoq turini tanlash, butlash haqida qaror qabul qilish, va yuklashdan oldingi boshqa operatsiyalar bajarilishini ta’minlash;

  • mahsulot yuklashni tashkil etish;

  • yetkazib berishni tashkil etish va tashishni nazorat qilish;

  • realizatsiyadan keyingi xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.

  • Makro darajadagi logistika vazifalari quyidagilar:

  • moddiy oqimni taqsimlash chizmasini tanlash;

  • xizmat ko‘rsatiladigan hududdagi taqsimot markazlarning (omborlarning) op-timal miqdorini aniqlash;

  • xizmat ko‘rsatiladigan hududda taqsimot markazi (ombor) joylashuvining op-timal joyini aniqlash, hamda moddiy oqimni tuman, viloyat, mamlakat hududidan o‘tish jarayonining boshqaruvi bilan bog‘liq boshqa qator vazifalar.

Moddiy oqim xom-ashyo manbaidan, yoki ishlab-chiqarishdan, yoki taqsimot marka-zidan chiqib, ishlab-chiqarishga, taqsimot markaziga yoki oxirigi iste’molchiga borib tushadi (rasm).





Download 139.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling