Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Jamiyat va oila. Jamiyat va oila mohiyatan bir-biri bilan uzviy 
bog'liq. Oilada jamiyatning tub mohiyati o'z aksini topadi. Shu 
ma'noda, oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jami-
yat a'zosi oila bag'rida voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlarni 
o'zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol in-
sonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning 
muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi 
va qudratining muhim shartidir. Shu boisdan ham davlat oilani 
o'z himoyasiga oladi. 
Jamiyatdagi ma'naviy-axloqiy muhitning sog'lomligi ko'p jihat-
dan oilaviy madaniyatga bog'liq. Oila qanday bo'lsa, jamiyat ham 
shunday bo'ladi. Oilada er va xotinning mavqei, oilaviy muno-
sabatlar xarakteri turli xalqlarda turlicha. Mamlakatimizda milliy 
mustaqillik yillarida ma'naviyat sohasida amalga oshirilayotgan is-
lohotlar, avvalo, oila qadriyatlarini, eng ilg'or an'analarni tiklashga 
qaratilgan. Ona va ayol muqaddasligi o'zbekona qadriyatdir. Hadisi 
sharifda ona va ayolning muqaddasligi to'g'risidagi g'oyalar oilaviy 
munosabatlarni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. 
Ulug' mutafakkirlar jamiyatning madaniy darajasi ayolning 
jamiyat va oiladagi ahvoli, mavqei bilan belgilanishini alohida 
150 


la'kidlagan. Sog'lom, barkamol avlod tarbiyasi ko'p jihatdan 
ayolning ma'naviy salohiyati, bilimi, uddaburonligi va erkinligiga 
bog'liq. Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan 
qator tadbirlar ayolning oila va jamiyatdagi mavqei hamda rolini 
kuchaytirishga qaratilgan. 
Oila muammolarini ilmiy asosda o'rganish, ularni oqilona hal 
etishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan respublika «Oila» ilmiy-
amaliy markazining tashkil etilgani ham davlatimizning oilaviy 
munosabatlarni takomillashtirishga alohida e'tibor berayotgani-
dan dalolat beradi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling