Falsafa 7-seminar bo’yicha topshiriqlar


Download 67 Kb.
Sana30.11.2020
Hajmi67 Kb.
#156297
Bog'liq
7-семинар топшириқ.falsafa


Falsafa

7-SEMINAR BO’YICHA TOPSHIRIQLAR

Mazkur seminar topshirig’ini bajarishda quyidagi texnologiyalardan foydalaniladi.

MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI




Tushunchalar

Tahlili

1

Jamiyat tushunchasi

Jamiyat bu o’z hayotiy zarur ehtiyojlarini qondirishda o’zaro aloqador bo’lgan kishilarning birgalikda yashashini muayyan sistemasidir.


2

Tarixga formasion va sivilizasiyaviy yondashuvlar

Formasion yondashuv tahlil jarayonida butun jamiyatni qamrab olishga harakat qiladi va asosiy e’tiborni uning dinamikasiga qaratadi; sivilizasion yondashuv esa jamiyatning bir qismini (ayrim sivilizasiyani) o’rganadi, jamiyatni esa statik deb e’tirof etadi; formasion yondashuv jamiyat hayotining iqtisodiy omillariga alohida e’tibor beradi; sivilizasion yondashuv asosiy e’tiborni ma’naviy omillarga qaratadi.

3

Qadriyat tushunchasi

Qadriyat – voqelikndagimuyyanhodisalarningumuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma’naviyahamiyatiniko’rsatishuchunqo’llanadiganfalsafiy- sosiologikvaaksiologiktushuncha.

4

Madaniyat tushunchasi

Madaniyat – inson dunyosi, faqat unga xos faoliyat usuli bo’lib, uni amalga oshirish jarayonida odamzot o’zi yaratayotgan narsalarga ruh baxsh etadi, tabiatni, o’zi yashaydigan muhitni insoniylashtiradi.



7-MAVZUNING 2-TOPSHIRIG’I BO’YICHA

savollarga javob yozing


        1. Jamiyat va tarixning o’zgaruvchanligining falsafiy jihatlari deganda nimani tushunasiz?

Jamiyat hayoti asrlar osha olimlar va faylasuflarning tadqiqot ob’ekti bo’lib kelmoqda. U turli fanlar, chunonchi: sosiologiya, tarix, siyosatshunoslik, huquqshunoslik, etnografiya, iqtisodiy nazariya va hokazolar doirasida o’rganiladi. Fanning vazifasi – jamiyat tuzilishini o’rganish, tarixiy jarayonda takrorlanuvchi, umumiy xossalar, jihatlar, omillar va qonuniyatlarni aniqlashdan iborat.

Muayyan fanlardan farqli o’laroq, falsafaning vazifasi tarixiy jarayonning umumiy jihatlarini o’rganishdan iborat. Falsafa muayyan hodisalarning sabablari nimada degan savolga javob topish vazifasini o’z oldiga qo’ymasada, tarix fanining metodologik asoslarini yaratadi, mazkur sabablarni aniqlashga nisbatan qanday yondashish kerak, degan savolga javob beradi. U dunyoqarashga doir o’z mo’ljallariga tayanadi, ijtimoiy va gumanitar fanlarning kategoriyalar apparatini ishlab chiqishda ishtirok etadi. O’z kategoriyalarining ijtimoiy mazmunini yoritar ekan, falsafa shunga asoslanib muayyan-tarixiy jarayonlarni tahlil qilishni amalga oshiradi. Tarix falsafasining muammolaridan biri bu tarixiy jarayonning birligi muammosi va tarixni davriylashtirish tamoyillarini belgilashdir. Falsafaning vazifasi jamiyat hayotining asosiy negizlarini, uning tizim tashkil etadigan omillarini aniqlashdan iborat. Tarix falsafasida dunyoqarashga doir mo’ljallarining rang-barangligi bilan ajralib turadigan ko’plab oqimlar va yo’nalishlar mavjud bo’lgan. Shu sababli har bir faylasuf, odatda, o’z mo’ljallariga amal qiladi, nafaqat dunyoni, balki jamiyatni ham o’ziga xos tarzda tushuntiradi.




        1. Madaniyat tushunchasi, uning mohiyati, strukturasi va funksiyalarini asoslab bering?

_ Madaniyat – shaxs va jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab oluvchi o’ta serqirra hodisa. «Madaniyat» atamasi arabcha «madina» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, «shahar» degan ma’noni anglatadi. Arablar kishilar hayotini ikki turga ajratib, birini badaviy yoki sahroyi turmush, ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Tugab borayotgan Rim imperiyasida, keyinchalik esa O’rta asrlarda ham madaniyat tushunchasi shahardagi turmush tarzi va sivilizasiya ne’matlari bilan bog’langan. Markaziy Osiyoda madaniyat axloq ko’rinishida shakllangan. Shu bois, eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha ham yurtimizda ma’naviy madaniyat, go’zallikka intilish, san’atni qadrlash kabilar ustuvorlik qiladi. Uyg’onish davrida madaniyat shaxsiy barkamollik belgisi sifatida qaralgan. Shu davrda madaniyatni ma’naviy faoliyatning turli sohalari: vujudga kelayotgan fan, axloq, san’at, falsafa, din bilan bog’lash odati paydo bo’lgan. Madaniyat xulq-atvor andozalari majmui sifatida, ma’naviy faoliyat antik an’anasining davomi sifatida e’tirof etilgan. Shu ma’noda madaniyat tushunchasi ijtimoiy-ilmiy muomaladan o’rin olgan XVIII asrgacha amal qilgan. Har qanday madaniyatning ichki tuzilishi uning amal qilish xususiyatlari bilan belgilanadi. Madaniyatning borlig’i insoniyat tajribasini o’zida mujssamlashtirgan alohida madaniy predmetlilikni yaratuvchi sub’ektning o’ziga xos faoliyati bilan ta’minlanadi. Shundan kelib chiqib madaniyatning quyidagi muhim elementlarini farqlash mumkin:

- madaniyat sub’ekti;

- inson faoliyati;

- madaniy predmetlilik;

- madaniyatning asosiy funksiyasi – ajdodlar ma’naviy tajribasini saqlash, avloddan-avlodga o’tkazish va o’zlashtirishni amalga oshirish bilan bog’liq odamlar o’rtasidagi aloqalar.

Ijtimoiy hodisa sifatida madaniyat ko’p sonli funksiyalarni bajaradi. U insonning bilish faoliyatini o’z ichiga oladi, ijtimoiy tajribani avlodlarga qoldirish va boshqa xalqlar madaniyatini o’zlashtirish vositasi sifatida informativ funksiyani bajaradi. Madaniyatning rivojlanishi u boshqa madaniyatlar bilan aloqa qilishini taqozo etadi. Madaniyat normativ funksiyani ham bajaradi: u muayyan sivilizasiyada shakllangan me’yorlarni amalga joriy etadi, shuningdek o’z me’yorlari va qadriyatlarini yaratib, ularni inson hayoti va faoliyatining barcha jabhalariga tatbiq etadi. Ijtimoiy-madaniy jarayonda davlat hayoti qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etadi: ideokratik, teokratik yoki siyosiy davlat boshqa-boshqa madaniy mo’ljallarga tayanadi. Davlat o’z negizini mustahkamlaydigan me’yorlarning ustunligini ta’minlaydi va o’ziga tahdid solishi mumkin bo’lgan me’yorlarni siqib chiqaradi. O’z navbatida, madaniyat ham ijtimoiy tajribani saralash, uni ramziy tizimlarda mustahkamlashni amalga oshiradi.



Madaniyatning yanabirmuhimfunksiyasi insonni kamol toptirish hisoblanadi: individ madaniyatni o’zlashtirish jarayonida shaxsga aylanadi. Madaniyat normativ tartibga solinadigan faoliyat sanalgani bois, u qadriyatlarni yaratish sohasi sifatida namoyon bo’ladi. Madaniyat hodisalari ijtimoiy o’zgarishlarni boshqaradi, ularni ijtimoiy muhim maqsadlarni amalga oshirishga yo’naltiradi. Madaniyat qadriyatlari mazkur hamjamiyatda ijtimoiy mo’ljal berish va tartibga solish funksiyasini bajaradi. Madaniyat ijtimoiy munosabatlar tizimiga xizmatlar ko’rsatadi, bu erda yuz beruvchi o’zgarishlar va siljishlarni belgilaydi va tayyorlaydi, inson xulq-atvorini tartibga solishni ta’minlovchi maxsus mexanizmlarni yaratadi. Bu to’g’ridan-to’g’ri, bevosita tartibga solish bo’lishi mumkin (huquq, axloq, taqiq). Bu jamiyatning u yoki bu qadriyatlari va talablarini aks ettiruvchi ba’zi bir harakatlarni bajarishni buyurish orqali amalga oshiriladigan bilvosita tartibga solish bo’lishi ham mumkin.
Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling