Фалсафа асос doc
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa asoslari
Uchinchi savol. Borliqning eng murakkab shakllaridan biri hayot va uning mohiyati
masalasidir. Biz hayot ekanmiz, olamni bilamiz. Hayotning xilma - xil turlari, shakllari borki, ular borliqning moddiy shakllarini harakatga keltirishda, boshqarishda asosiy o„rin tutadi. Hayotning eng murakkab shakli - bu inson hayotidir. Inson ruhiyati, ongi, tafakkuri bilan chambarchas bog„langan. Har bir odamga bir marta yashash imkoniyati berilgan. Insonning qadr - qimmati shu hayotni qanday o„tkazganligi bilan o„lchanadi. Odamning tabiati va hayoti u yashayotgan jamiyatdagi ijtimoiy muhitga ham bog„liq. Farovon jamiyatda insonlar ham farovon hayot kechirishadi. Qashshoqlik jamiyatda ham qashshoqlik tomir otadi. Demak, jamiyatda odmlarga e‟tiqod kuchli bo„lib, jamiyatni qanchalik farovon qilsa, unda yashayotgan insonlarning, keluvchi avlodlar hayoti ham shunchalik farovon bo„ladi. Hayotning vujudga kelishi va mohiyati haqida hanuzgacha olimlar bir nuqtai - nazarga kelishmagan. Har bir insonning hayoti takrorlanmas mohiyatga ega, shu bilan birga ham bir inson o„ziga xos mohiyatga ega bo„lib, bir otaning o„rnini boshqa ota, bir do„stning o„rnini boshqa do„st bosolmaydi. Shunday ekan, inson va uning hayotini qadrlash muhim ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Insonning yaxshi hayot kechirishi, bir tomondan u yashayotgan jamiyatga bog„liq bo„lsa, ikkinchi tomondan tabiiy muhitga bog„liq. Butun tarixiy taraqqiyot davomida inson bilan tabiat o„rtasidagi munosabat takomillashib borgan. Inson tabiiy muhitsiz, suv, havo, quyosh va tuproqsiz yashay olmaydi. Bu unsurlar uning tirikchiligini ta‟minlaydi. Bunday qulay sharoit inson uchun faqat Yer sharida mavjuddir. 41 Yerning hayotiy tarqalgan qismi biosfera deb ataladi. Biosfera tirik organizmlarning hayot kechirish muhitidir. Agar Yer shari Quyoshga yaqinroq joylashganida Yer yuzasidagi harorat ko„tarilib ketgan bo„lar edi va oqibatda yerdagi namlik - suv yo„qolar edi. Agar u quyoshdan uzoqda joylashganida yer yuzasidagi harorat pasayib, hamma joy mangu muzlik bilan qoplanar edi. Xullas, har ikkala holatda ham yer yuzasida hayotning paydo bo„lishiga imkoniyat yo„qolgan bo„lardi. Agar Quyosh sistemasi Galaktika markaziga yanada yaqinroq joylashganida edi, yer yuzasida kuchli gravitatsion ta‟sirida narsalarning vazni og„irlashib, insondek murakkab jonzotning, balki umuman hayotning paydo bo„lishiga sharoit bo„lmagan bo„lar edi. Demak, inson o„zi uchun eng qulay bo„lgan joyda yashaydi, bunga shukronalar aytsa arziydi. Qadimgi davrda insonning tabiiy muhitga ta‟siri o„ta kuchsiz bo„lgan. Davrlar o„tishi bilan inson aql zakovatini ishga solish asosida hayotiy tajribaning oshishi natijasida, uning tabiatga ta‟siri sezilarli darajada o„zgara boshladi. Inson atrof - muhitni shakllantirib, biosferadagi tabiiy muvozanatni izdan chiqara boshladi. Bu masalaning yechilishi insonning aql - idrok kuchi bilan bog„liqdir. Insonning aql - idrokining olamga ta‟sir ko„rsatgan chegarasi noosfera deb ataladi. Inson o„zligini anglamas ekan, uning sayyoramizga halokatli ta‟siri kuchaygandan kuchayib, oxir - oqibatda uning o„zini ham halokatga olib borishi mumkin, degan ilmiy bashoratlar mavjud. Haqiqatdan ham inson faoliyati aql - idrok bilan oqilona boshqarilmas ekan, u yer yuzining halokatini tezlash-tirishi muqarrardir. Hozirgi zamonda ekologik muammolardan biri ham inson faoliyati tomonidan atrof - muhit ifloslanishining oldini olish va bu halokatni to„xtatib qolishan iborat. Bu olamni qay darajada yaxshi bilib olishimiz va uning hayotga nisbatan mas‟uliyatini anglashimizga bog„liqdir. Inson jamiyat - da va tabiatda tutgan o„z o„rnini to„g„ri anglasa, atrof - muhitni ham avaylab asraydi, yer yuzini gullab - yashnatadi. Insonlarga xizmat qilish faoliyatini kuchaytiradi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling