Falsafa” 2-topshiriq Mavzu: Bilish falsafasi – Gnoseologiya
Download 1.12 Mb.
|
Bilish nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy falsafaning bir qismi bo`lgan Gnoseologiya – bilish falsafasi Gnoseologiya o`ziga qo`yilgan muammo Savollarga javoblar 1.
O 'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI BUDJET HISOBI VA G'AZACHILIGI FAKULTETI “ELEKTRON TIJORAT” “Falsafa” 2-topshiriq Mavzu: Bilish falsafasi – Gnoseologiya Topshirdi: Abdullayev Arslon Guruh: BET-70/22 TOSHKENT-2022 Umumiy falsafaning bir qismi bo`lgan Gnoseologiya – bilish falsafasi Gnoseologiya o`ziga qo`yilgan muammo Savollarga javoblar 1.Ontologiya qanday ta`limot – falsafaning umumiy dunyodagi borliq haqidagi va uni tadqiq qiluvchi o`rganuvchi va o`rgatuvchi bo`limi. Uning qanday shakldaligidan tortib, uning ishlash funksionalligigacha, qonuniyatlarigacha tekshiradi va bilimlarni to`playdi. 2.Borliq tushunchasi nimani ifodalaydi – falsafaning o`zi va undagi bilimlarning har birini shaxsan subyektiv deya bilganim uchun, borliq tushunchasini tarifi haqida ham shu fikrni ayta olaman. Biz bilgan hozirgi makon va zamonda borliqni to`liq tushuntirib beruvchi obyektiv ta`rif mavjud emas deb o`ylayman. Chunki har bir inson umum dunyoni o`zining voqealigidan kelib chiqib qabul qiladi. Shaxsan men uchun borliq bu moddiy va ma`naviy dunyoni o`zaro mustahkam xolatda ushlab turadigan hodisa, narsa. U o`zida oldin mavjud bo`lgan va hozirda bor va kelajakda mavjud bo`ladigan har bir narsani ifodalaydi. 3.Borliqning turlari – shaxsan borliqning ikki turi bor deb o`ylayman. Real va hayoliy. Real borliq o`z ichiga barcha moddiylikni oladi. O`z navbatida Real borliq kichikroq qismlarga bo`linadi. Organik, noorganik, biosferik, ijtimoiy, obyektividal borliq. Insoniyat rivojlanishiga qarab borliq va uning shakllari ham kengayib boradi, va ular haqidagi tushunchalar kengayadi. Ikkinchi borliq turi esa, xayoliy borliqdir. Hayoliy borliq bu insonlarning tasavvuri ichiga kiruvchi va fizika qonunlaridan chetda bo`lgan borliq. Balki aslida bu borliq uchun ham ma`lum bir fizik qonunlar mavjud bo`lishi mumkin, ammo hozircha inson sifatida biz hali bularni kashf etmadik. 4.Materiya tushunchasi – fizik jihatdan materiya bu umumiy dunyodagi barcha elementlarning asosini tashkil etadigan, o`z massasi va o`lchamiga ega bo`lgan modda. Falsafiy jihatdan materiya qadimgi yunon olimlarining dunyo haqidagi fikrlaridan kelib chiqqan atama. 5.Harakat va uning asosiy shakllari to’g’risida so’zlab bering – Biz yashayotgan dunyoning asosiy funksiyasi hisoblanadigan harakat bu olamning doimiy mavjudligini ifodalaydi. Olamdagi har bir narsa obyekt va hatto hayoliy borliqdagi barcha voqealiklar ham harakatning doimiyligi orqali amalga oshadi. Harakat boshlangan davrda olam yaralgan va harakat to`xtaganda olam ham to`xtaydi. Harakatning turlari : 1 – mexanik; 2 – biologik 3 – fizik; 4 – kimyoviy; 5 – ijtimoiy; Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling