Aqliy taxrirlagich – bilimlar bo‘yicha muxandis yoki kognitologga bilimlar bazasini dialog usulida yaratish dasturi.
Dasturchi – instrumental vositalari (IV) ni ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassis.
Tushuntirish (izoxlash) bloki foydalanuvchining texnologiyada bilimlar bazasidan foydalanish ketma-ketligini aks ettiradi va «nima uchun?» degan savolga javob beruvchi xulosaga keladi.
Foydalanuvchining interfeysi. Foydalanuvchi ekspert tizimiga buyruq va axborot kiritish, hamda uning buyrugi orkali chikadigan axborotni olish uchun foydalaniladi. Buyruqlar uz ichiga bilimlarni ishlash jarayonini boshqarmaydigan paramertlarini oladi.
Foydalanuvchi axborotni kiritishning turtta uslubidan foydalanishi mumkin: menyu, buyruq, tabiiy til, shaxsiy interfeys.
Ekspert tizimining texnologiyasi chikadigan axborot sifatida nafakat karorni, shuningdek zarur tushuntirishni olish imkoniyatini ham ko‘rib chikadi.
Interpretator. Bu ETning bir qismi bo‘lib, bazadagi bilimlarni ma’lum bir tartibda ishlaydi. Interpretatorning ish texnologiyasi qoidalar majmuining ketma-ketligini ko‘rib chiqishga olib keladi. Agar qoidadagi shartlarga rioya etilsa, ma’lum xatti-harakatlar bajarilsa, foydalanuvchiga ham uning muammolarini yechish variantlari taqdim etiladi.
ET tuzilishi :
Do'stlaringiz bilan baham: |