Bilimlar bazasi (BB) – bu ayrim muammo sohalarida murakkab masalalar yechimini topish uchun taxlil va xulosalarni yuzaga keltiruvchi model, qoida, omillar (ma’lumotlar) majmuidir.
Bilim va qoidalarni turli aspektlarda ko‘rib chiqish mumkin:
Chukur va yuzaki;
Sifat va mikdoriy;
Taxminiy (noaniq) va aniq;
Muayyan va umumiy;
Tavsifiy va kursatma (yo‘l-yurik) beruvchi.
Foydalanuvchilar bilim bazasini samarali boshqaruv karorlarini olish uchun qo‘llashlari mumkin.
2. Ekspert tizimlarining tuzilishi va asosiy komponentlari
Ekspert tizimlar tarkibiga quyidagi asosiy komponentlar kiradi: BB, aqliy taxrirlagichlar, tushuntirish va dialogli interfeyslar.
BB ko‘rib chikilayotgan muammo sohasida ma’lumotlarning maqsadga muvofik o‘zgarilishini ta’riflovchi qoidalarni saqlash uchun mo‘ljallangan.
BBda markaziy o‘rinni qoidalar egallagan. Qoida muayyan bir sharoitda nima qilish kerakligini belgilaydi va u ikki qismdan iborat bo‘ladi.
Birinchisi, bajarilishi mumkin bo‘lgan yoki bo‘lmagan shart-sharoit. Ikkinchisi, agar sharoit bajariladigan bo‘lsa, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan xatti-harakat.
Ekspert – bu muayyan muammo sohasida samarali yechim topa oluvchi mutaxassis.
Do'stlaringiz bilan baham: |