Uchinchi savol. Ijtimoiy ong ijtimoiy borliqni aks ettiruvchi g„oyalar, idealar, qarashlar va
kayfiyatlar yig„indisidan iborat. Bular ijtimoiy ongning ahloqiy, diniy, estetik, siyosiy, huquqiy
falsafadagi kabi shakllar-da, ko„rinishlarda namoyon bo„ladi.
Ijtimoiy ong shakllarining xilma - xilligi ob‟ektiv olamning turli - tumanligidan, voqealarning
muayyan tomonlarinigina aks ettirishidan kelib chiqishini ko„rsatish zarur.
Ijtimoiy ongning barcha shakllariga bilish, tarbiyalash, qadrlash kabi funksiyalarning xosligi,
ayni paytda, bunday o„xshashlikning din va falsafa, ahloqiy va huquqiy ong o„rtasida yana ham
kuchliligi bunga misol bo„la oladi.
Ijtimoiy ongning ushbu shakllarini tugal holda deb bo„lmaydi. Hozirgi vaqtda ilmiy
adabiyotlarda ekologik ongni ijtimoiy ongning mustaqil shakli sifatida tushunishga urinishlar mavjud.
Hozirgi kunda axborot dunyosining globallashuvi va uning ijtimoiy ongga ta‟siri katta
bo„lmoqda. XX asr axborot uzatishga xizmat qiladigan geniylik vositalarning keskin taraqqiy
etishiga yo„l ochildi.
Shuni ta‟kidlash lozimki, ijtimoiy ong va uning shakllaridan to„g„ri foydalanish va haqiqiy
real ob‟ektiv holatni aks etirishini to„g„ri tushunishimiz lozim.
60
Do'stlaringiz bilan baham: |