Fakulteti "statistika" fanidan mustaqil ish mavzu: demografik statistika


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana02.01.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1074985
  1   2   3   4   5
Bog'liq
statistika(2)




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI 
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI “IQTISODIYOT” 
FAKULTETI “STATISTIKA” FANIDAN 
 
 
MUSTAQIL ISH 
 
MAVZU: DEMOGRAFIK STATISTIKA (AHOLI STATISTIKASI) 
BAJARDI: 1- KURS TALABASI 
ABDURAHIMOV FIRDAVS 
TEKSHIRDI: _____________ 
TOSHKENT-2022 



REJA: 
KIRISH 
1. 
AHOLI STATISTIKANING O‘RGANISH OB’EKTI.
2. O’ZBEKISTONDA RESPUBLIKASI AHOLI STATISTIKASI 
XULOSA 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 




KIRISH
 
Demografik statistika, aholi statistikasi - statistika fani tarmogʻi, aholi yoki 
uning alohida guruhlarining miqdori, tarkibi, joylashishi va takror barpo boʻlishi 
haqida statistik uslub asosida maʼlumotlar toʻplash, uni qayta ishlash va tahlil 
qilishni oʻrganadi. Demografik statistikasi aholi va demografik jarayonlar (tugʻilish, 
oʻlish, nikoh va ajralish, aholining takror barpo boʻlishi) haqidagi raqam 
koʻrsatkichlar yigʻindisidan iborat. Demografik statistikasi maʼlumotlaridan sotsial-
demografik tadqiqotlarda foydalaniladi. 
Demografik statistika aholi va demografik jarayonlar haqida maʼlumotlar 
toʻplashda ularning maʼlum ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davomida miqdor va sifat 
jihatdan muntazam oʻzgarib borishini nazarda tutadi. Demografik statistikaning 
aholi roʻyxati oʻtkazish, demografik jarayonlar va migratsiyani doimiy roʻyxatga 
olib borish kabi va h. uslublari mavjud aholi haqidagi maʼlumotlarni 
umumlashtirish, guruhlash, ularni qiyoslash va demografik omillarni oʻrganish 
qoidalarini ham ishlab chiqadi. 
Demografik statistikasi statistikaning boshqa tarmoqlariga nisbatan ancha 
oldin paydo boʻlgan (qarang Aholi roʻyxati). Oʻzbekistonda demografik statistika 
asosan, 20-asrning 1-yarmidan shakllana boshlagan. 1927-yil Respublikada 
fuqarolik holatini qayd etish (ZAGS) byurolarining tarkib topishi demografik 
statistika rivojlanishiga olib keldi. 
Demografik statistika maʼlumotlari dunyoning juda koʻp mamlakatlarida 
maxsus byulletenlarda, statistik toʻplam, jurnal va demografik yilnomalarda nashr 
etiladi. Dunyo aholisi va uning miqdor, sifat oʻzgarishlari BMT demografik 
yilnomalarida, Oʻzbekiston aholisi va demografik jarayonlari haqidagi maʼlumotlar 
esa Oʻzbekistan Respublikasi Statistika qo’mitasi statistika departamentining 
demografik yilnomalarida muntazam chop etiladi. 




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling