Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
a)Salomlashish: O’quchilar bilan salomlashiladi. Darsning shiori aytiladi.
b)Davomatni aniqlash: Navbatch hisoboti eshitiladi, darsda qatnashayotgan va kelmagan o’quvchilar belgilab olinadi.
darsga tayyorgarlik ko‘rish: sinf xonasini tozaligi, o’quv qurollari, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshirib olinadi.
II. Uyga vazifani so‘rash:
O‘tilgan mavzu so’raladi.
Yangi mavzu bayoni:
Dasturlashni o’rganishni quydagi bo’limlarga bo’lib tushuntirishga harakat qilamiz.
1. Siz aslida dasturlash tilini nega o'rganmoqchi ekanligingizni aniqlab oling. Agar siz butunlay dasturchilik kasbini tanlagan bo’sangiz katta qiyinchiliklarga tayor turing. Sizni og’ir va mashaqatli yol kutmoqda. Lekin siz ko’zlagan maqsadingiz erishib dasturchiga aylansangiz sizni juda yaxshi hayot kutmoqda chunki siz zamonaviy uy joy, mashina va yaxshi ishga ega bo’lishingiz mumkun. Qiladigan ishingiz kampyuterda bir talay kodlarni terishgina holos. Sizda doim o’yin kulgu qilishga hatto sayohatlarda yurush uchun ham vaqt ham pul bo’ladi, buni unutmang.Agarda siz o’z sohangizga yaqin bo’lgani uchun yoki qiziqishlaringiz tufayli dasturlash tilini o’rganmoqchi bo’lsangiz bu sizning karerangizda juda kerakli bo’ladi. Juda yaxshi kasbni tanlaganingizga o’zingizni ishontiring bir yoki ikki yildan keyin restaran yoki ofislarda kofe ichib notebukda ishlab o’tirishingizni tasavur qiling bu ajoyib bo’ladi.
2. O’z qiziqishingiz va yo’nalishingizni belgilab oling.
Sizni aslida nima qiziqtirishi muhum. Balki sizga web dasturlash(yani interet hizmatlari yoki sahifalarini yaratish) qiziqtirar balki smartfonlar uchun dasturlar yozmoqchidirsiz, yoki kamyuterlar uchun harhil qiziqarli va foydali dasturlar yaratishni hohlarsiz. Boshqa yo’nalishlar ham bor albatta lekin bu endigina dasturlashni boshlaganlar uchun mos yo’nalishlar. Har biri alohida malaka va boshqa boshqa dasturlash tillarini talab etadi. Siz o’z qiziqishlaringiz haqida o’ylab ko’ring.
Do'stlaringiz bilan baham: |