Fakulteti iqtisodiyoti kafedrasi
Download 60.31 Kb.
|
Kurs ishi
XULOSA
Marketing ilmiy tadqiqot ishlari barcha korxona (firma, tashkilot, konsern, kompaniya, assotsiatsiya, korporatsiya)lar faoliyatida keng o’rin egallab bormoqda. Bozor xususidagi ma’lumot yoki xabarlarga suyanish, ulardan lozim bo’lgan holatlarda foydalanish, tabiiyki, zaruriy shartdir. Lekin, korxonalarning maqsadli bozor, xaridor sari intilishlarini amalga oshirishda muayyan yo’nalishga va maqsadga bo’lgan marketing ilmiy tadqiqotlari muhim o’rin tutadi (egallaydi). Ma’lumki, har bir marketing ilmiy tadqiqoti tegishli xarajatlarini talab etadi. Asosan yirik firmalar o’z tarkibiy tuzilmalari, sho’’ba tashkilotlari miqyosida marketing ilmiy tadqiqotlarini o’tkazadilar. Lekin barcha sohalar bo’yicha tadqiqotlarni o’tkazishga imkoniyat va muayyan zaruratlar doimiy bo’lmaganligi hamda xodimlarni butun yil davomida ish bilan band qilib turish qimmatga tushishi sababli, ayrim muammolarni ixtisoslashgan marketing markazlariga, institutlariga topshiradilar va davriy tarzda ma’lumot olib turadilar. Zamonaviy marketing nazariyasining rivoj topishi va amaliy faoliyatda uning hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi, firmalarning marketing ilmiy tadqiqotlarini uyuushtirishda ham sezilarli tarzda o’z aksini topmoqda. Xususan, firmalarning raqobatqodirlik quvvati, bozordagi o’rni, strategik maqsadlari, diversifikatsiya sari yo’l tutish taktikasi ko’pgina hollarda ilmiy tadqiqotlarning yo’nalishi va ko’lamini belgilaydi. Marketing ilmiy tadqiqoti uchun zarur bo’lgan ma’lumot va habarlarni to’plash manbalari aniq maqsad uchun birinchi bor tashkil etilgan ma’lumot va xabarlar, hamda dastlab boshqa maqsadlar uchun yig’ilgan, qayta ishlangan, turli manbalarda (jurnal, hisobot, habarlar byulleteni va h.k) mavjud bo’lgan xabarlardan foydalaniladi. Ushbu ma’lumotlardan o’z o’rnida foydalanish va ularning yangilanib, boyitilib turishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Marketing xususida ma’lumotlarni to’plash manbalarini aniq maqsad uchun ilk bor yangidan tashkil etilagan ma’lumotlar, habarlar birinchi turi hisoblansa, ikkilamchi ma’lumotlarni to’plash manbalari tegishli firmaga taaluqli bo’lish yoki bo’lmasligiga ko’ra, o’z navbatida ichki va tashqi turga bo’linadi. Ikkilamchi ma’lumot manbalariga firmada yuritilayotgan joriy buxgalteriya, moliya va statistik hisobotlarda aks ettiriladigan ko’rsatkichlar kiradi. Jumladan, foyda va zararlar, sotib olish (xarid) va sotish, mahsulot zahiralari, iste’molchilar ko’lami va joylashuvi, narxlar hisob-kitoblari va h.k.lar. Tashqi ikkilamchi ma’lumotlarni to’plash manbalri firma faoliyat yuritayotgan yoki yuritishi kutilayotgan bozor, mahsulot xususidagi mavjud bo’lgan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Ularning tarkibi quyidagicha bo’lishi mumkin: 55 -ommaviy va iqtisodiy uyushmalarning hisobotlari va xabarnomalari (davlat muassasalarining rasmiy hisobotlari); -marketing ilmiy tadqiqotlari bo’yicha ixtisoslashgan insitutlar va marketing xizmati ko’rsatuvchi mutaxasislarining ma’lumotlari, hisobotlari; -iqtisodiy matbuot, tarmoq bo’yicha jurnallar, ro’znomalar va kitoblar; - firmalarning ommaviy tarzda chop etadigan ma’lumotlariga yillik balans hisobotlari, narx varaqalari, reklama jurnallari, xaridorlar uchun yo’riqnomalar va shu kabilar kiradi. Ma’lumot va xabarlar olish manbalarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: -iqtisodiy siyosatning asosiy yo’nalishlariga taalluqli bo’lgan Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Davlat soliq qo’mitasining tasdiqlangan yo’riqnomalari va farmoyishlar; -davlat statistik muassasasi ma’lumotlari; -vazirliklar, uyushmalar, konsern va kompaniyalar majmuida to’plangan ma’lumotlar va xabarlar. Ushbu ma’lumot manbai tegishli qishloq ho’jaligi, sanoat, qurilish, xizmat ko’rsatish bo’yicha ixtisoslashgan vazirliklarda ularning barcha bo’ysunuvchi korxonalari holati, rivojlanish yo’nalishlari bo’yicha ma’lumot olish imkonini beradi; -mahalliy xokimyat miqyosida jamlanadigan ma’lumotlar. Mamlakatimiz viloyatlari, tumanlari, shaharlari hokimiyatlari huzurida statistika, “Biznes-fond” bo’limlari, aynan o’sha hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi xususida ma’lumotlar to’playdi; -ilmiy tadqiqot insititutlari, markazlari, universitetlari va oliy o’quv yurtlarining ilmiy izlanish ma’lumotlari, tadqiqot natijalari; -ommaviy matbuot va ilmiy adabiyotlar. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Download 60.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling