Фалсафа асос doc
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa asoslari
Ikkinchi savol. Ijtimoiy ong va uning strukturasi masalasiga kelganimizda odamzot bir - biri
bilan aloqalarini tartibga solib turadigan ma‟naviy, ahloqiy mezonlar, umumiy qarash va intilishlar, manfaat va maqsadlar ham borligini anglagandayoq ijtimoiy ong mavjudligiga ishongan. Jamiyatda sodir bo„layotgan o„zgarishlar kishilar ongida o„z aksini topadi. Ana shu jarayonni ifodalash uchun, ijtimoiy va individual ong tushunchalarini ishlatamiz. Ijtimoiy ong tabiiy va ijtimoiy voqelikning in‟ikosi, jamiyatning muayyan davrga yoki qismga tegishli bo„lgan, umumiy his - tuyg„ular, kayfiyatlar, qarashlar, g„oyalar, nazariyalar majmuasdir. Ijtimoiy ong borliqni aks ettirishi bilan birga u nisbiy mustaqillikka ega. Birinchidan, ijtimoiy voqelikka faol ta‟sir etishi mumkin. Ikkinchidan, ijtimoiy ongning u yoki bu formasi ijtimoiy voqelik borliqqa nisbatan olg„a ketishi mumkin. Uchinchidan, ijtimoiy ongning shakllariga suyangan holda oldinni prognoz qilish imkoniyati tug„iladi. Individual ong muayyan guruh, elat, millatga mansub bo„lgan ayrim kishilarning ongi bo„lib, jamiyatdagi voqelik real olingan shaxsning ongida aks etadi. Ijtimoiy va individual ong o„rtasidagi o„xshashlik har ikkalasi ham ijtimoiy voqelikni aks ettirishda ko„rinadi. Ikkinchi tomondan, ijtimoiy ong voqelikni individual ong orqali aks ettiradi. Ijtimoiy ong bilan individual ong o„rtasidagi farqli tomoni quyidagilar: Birinchidan, individual ongning sohibi, sub‟ekti alohida olingan individ bo„lsa, ijtimoiy ongning jamiyatdir. Ikkinchidan, ularning farqi shakllanish shart - sharoitlarida ko„rinadi. Zero, ijtimoiy ong ijtimoiy voqelikning in‟ikosi bo„lsa, individual ong taraqqiyotiga ijtimoiy ong bilan bir qatorda shu shaxsgagina xos bo„lgan tem-perament, harakter kabi xususiyatlar, uning moddiy ahvoli, oilaviy, diniy, milliy, madaniy mansubligi kabi omillar hamda u bevosita tortilgan ij-timoiy munosabatlarning harakteri ham muayyan darajada ta‟sir ko„rsatadi. Uchinchidan, ijtimoiy ong tegishli ijtimoiy voqelikni aks etirganligi uchun muayyan 58 qonuniyatlarga bo„ysunadi, ular asosida rivojlanadi. Individual ong esa ayrim individning tug„ilishi biln shakllanib, taraqqiy qilib borib, uning vafoti bilan barham topadi. Ammo individual ong ba‟zi vaqtlari individning vafoti bilan yo„q bo„lib ketmaydi. Bunga biz Forobiy, ibn Sinolarning ijodini olib qarashimiz mumkin. To„rtinchidan, individual ong ayrim sohalarda ijtimoiy ongdan o„zib ketishi yoki orqada qolishi mumkin. Bunga jamiyat taraqqiyotini oldindan aytib bergan mutafakkirlar qarashlari individual ong ba‟zan ijtimoiy ongdan nechog„li ilgarilab ketishi mumkinligiga yorqin misodir. Ijtimoiy ongning strukturasi ijtimoiy munosabatlar va kishilar faoliyatining turlari bilan belgilanadi. Odamlar faoliyati qanchalik xilma - xil bo„lsa, ijtimoiy ong ham shunchalik boy va murakkab bo„ladi. Voqelikni aks ettirish darajasiga ko„ra ijtimoiy ong odatiy va nazariy ongga bo„linadi. Odatiy ong hayotiy tajriba asosida vujudga kelgan oddiy xulosalar, qarashlar majmuidan iborat bo„lib, kishilarning kundalik hayotidagi voqelikni aks ettiradi, va rivojlanadi. U alohida olingan shaxsning tajribasi, malakasiga bog„liq. Nazariy ong deganda, nazariyotchilar, olimlar ishlab chiqqan nazariy qarashlar va ilmiy bilimlar tizimi tushuniladi. Odatiy ongdan farqli o„laroq nazariy ong o„zgaruvchan harakterga ega. Bu o„zgaruvchanlik ilmiy bilimlarning shiddatli rivojlanishi, voqelik haqidagi bilimlarning doimo chuqurlashib va kengayib borishi bilan belgilanadi. Shuningdek, odatiy ongga voqealarning tashqi tmomnini ifodalash xos bo„lsa, nazariy ong voqealarning mohiyatini, rivojlanish qonuniyatlarini aks ettiradi. Shuning uchun ham u odatiy ongga faol ta‟sir qiladi va kundalik tajribada hosil qilingan bilimlarni saralashga yordam berdi. Ijtimoiy psixologiya sotsial muhit, kundalik turmush sharoitlari ta‟siri ostida vujudga keladi va rivojlanadi. Uni sub‟ektga ko„ra muayyan ijtimoiy guruh, elat, millat psixologiyasi kabi turlarga bo„lish mumkin. Millatlarning etnosotsial birlik sifatida shakllanishida ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar ustivor ahamiyatga ega. Alohida olingan bir millatga xos bo„lgan psixologik jihatlarni ushbu millat bosib o„tgan tarixiy yo„ldan, halqaro iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlardan qidirish zarur. Ijtimoiy voqelikning o„zgarishi bilan milliy psixologiyaga xos bo„lgan xususiyatlar ham o„zgarib boradi. Milliy psixologiyaga xos jihatlarni ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy o„zgarishlarni amalga oshirishda inobatga olish muhim ahamiyatga ega. Bu amalga oshirilayotgan siyosatning halq ko„nglidan chuqur joy olishini hamda ushbu o„zgarishlarning muvaffaqiyatini ta‟minlaydi. 59 Ijtimoiy mafkura (idealogiya) ijtimoiy psixologiyadan tubdan farq qiladi. Ijtimoiy psixologiya sotsial guruhlar hayotini muayyan his - tuyg„ular, kayfiyatlarda bevosita aks ettirsa, ijtimoiy idealogiya sotsial guruhlar ehtiyojlari, manfaatlarining ichki mohiyatini, sababini har xil g„oyalar, nazariyalar, ta‟limotlar shaklida aks ettiradi. Shuning uchun ham ijtimoiy hayotga aks ta‟sir o„tkaza olish xususiyatiga ega bo„ladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling