Falsafa 3 mavzu savollaga javob


Download 20.5 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi20.5 Kb.
#202419
Bog'liq
Falsafa 3 mavzu-WPS Office(1)


Falsafa 3 mavzu savollaga javob

1 Ulug' mutafakkir va gumanist Abdurahman Jomiy(1414—1492) Hirot yaqinidagi Xaijird qishlog'ida dunyoga keladi. Samarqandga kelganidan so'ng mutafakkir Qozizoda Rumiy va Xoja Ali Samarqandiywing geometriya, algebra va astronomiya bo'yicha ma’ruzalarini tinglaydi. Keyinchalik shoir shayx Sa’diddin Qoshg‘ariyga shogird tushib, naqshbandiylik tariqatini undan o'rgana boshlaydi va naqshbandiylik sulukining ko'zga ko'ringan nazariyotchisiga aylanadi.Jomiy qomusiy olim edi. U geometriya, astronomiya, kosmografiya, matematika fanlarini puxta o'zlashtirgan, arab tili, falsafa, ritorika, axloqshunoslik borasida yirik asarlar yozgan edi.Uning aytishicha, inson m ehnat faoliyatida moddiy dunyo hodisalarini idrok qiladi. “Imkoni boricha hamma narsa haqida haqiqatni bilishga intiladigan va o'zining bilib olgan narsalarini amalda qo'llay oladigan kishi dono deb aytiladi” Jomiy o'z asarlarida jabr-zulm qiluvchilar va zo'ravonlami qoraladi. Zeroki, ular shahar va qishloqlami harobaga aylantiradilar, dehqon va hunarmandlarni talaydilar. Jomiy mehnat ahllarini davlatning tayanchi deb bildi. Shuning uchun u boy va amaldorlar, hukmdorlami dehqonlarni qo'llab quwatlashga, ularning mehnatini qadrlashga da’vat etdi, davlatni asosi adolat ekanligini alohida ta’kidladi.Jomiy ilm-fan bilan shug'ullanishni inson uchun qadrli va munosib ish deb bildi.

2 Qadimgi yunoniston va rim maktablari.Milet falsafiy maktabi, Eley falsafiy maktabi, Suqrot, Pifagor, Aflotun, Arastu va boshqalarning falsafiy, tabiiy — ilmiy, ijtimoiy — axloqiy ta’limotlari o`rganiladi.Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlar o`rtasida Milet shaxrida yo`zaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir.Uning asoschisi Fales (eramizdan avvalgi 624 — 547 yillarda yashagan). U Yunon fani va falsafasining asoschisi bo`lib, o`z davrining yetuk siyosiy arbobi, juKrofi, faylasufi bo`lgan. Fales ta’limotiga ko`ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido — suvdan paydo bo`lgan va yana suvga aylanadi va bu moddiy birlik doimo o`zgarishda bo`ladi. Anaksimandr (Falesning shogirdi) eramizdan avvalgi VII asr oxiri va VI o`rtalarida yashab ijod etgan. U «Tabiat haqida» asarini yozgan, biroq asar bizgacha yotib kelmagan. Fales olamning asosiga suvni kuygan bo`lsa, Anaksimandr dunyo — cheksiz, gazsimon apeyrondan iborat, issiqlik va sovuqlik, quruqlik va namlik apeyrondan ajralib chiqib, moddaning bir holatdan ikkinchi holatga o`tishini ta’minlaydi, deb xisoblagan.

Milet maktabi

Yana bir yunon faylasufi Geraklit (eramizdan avvalgi 520-460 yillar) Kichik Osiyoning Karbiy qirg`oqidagi Efes shaxrida zargar oilasida dunyoga kelgan Geraklitning fikricha, doimiy o`zgarish, harakat va o`zaro qarama-qarshi tomonlarga o`tish — jismlar sifatining nisbiyligi bilan bog`liq. Masalan, dengiz suvi inson iste’moli uchun yaroqsiz bo`lsa, baliqlar uchun ayni muddaodir. Geraklitning qarashlari falsafiy tafakkur rivojiga katta ta’sir ko`rsatgan.

Pifagor (eramizdan avvalgi 580-500 yillar) Yunonistonning Samos orolida yashab o`tgan. u qadimgi Yunonistonda diniy-mafko`raviy falsafiy maktab, ya’ni pifagorchilikka asos solgan. Pifagorchilarning ta’limotiga ko`ra, olamning asosida modda ham, tabiat ham emas, balki ideallashgan rakamlar yotadi; narsa va hodisalar aynan ana shu rakamlar maxsulidir.



3 Ma’lumki, hamma zamonlarda ham falsafa o`z davrining dolzarb muammolarini xal etish yo`llarini topishga harakat qilgan. ХХ asrga kelib insoniyat fan va texnika taraqqiyoti soxasida o`lkan yutuqlarni qulga kiritdi. Lekin shu bilan birga, aynan ushbu asr ijtimoiy silsilalar, ikkita jahon urushi, ekologik inqiroz, og`ir yo`qotishlar davri ham bo`ldi. Bu esa falsafiy fikrning taraqqiyotida o`z aksini topdi, uning turli yo`nalish va oqimlari shug`ullangan muammolarning salmog`i, maqsad-muddaosini aniq belgiladi. Buning natijasi sifatida, hozirgi davr falsafasida nixoyatda xilma — xil oqim va yo`nalishlar mavjud. O`z navbatida bu ilm-fan va amaliyotning hamda XIX asrning ikkinchi yarmi va hozirgacha bo`lgan falsafa ilmi rivojining asosiy xususiyatlarini belgilaydi.Hozirgi zamon falsafasining eng asosiy tamoyillari umuminsoniylikning ustuvorligi, uning milliylik bilan uyg`unligi, demokratik erkinliklar, inson qadri, biror ta’limotni mutloqlashtirmaslikdir. Bag`rikenglik va tolerantlik hozirgi falsafiy ta’limotlar rang-barangligini ta’minlaydi.An’anaviy falsafada, turli G`oyaviy tizimlarga bo`linishiga qaramay, muxim muammolarni xal etishda ma’lum bir umumiylik mavjud edi. Hozirgi zamon falsafasida aksincha, falsafiy muammolarning ko`p xilligi va o`ziga xosligi, turli-tumanligi, ular asosida falsafiy oqimlarning mustaqil yo`nalish sifatida shakllanganligi yaqqol ko`zga tashlanadi.
Download 20.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling