Фалсафа асос doc
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi savol.
Mavzuning rejasi
1. Taraqqiyot jarayonida takrorlanishtamoyili. Qonun va qonuniyat tushunchalari. 2. Miqdor va sifat tushunchalari. Me‟yorning buzilishiva yangi sifatga o„tishning mohiyati. 3. Dialektikaning qarama - qarshiliklar birligi va kurashi qonuni. Inkorni inkor dialektikasi. Birinchi savol. Taraqqiyot jarayonida takrorlanish tamoyili qonun va qonuniyat kabi masalalarni yoritishda dialektikaning taraqqiyot to„g„risidagi ta‟limot ekanligi, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar, ularning inson miyasidagi in‟ikoslari - bizning tasavvur va tushunchalarimiz o„zaro bog„liq va aloqador, bir - biriga ta‟sir va aks ta‟sir etib turishi ularning doimiy ravishda harakatda, o„zgarish va rivojlanishda bo„lishini taqozo etadi. Narsa va hodisalarning harakati, 44 o„zgarish va rivojlanilari ularning o„zaro aloqa-dorligi va bog„lanishlari natijasida sodir bo„ladi. Bizni qurshab turgan narsa va hodisalar galaktikalardan tortib, yulduzlargacha, yulduzlardan tortib, Yer va Quyoshgacha, Yerning o„zidan tortib, undagi turli - tuman moddalar, o„simliklar va hayvonot dunyosigacha, kishilik jamiyatidan tortib to inson va uning tafakkurigacha hamma narsa va hodisalar doimo o„zgarishda, unilish, rivojlanishda, doimo harakatda deb qaraydi. Bir butun borliqda sodir bo„ladigan harakat, o„zgarish va rivojlanish umumiy harakterga egadir. Biz “Borliq” mavzusini o„rganganimizda, harakt borliqning umumiy yashash usuli, uning ajralmas xossasi ekanligi bilan tanishgan edik. Kundalik hayotda, harakat deganda, odatda, narsa va hodisalar- ning oddiy o„rin almashtirilishi tushuniladi. Bunda “o„zgarish” tushunchasi hajm jihatdan “harakat” tushunchasiga kiradi. Chunki har qanday o„zgarish harakatdir, lekin har qanday harakat o„zgarish emasdir. O„zgarish narsa va hodisalarning bir holatdan ikkinchi holatga, bir ko„rinishdan boshqa ko„rinishga o„tishdir. Rivojlanish esa bu - progress (lotincha progreslis so„zidan olingan bo„lib, yangining rivoji, oldinga tomon harakat, degan ma‟nolarni anglatadi) tomon o„zgarishdir. Rivojlanish aslida shunday o„zgarishki, bunda muayyan yo„nalish-dagi yangi holat eski holatning, yuqori bosqich quyi bosqichning o„rnini yangi narsa va hodisalar oladi. O„zgarish esa rivojlanishdan shu bilan farq qila- diki, u o„z ichiga “regres” (lotin tilidan olingan bo„lib, orqaga tomon harakat, qaytish ma‟nolarini anglatadi) larni o„z ichiga oladi. Demak, rivojlanish progressdan iborat o„zgarish bo„lib, keng ma‟noda quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga qarab ilgarilab boruvchi harakatdir. Rivojlanish shunday o„zgarishki, u narsa va hodisalarning quyi bosqichi o„rnini yuqori yuqoriroq bosqichi olishdir. Har qanday real rivojlanish miqdori o„zgarishlarining sifati o„zgarishlarga o„tishini, rivojlanish to„g„ri chiziq bo„ylab emas, spiralsimon tarzida uning har bir o„rami oldingisiga qaraganda kengroq ekanligini taqozo qiladi. Fan shundan dalolat beradiki, tabiat, jamiyat, inson va inson tafakkuriga xos bo„lgan umumiy xususiyatlardan biri - bu ularda progress tomon rivojlanishning, yangi taraqqiyotning mavjudligidir. Noorganik tabiatda rivojlanish moddiy ob‟ektlarning, ulardagi o„zaro aloqadorlik va harakat turlarining tobora murakkablashib borishi tarzida namoyon bo„lsa, organik tabiatda esa rivojlanish moslashuvi asosida sodda turlar o„rniga murakkabroq turlarning paydo bo„lishini va takomillashib borishini namoyon qiladi. Insoniyatning rivojlanishi deyilganda esa odamning tobora ijtimoiy-lashuvi bo„lib, mehnat, til, ong va ahloqning ta‟siri tufayli ijtimoiy zot - insonga aylana borishi, nihoyat ijtimoiy jamoa tuzumi 45 kishisidan to hozirgi davr kishisigacha bosib o„tilgan bosqichlar tushuniladi. Progress tomon rivojlanish, ayniqsa jamiyat hayotida yaqqol ko„zga tashlanadi. Jamiyatdagi rivojlanish bir quiy ijtimoiy - iqtisodiy bosqichdan unga nisbatan progressivroq, yuqoriroq ijtimoiy - iqtisodiy bosqichlarga o„tib borish asosida ro„y beradi. Inson tafakkuri jarayoniga xos rivojlanish esa bu inson bilishining bilmaslikdan bilishga tomon, to„la bo„lmagan bilishlardan to„laroq bilishlarga tomon, oddiy bilishdan ilmiy bilishga tomon yuksalib borishidir. Biz ko„rib o„tgan sohalarning har birida progress tomon rivojlanish o„ziga xos shakllarda yuz beradi. Shu bilan birga, ularning hammasiga xos rivojlanishning umumiy tomonlari ham bo„lib, ular birlikda bir butun dunyoning umumiy rivojlanish manzarasini ifodalaydi. Shuni aytish kerakki, rivojlanishning turli tomonlari, bosqichlari, uning konkret xususiyatlari turli konkret fanlar tomonidan o„rganilib, ularning har biri o„zining sohasiga oid alohida rivojlanish nazariyalarini ishlab chiqadi va mukammallashtirib boradi. Masalan, hozirgi zamon kosmolo-giyasi koinot, ayrim galaktikalar, turlicha kosmik ob‟ektlarning kelib chiqishi kabi nazariyalarni ishlab chiqmoqda. Evolyutsion biologiya esa tirik organizmlarning rivojlanishi, ularda sodda turlardan murakkab turlarning qanday kelib chiqishi haqida o„z nazariyalariga ega. Tarix fanida esa kishilik jamiyatining rivojlanish qonunlari haqida turli nazariyalar mavjud. Bular rivojlanishning turli konkret maxsus sohalariga oid nazariyalardir. Rivojlanishning turli maxsus fanlar sohalariga oid bunday nazariya-larning umumiy jihatlari dialektikaning taraqqiyot nazariyasida ifodala-nadi. Dialektikaning taraqqiyot nazariyasi esa bir butun borliqning harakati, o„zgarishi va rivojlanish qonunlari va prinsiplarini o„z ichiga olgan umum- falsafiy ta‟limotdir. Taraqqiyotning bu umumfalsafiy nazariyasining vujudga kelishi va shakllanishi ham o„z tarixiga ega. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling