Фалсафа асос doc


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#191655
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77
Bog'liq
falsafa asoslari

Uchinchi  savol.  Borliqda  har  bir  narsa  va  hodisa  qarama  -  qarshi  tomon-  larning  birligidan 
iborat  bo„ladi.  Tabiat,  jamiyat  va  inson  tafakkuri  taraq-qiyotida  har  bir  narsa  va  hodisa  bir  -  birini 
taqozo  qiluvchi  va  bir  -  birini  o„zaro  inkor  etuvchi  tomonlar,  xususiyatlar  va  tamoyillarga  ega, 
masalan,  elektr  manfiy  va  musbat,  tabiatda  esa  o„zaro  tortilish  va  itarilish,  tirik  organizmda 
assimulyatsiya va dissimulyatsiya  kabilar. Ana  shu bir  - birini  taqozo  etuvchi va  o„zaro bir  - birini 
inkor  etuvchi  tomonlar  o„rtasidagi  munosabat  ziddiyat  deb  ataladi.  Xuddi  shu  ziddiyat  qarama  - 
qarshi tomonlar o„rtasidagi kurash va rivojlanishning sababi, manbai bo„lib hisoblanadi. 
Qarama - qarshiliklar va ularning o„zaro munosabati, ziddiyat va ular-ning birligi jamiyatga, 
ijtimoiy hodisalarga, insonga, inson faoliyatiga, hatto uning bilish jarayoniga ham xosdir. 
Narsa  va  hodisalardagi  o„zaro  o„xshash  tomonlar  birligi  ayniyat  deyiladi.  Har  bir  narsa  va 
hodisada ayniylik bilan birga, tafovut ham mavjud bo„ladi. Tufovut narsa va hodisalar tomonlarining 
har  birining  farq  qiluvchi  jihat-larining  ifodalanishidir.  Borliqda  o„z  qarama  -  qarshiligiga  ega 
bo„lmaydi-gan narsa va hodisa bo„lmaydi. 
Tafovutlarning  rivojlanishi  ziddiyatning  kelib  chiqishiga  olib  keladi.  Ziddiyatlarning 
mavjudligi taraqqiyotning manbai va harakatga keltiruvchi kuchini taqozo qiladi. 
Dialektika  qarama  -  qarshilik  deb,  borliqdagi  narsa,  hodisa  va  jarayon-larning  o„zaro  bir  - 
birini  istisno  qiladigan,  shu  bilan  birga  bir  -  birini  taqozo  etuvchi  tomonlari  tamoyillari  va 
kuchlarining  o„zaro  munosabatlari  tushuniladi.  Ziddiyatlar,  tafovutlar  har  bir  narsa  va  hodisaning 
birligini  tashkil  etadi.  Ziddiyatlar  rivojlanib,  keskinlashgan  holatda  hal  qilinmasa  konflektga 
aylanishi mumkin. 
Ziddiyatlarning  hal  qilinishi  o„zgarish  va  rivojlanishga,  bir  sifatdagi  narsa  va  hodisaning 
boshqa  sifatdagi  narsa  va  hodisaga  aylanishiga,  eski  narsa  va  hodisa  o„rniga  yangi  narsa  va  hodisa 
paydo  bo„lishiga  olib  keladi.  Qarama  -  qarshiliklar  birligi  va  kurashi  hamma  sohada  amal  qiladi. 
Tabiat, jamiyat va inson taraqqiyoti ayni shu sababga binoan sodir bo„ladi. Ziddiyalarning mohiyatini 
bilmay taraqqiyotning sababini tushunib bo„lmaydi. 
Har  bir  sohada  ziddiyatlar,  ularning  kelib  chiqishi  sabablarini  to„g„ri  tushunmoq  katta 
ahamiyatga ega. 
Ziddiyatlar  o„zining  barqaror  bo„lishiga  qarab  turli  xillarga  bo„linadi.  Ular  ichki  va  tashqi, 


49 
 
asosiy va asosiy bo„lmagan, antoganistik va noantoganis-tik ziddiyatlarga bo„lib o„rganiladi. 
Ichki  ziddiyat  -  bu  narsa  va  hodisalarning  o„z  ichidagi  qarama  -  qarshi  tomonlar,  kuchlar 
o„rtasidagi ziddiyatlardir. 
Tashqi  ziddiyat  esa  narsalar  va  hodisalar  o„rtasidagi  ziddiyatlardir.  Lekin  ichki  va  tashqi 
ziddiyatlarni  bunday  bo„lishi  nisbiy  harakterga  ega,  chunki  bir  munosabatda  ichki  ziddiyat  tashqi 
zidiyat, ammo kishilik jamiyati miqyosida ular ichki ziddiyatlardir. 
Rivojlanishning  mohiyatini  asosan  ichki  ziddiyat  belgilaydi.  Tashqi  ziddiyatlar  rivojlanishga 
bilvosita,  ya‟ni  ichki  ziddiyatlar  orqali  ijobiy  va  salbiy  ta‟sir  ko„rsatishi  mumkin.  Masalan, 
O„zbekiston  istiqboli  ichki  iqtisodiy  siyosat  va  ma‟naviy  vaziyatga  bog„liq.  Tashqi  halqaro  va 
mamlakat-lararo munosabat yetarli katta ta‟sir ko„rsatmasligi mumkin. 
Demak,  rivojlanish  asosan  ichki  muammolarni  hal  qilishga  bog„liq  bo„lsa  ham,  lekin  tashqi 
ziddiyatlarni ham nazardan chetda qoldirmaslik kerak. 
Ziddiyatlarni o„z harakteriga, narsa va hodisalarning rivojlanishidagi ahamiyatiga qarab asosiy 
va asosiy bo„lmagan ziddiyatlarga ham bo„lish mumkin. 
Narsa  va  hodisalarning  mohiyatini,  ularning  kelib  chiqishi  va  rivojlanish  qonuniyatlarini  belgilab 
beradigan ziddiyat asosiy ziddiyat deyiladi. 
Asosiy bo„lmagan ziddiyatlar esa narsa va hodisalarning ma‟lum bir taraqqiyot bosqichida ular 
mohiyatini  belgilamaydigan,  rivojlanishni  o„zgar-tirish  kuchiga  ega  bo„lmagan  ziddiyatlar  bo„lib, 
ularning rivojlanishga ta‟siri vaqtga va sharoitga bog„liq. 
Shuni  qayd  etish  lozimki,  ziddiyatlarning  qaysi  biri  asosiy  va  asosiy  emasligini  aniqlash 
rivojlanishning asosiy sabablarini to„g„ri belgilash-ning asosiy yo„lidir. Asosiy ziddiyatlarni aniqlash 
ijtimoiy  amaliyot  natijalarini  va  bu  amaliyot  natijalarini  tafakkur  orqali  analiz  va  sintez  qilish 
natijasida amalga oshadi. 
Asosiy ziddiyatlar orasida ularning biri bosh ziddiyatni tashkil qilishi mumkin. Bosh ziddiyat 
deb, rivojlanishning u yoki bu bosqichining mohiyatini belgilab beradigan asosiy ziddiyatga aytiladi. 
Ijtimoiy taraqqiyotda bosh ziddiyatni aniqlab olish muhim ahamiyatga ega. 
Antoganistik  va  noantoganistik  ziddiyatlar  ham  mavjud  bo„ladi.  Antoganistik  ziddiyatlar 
jamiyatdagi  manfaatlari  bir  -  biriga  tubdan  zid  bo„lgan  kuchlar,  ijtimoiy  guruhlar  va  tabaqalar 
o„rtasidagi ziddiyatlardir. Noantoganistik ziddiyatlar jamiyatdagi manfaatlari bir - biriga mos keladi-
gan  manfaatlarini  o„zaro  kelishtirishi  mumkin  bo„lgan  ijtimoiy  guruhlar  va  tabaqalar  o„rtasidagi 
ziddiyatlardir. 


50 
 
Jamiyatdagi ziddiyatlarni aql - zakovat bilan hal qilish maqsadga muvofiqdir. 
Ziddiyatlarning ba‟zilarini eskining yemirilib borishi va yangining qaror topib borishi asosda 
hal qilinib borilsa, boshqalari ayni shu ziddiyat-larni tashkil qilgan qarama - qarshi tomonlarni o„zaro 
kelishtirish,  murosa-yu  madoraga  keltirish,  bir  -  biri  bilan  o„zaro  siyosiy  muzokaralar  olib  borish, 
bitimlar tuzish, hamjihatlikka erishish yo„li bilan taraqqiyotni ta‟minlash mumkin. Keyingi vaqtlarda 
jamiyatdagi  ziddiyatlarni  hal  qilishda  qo„llanayot-gan  samarali  usullardan  biri  Konsensus  (o„zaro 
kelishuv)dir. Xegel qayd etgan konsensus usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Jamiyatdagi  bunday  ziddiyatlarni  hal  qilishda,  ayniqsa  halqaro  tashki-lot  (BMT  va  shu  kabi) 
larning o„rni kattadir. Tabiatdagi ziddiyatlar asosan sitikiyali mohiyatga ega, ya‟ni ular o„z - o„zicha 
paydo bo„lib, rivojlanib, so„ng o„zlariga xos qonunlar asosida hal etiladi. 
Falsafada  ziddiyatlarning  har  biriga  konkret  yondashish,  ular  namoyon  bo„ladigan  sharoitni, 
vaziyatni shu taraqqiyot jarayonida o„ynaydigan rolini to„g„ri hisobga olish muhim ahamiyatga ega. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling