Fakulteti kafedrasi Roʻyxatga olindi №


Kurs ishi mavzusining maqsadi va vazifalari


Download 286.07 Kb.
bet2/12
Sana22.04.2023
Hajmi286.07 Kb.
#1376991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi 2023 (1)

Kurs ishi mavzusining maqsadi va vazifalari
Kurs ishining maqsadi – umumiy boshqaruvning asosiy tamoyillari va usullarini, boshqaruvning kelib chiqish tarixini yoritib berish, har bir sohada bo’lgani kabi turizm sohasining boshqaruvini va undagi samaradorlikni aniqlash, boshqaruvnjng zamonaviy prinsiptlarini tasniflash hisoblanadi.
Kurs ishining vazifalari – turizm sohasida boshqaruv tamoyillarini o’rganish, turistik firma hamda turistik korxonalarning menejment samaradorligini aniqlash, tahlil qilish, O’zbekiston Respublikasining turizm salohiyatini aniqlash hisoblanadi.
Boshqarish (iqtisodiyotda) — xoʻjalik obʼyektining iqtisodiy tizimi holatini tartibga solish va yoʻnaltirish jarayoni, subʼyektlar, idoralar tomonidan kishilar va iqtisodiy obʼyektlarga ongli maqsadga muvofiq taʼsir koʻrsatishni bildiradi, ularning faoliyatini yoʻnaltirish va koʻzlangan natijalarga erishish maqsadlarida amalga oshiriladi. Boshqaruv usullari boshqariladigan obʼyektning oʻziga xos xususiyatlariga bogʻliq, lekin hamisha boshqaruv qarori tatbiq etiladigan davrni ajratib olishni nazarda tutadi. Boshqaruv xoʻjalik faoliyati davrlari uchun ishlab chiqiladigan rejalarga muvofiq holda olib boriladi. Boshqaruvning iqtisodiy, maʼmuriy va ijtimoiy, ruxiy usullari mavjud. Boshqaruvning iqtisodiy usulida kutilgan maqsadlarga erishish uchun iqtisodiy vositalardan foydalaniladi. Bu vositalar (rejalashtirish, texnik-iqtisodiy taxlil, foyda, rentabellik, narx, kredit, moddiy ragʻbatlantirish, soliq va boshqa dastaklar)dan toʻgʻri foydalanish muhim oʻrin tutadi, ishlab chiqarish jamoasini tashkil etadigan kishilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi taʼminlanadi (ishchilarga qoʻshimcha ish haqi toʻlash, mukofotlar berish, bir yoʻla katta pul bilan taqdirlash va boshqa ragʻbatlantirish choralari). Boshqaruvning maʼmuriy usuli buyruq va farmoyishlar asosida olib boriladi. Maʼmuriyat oʻz xoʻjaligi doirasida boʻlimlar, guruhlarni, shuningdek xodimlarni tabaqalashtirib, ularning vazifalari, masʼuliyati va huquqini belgilaydi. Unda rejalashtirish, resurslarni, foydani, tayyor mahsulotni taqsimlash, mablagʻlardan foydalanish markazlashtirilgan tartibda olib boriladi. Ijtimoiy-ruhiy usuldagi boshqaruv ijtimoiy-maʼnaviy vaziyatga taʼsir etish orqali kishilarning feʼl-atvori, ruhiyatini hisobga olib, ularning ijtimoiy talabini qondirish yordamida olib boriladi.
Boshqaruv tarkibiy jihatdan korxona, firma, kompaniya, birlashma va boshqa miqyosida, hududiy jihatdan esa tuman, shahar, viloyat, davlat miqyosida boʻladi. Boshqaruv ishini davlatning boshqaruv organlari yoki boshqaruvchilari(menejerlar) amalga oshiradi. Boshqaruv jarayonida vaziyatni boshqarish, yaʼni oʻzgargan iqtisodiy vaziyatga tezkorlik bilan chora topish muhim oʻrin tutadi. Vaziyatni boshqarishning vazifasi xoʻjalik obʼyektini uning uzoq muddatli maqsadlarini amalga oshirishga yo’naltirishdan iborat. Boshqaruvda mahsulot sifati, xarajatlar, mulk, xatar, bozor, talab, taklif va boshqa masalalar boʻyicha juda muhim qarorlar qabul qilish talab etiladi va ularning kutilgan natijalarga olib kelishi boshqaruvning toʻgʻri yoki samaradorliligini tasdiqlaydi. 

Download 286.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling