Fakulteti,,Geokimyo va minerologiya


Download 37.82 Kb.
bet2/3
Sana28.01.2023
Hajmi37.82 Kb.
#1135348
1   2   3
Bog'liq
Faoliyat xavfsizligini ta’minlashda psixologik omillarning ahami

Psixik jarayonlar psixik faoliyatning asosini tashkil qiladi. Psixik jarayonlar bilish – sezish, his-tuyg‘u qabul qilish, iroda, xotira va boshqalarga farqlanadi. 

Psixik xossalar shaxsning o‘ziga xos xususiyatini, fazilatini (yo‘nalishi, xarakteri, temperamenti) ifodalaydi. Shaxsning sifatlari (xossalari) ichida zukkolik, zakovatlilik, his-tuyg‘u, iroda, odob-axloq, mehnat ajralib turadi va u o‘zgarmas hamda doimiydir. 

Psixik holatlar xilma-xilligi, vaqtincha xarakteri bilan farqlanadi va psixik faoliyatning xususiyatlarini aniqlaydi, psixik jarayonlarga foydali yoki foydasiz bog‘lanishi mumkin.
Mehnat psixologiyasi vazifalari va xavfsizlik muammolaridan kelib chiqib holatlarni ishlab chiqarish va maxsus psixik holatlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. Bu ishlab chiqarishdagi shikastlanish, avariyaning oldini olish choralarini tashkil etishda muhim o‘rin egallaydi.
Insonning qobiliyati, samarali mehnat faoliyati uning psixik (ruhiy) kuchlanishi darajasiga bog‘liq. Psixik kuchlanish insonning mehnatiga ma’lum daraja-chegaragacha ijobiy ta’sir etadi. Faollikni kritik nuqtadan yuqoriga ko‘tarish ish qobiliyatini yo‘qotishgacha olib kelishi mumkin.
Operator uchun normal sharoitdagi his-tuyg‘u va mehnat qilishi uchun ruhiy kuchlanish darajasi 40-60%dan oshmasligi ko‘zda tutiladi, aks holda bu uning ish qobiliyatining pasayishiga olib keladi.
Psixik kuchlanishning chegaradan yuqori shaklida insonning shaxsiy xususiyatlari pasayadi, harakat koordinati o‘zgaradi, xulqi samarasiz holatga o‘tadi yoki hayot faoliyatida boshqa salbiy o‘zgarishlar namoyon bo‘ladi. 

Chegaradan yuqori psixik kuchlanishni xususiyatiga qarab tormozlovchi (to‘xtatuvchi), qo‘zg‘atuvchi turlarga ajratish mumkin. 

Tormozlash turi inson harakatining pasayishiga va cheklanishiga olib kelishi bilan ifodalanadi. Kasb egasi vazifani avvalgidek shijoat bilan bajarishga qodir bo‘lmaydi, javob berish hususiyati va tezligi pasayadi. Xotiralashfikrlash jarayoni sekinlashadi, yomonlashadi va shu kabi boshqa salbiy omillar kuzatiladi. 

Qo‘zg‘atuvchi xilida esa insonda faollikning pasayishi, sergaplik, ovozning titrashi kuzatiladi. Natijada, ya’ni psixik kuchlanishning yuqori shaklida odamlarda – operatorlarda murakkab sharoitlarda notug‘ri harakatlanish va xatolarga yo‘l qo‘yish, toliqish sodir bo‘ladi. Yuqoridagilarni hisobga olib inson psixik holatining nazoratiga katta e’tibor beriladi.
Insonning psixik holatiga ta’sir etadigan omillar – umidsizlanish, kayfiyatning buzilishi, qo‘pollik alomatlari, yiqilib tushish, toliqish kabilar bo‘lmasligi uchun tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Shu jumladan, insonning salomatligiga, ish holatiga, psixologik faoliyatiga ijobiy ta’sir etadigan psixofarmokologik vositalar ishlab chiqilgan va ular tavsiya etilgan taqdirda qo‘llaniladi.
Engil stimulyatorlarni (choy, kofe) qo‘llash insonning ish qobiliyatini qisqa vaqtga oshiradi, uyqusini qochiradi. Ayniqsa aktiv stimulyatorlarni (pervitin, fenamin) iste’mol qilish bilan harakatchanlik, sezish qobiliyati pasayadi.
Trankvilizatorlar (seduksen, elenium va h.k.) ichilsa inson biroz tinchlanadi, lekin nevroz kasalligi kelib chiqadi, uyqu elitadi, faollik, psixik holat pasayadi.
Insonning ish qobiliyatiga, psixik holatiga jiddiy ta’sir etadigan alkogol ichimliklarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Xullas, maishiy va ishlab chiqarish sharoiti asosida insonning psixik holati barqaror bo‘lishi uchun chora-tadbirlar ko‘rish, takomillashgan nazorat usulini uyushtirish asosiy vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
1. zamonaviy inson uni o`rab turgan atrof-muhitning tashkil etuvchilari ya`ni, tabiiy, texnogen (texnosfera) va ijtimoiy muhit bilan uzluksiz o`zaro ta`sirda bo`ladi;
2. XIX asr oxiridan boshlab va XX asr davomida texnosfera va ijtimoiy muhit uzluksiz rivojlanmoqda, bunga ushbu sohada inson faoliyati orqali o`zgartirilgan ulushlarni oshib borayotganligi isbotdir;3. Texnosferani rivojlanishi tabiiy muhitni o`zgartirish hisobiga amalga oshmoqda.
Zamonaviy hayotda insonlarning ijtimoiy mavqelarini yuksalish bilan birga ularning tinchligiga, sog’ligiga va mehnati xavfsizligiga xavf soladigan omillar soni ham ortib bormoqda. Ma`lum sharoitda ularning insonlarning ruhiy holatiga, organizmi sog’ligiga salbiy ta`sirini ko`rsatishi hammaga ma`lum. SHu sababli insonlarni nafaqat ularning aqliy yoki jismoniy mehnat faoliyati davomida balki, yashash joyida, yo`lda va barcha holatlarda xavfsizligini, yaxshi kayfiyatini, mehnat qobiliyati va ish unumdorligini taminlash, sog’ligi haqida qayg’urish masalalarini ijobiy hal etish juda dolzarb masalalardan biridir.
Qayd qilingan masalalarni ijobiy hal etishda hayot faoliyat xavfsizligi fanining o`rni, uning nazariy ma`lumotlari bilan bo`lajak mutaxassislarni qurollantirish muammolarni ijtimoiy hayotda mumkin qadar ijobiy hal etilishiga yordam beradi. 1. Hayot faoliyat xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari Hayot faoliyat xavfsizligi (HFX) — ishlab chiqarish va noishlabchiqarish muhitida insonni atrof muhitga ta`sirini hisobga olgan holda xavfsizlikni taminlashga yo`naltirilgan bilimlar sistemasidir. 6 Hayot faoliyat xavfsizligining maqsadi ishlab chiqarishda avariyasiz holatga erishish, jarohatlanishni oldini olish, insonlar sog’ligini saqlash, mehnat qobiliyatini oshirish, mehnat sifatini oshirish hisoblanadi.
Har qanday xo`jalik yuritishning chiqindilari va teskari samarasi bo`ladi va ularni yo`qotib bo`lmaydi. Ularni bir fizik-ximik shakldan boshqa shaklga o`tkazish yoki fazoga chiqarib yuborish mumkin. Texnosfera, bundan tashqari to`satdan portlash, yong’in natijasida, qurilish konstruktsiyalarini buzilishida, transport avariyalarida va shunga o`xshashlarda katta miqdordagi chiqindilar va energiya oqimini yuzaga keltirishi mumkin. Ijtimoiy muhit tabiiy va texnogen olamni o`zgartirishga yo`naltirilgan insonga xarakterli bo`lgan barcha energiya oqimlarini ishlab chiqaradi va iste`mol qiladi, jamiyatda chekish, alkogol ichimliklar, narkotik moddalar va shunga o`xshashlarni iste`mol qilishga aloqador zararli holatlarni shaklllantiradi. 7«Inson - atrof muhit» sistemasini har xil komponentlari energiya va informatsiyalarini xarakterli massalar oqimini quyida keltiramiz:
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytib o`tish kerakki bu murakkab hodisalar, tushunchalar, obyektlarni sinflashtirish va tizimlashtirish haqidagi fandir. Taksonomiya so'zi xavflarni qonun bo'yicha joylashtirish degan ma'noni beradi. Xavf ko'p belgilarga ega bo’lgan murakkab ierarhik tushunchadir, Faoliyat xavfsizligi sohasida ilmiy bilimlarni tashkil qilishda xavflarni taksonomiyalash muhim rol o'ynaydi va ularning tabiatini chuqur bilishga undaydi.
Hozircha xavflarning yetarlicha to'liq, mukammal taksonomiyasi yaratilmagan. Bu o'qituvchi va olimlar oldida kelgusida juda katta ilmiy izlanishlar olib borishini ko'rsatadi


Download 37.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling