Falsafa asoslari


Qadriyatlar mavzuining tarixi


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Qadriyatlar mavzuining tarixi. Qadriyatlar mavzuining tarixi, 
ildizlari va insoniyatga xos qadrlash tamoyillari shakllanishi uzoq 
o'tmishga ega. G'arb olimlari bu borada, asosan, Yevropa madaniy 
merosi va g'oyalariga tayanadilar, ko'plab allomalarning nomlarini 
tilga oladilar. G'arbda qadriyatlar bilan shug'ullanadigan falsafiy 
soha — aksiologiya fanining shakllangani ham ularning bunday 
qarashlari uchun muayyan asos bo'ladi. Biz Suqrot va Aflotun, 
Aristotel va Gegellar katta e'tibor bergan bu mavzuning G'arb 
falsafasida o'z tarixiga ega ekanligiga shubha qilmaymiz. 
Ammo ushbu mavzu ko'hna va navqiron Sharq, xususan 
O'zbekiston uchun begona emas! Uning eng teran jihatlarini 
faqat G'arbdan emas, balki Sharqdan qidirish ham foydadan xoli 
bo'lmasa kerak. Nomlari sivilizatsiyamiz tarixiga abadiy bitil-
162 


gan Xorazmiy, Forobiy, al-Buxoriy, at-Termiziy, Beruniy, ibn 
Sino, Najmiddin Kubro, Yassaviy, Naqshband, Ulug'bek, Navoiy, 
Mashrab, Bedil, Behbudiy, Avloniy kabi mutafakkirlar ijodida 
ham bu mavzuning izlari bor, teran qirralari ochilgan. Gap ana 
shu izlarni izlab topishda, ularni unutmaslikda, sayqallab turishda, 
zamona realliklari nuqtayi nazaridan xolisona talqin qilishdadir. 
Avlod va ajdodlarimiz yaratgan qadrlash mezonlarining tari-
xi eng qadimgi naqllar, rivoyatlar, afsona, hikoyat, dostonlarga, 
ya'ni xalq og'zaki ijodi namunalariga borib taqaladi. Spitamen, 
Muqanna va Jaloliddin Manguberdi to'g'risidagi asarlarda, Al-
pomish, To'maris va Shiroq to'g'risidagi afsona va dostonlarda 
vatanparvarlik, xalq va yurt ozodligi uchun fidoyilik kabi ko'plab 
umuminsoniy qadriyatlar tasvirlangan. Ma'naviy merosimizning 
yorqin namunasi — «Avesto» zardushtiylikning muqaddas kitobi 
bo'lganligidan unda bu dinning qadriyatlar tizimi, qadrlash me-
zonlari, o'sha davrdagi milliy g'oyalar yorqin ifodalangan. 
Qadrlash to'g'risidagi qarashlar rivojida VIII-XII asrlar katta 
ahamiyatga ega. Bu davrda arab istilosi amalga oshirilgan, islom 
hukmron dinga aylangan edi. E'tirof etish kerakki, Qur'on va 
Hadislarda ta'riflab berilgan ilohiy qadriyat va qadrlash masala-
lari xalqimiz tarixi va madaniyatiga ta'sir ko'rsatgan. Shu bilan 
birga, arab istilosi davrida ko'pgina milliy qadriyatlarimizning 
yo'qotib yuborilganligini ham qayd qilmoq kerak. Bu to'g'rida 
Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida afsus 
bilan yozib qoldirgan. 
Sivilizatsiyamiz qadriyatlari va xalqimizga xos qadrlash 
me'yorlari musulmon Sharqi va arablar dunyosi madaniyatining 
rivojiga ham nihoyatda katta aks ta'sir ko'rsatgan. Tarixda nom-
lari saqlangan allomalarimiz o'z navbatida butun jahon, Sharq 
madaniyatiga g'oyat katta hissa qo'shganlar. Bunday fikrni 
Abu Hanifa, al-Buxoriy, at-Termiziy, Kubro, Ahmad Yassaviy, 
Naqshband kabi ilohiyot ilmining zabardast allomalari to'g'risida 
ham aytish joiz. Ularning har biri o'z zamonasida islomni sivi-
lizatsiyamizning yuksak madaniyati nuqtayi nazaridan targ'ib va 
tashviq etdilar, islom falsafasini yuksaklikka ko'tardilar, maz-
kur dinning butun jahonda katta mavqega ega bo'lishida muhim 
163 


faoliyat ko'rsatdilar. Ularning islom falsafasi va ilohiyotiga, uni 
zamona zayllari orasidan o'tish jarayoniga ko'rsatgan nihoyatd 
katta ta'siri to'g'risida maxsus tadqiqotlar olib borish mumkin. 
Afsuski, manbalar yetarli bo'lishiga qaramasdan, yurtimiz sivili-
zatsiyasining islom dini rivojiga va azaliy islom mamlakatlari-
ning madaniyati taraqqiyotiga ta'siri to'g'risida yozilgan asarlar 
haligacha kam, bu to'g'rida keng qamrovli tadqiqotlar olib borish 
zaruriyati allaqachon yetilgan. 
Masalaning muhimligi atoqli qomusiy olimlar — Xoraz-
miy, Forobiy, Beruniy, ibn Sino, al-Farg'oniy, Ulug'bek, Lut-
fiy, Navoiy, Bobur kabi sivilizatsiyamizning zabardast namo-
yandalari ijodi va merosi ko'zgusida yanada yaqqolroq namoyon 
bo'ladi. Zero, ular nafaqat Markaziy Osiyo, arab-musulmon sivi-
lizatsiyasi, balki jahon madaniyati taraqqiyotiga nihoyatda katta 
hissa qo'shganlar, yurtimiz qadriyatlari ta'sirining butun olamga 
yoyilishida xizmat qilganlar. 
Afsuski, dunyoning oltidan bir qismini egallab turgan sobiq it-
tifoqda qadrlashning umuminsoniy tamoyillarini barqaror qilish u 
yoqda tursin, haqiqiy qadriyatshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiqot-
lar olib borishga ham izn berilmas edi. Faqat o'tgan asrimizning 
60-yillariga kelib, qadriyatlar muammosi ba'zi mutaxassislar tomo-
nidan tahlil qilina boshlagan bo'lsa-da, 90-yillargacha falsafa dars-
liklarida alohida mavzu sifatida o'z o'rniga ega bo'lmadi. Hukmron 
mafkuraning tarkibiy qismiga kirmaganligi, mavzularining juda 
kam tadqiq qilinganligi va nihoyatda oz ahamiyat berilganligidan 
maxsus falsafiy tadqiqotlar sohasiga aylana olmadi. Aksiologiya 
nomi bilan sobiq ittifoqda birorta ham darslik yoki o'quv qo'Uanma 
chop etilmagan, hatto universitetlarning faylasuf, jamiyatshunos, 
tarixchi kabi mutaxassislar tayyorlaydigan ijtimoiy bo'limlarida ham 
bu sohaga oid maxsus bilimlar berilmas edi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling