Falsafa asoslari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Madaniy meros.
Madaniyat falsafasi. Madaniyatning mohiyati, rivojlanish
qonuniyatlari, taraqqiyot bosqichlari va istiqbollarini yaxlit, bir butun hodisa sifatida o'rganuvchi falsafiy fan «Madaniyat falsafasi»dir. Falsafiy qonun va kategoriyalarni bilish madaniyat va uning rivojlanish muammolarini nazariy-metodologik jihat- dan to'g'ri yechish uchun zamin yaratadi. Ayni paytda madani- yat falsafasi madaniyatning xilma-xil ko'rinishlarini tahlil qilish asosida falsafiy qonunlar va tushunchalarning mazmunan boyi- shi, falsafaning ijtimoiy amaliyot bilan aloqasining kengayishi va chuqurlashuvi, u ilgari surayotgan xulosa va qoidalarning boyishi va takomillashuviga xizmat qiladi. Madaniyat falsafasi ijtimoiy taraqqiyotning subyektiv, ya'ni kishilar faoliyati bilan bog'liq ji- hatlariga alohida e'tibor beradi. Madaniyat falsafasining pred- meti doirasi madaniyat masalalari bilan cheklangan. Shu bois madaniyat tushunchasi keng talqin qilingan taqdirda ham butun jamiyatni qamrab ololmaydi. Madaniyat falsafasi boshqa fanlar ma'lumotlaridan foydalanish bilan birga o'zining empirik ma- teriallarini yig'adi va tahlil qiladi. Madaniyat falsafasi ijtimoiy- gumanitar fanlar bilan o'zaro ta'sirda bo'lib, ularning kategori- yalaridan faol foydalanadi. Bundan tashqari, madaniyat falsafasi semiotik, strukturaviy, postmodern, antropologik yondashuvlar nuqtayi nazaridan o'rganilishi mumkin. Shunday qilib, madani- yat falsafasining talqin etilishi borasida turli-tuman yondashuvlar mayjud bo'lsa-da, bu tushuncha va hodisaga yaxlit, umume'tirof etilgan konsepsiya nuqtayi nazaridan yondashish ehtiyoji saqlanib qolmoqda. Madaniy meros. Avlodlar tomonidan yaratilgan amaliy tajri- ba, ma'naviy-axloqiy, ilmiy, diniy va madaniy qarashlar, xalq madaniyati va ijodida ifodalangan moddiy hamda ma'naviy boyliklar «Madaniy meros» tushunchasida ifodalanadi. Har bir L58 davr madaniy meros rivojiga o'ziga xos hissa qo'shadi. Masa- lan, qadimgi nodir asarlar va yodgorliklar hozirgacha insoniyatni hayratga solib kelmoqda. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og'zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazina- sida saqlanayotgan ming-minglab qo'lyozmalar, ularda mujassa- mlashgan tarix, adabiyot, san'at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, minerologiya, kimyo, astronomiya, me'morchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmabaho asarlar, o'lmas osori atiqalar bu ko'hna o'lkada, bugun biz yashab turgan tuproq- da qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo'lganidan guvohlik be- radi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo'lgan to'rt ming yildan ziyod moddiy-ma'naviy obida umumjahon merosining namuna- si sifatida YUNESKO ro'yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tas- diqlaydi. Mustaqillik yillarida ana shu bebaho Madaniy merosni tiklash, uni asrab-avaylash va boyitgan holda kelgusi avlodlarga yetkazib berish yo'lida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshi- rilib, izchillik bilan davom ettirilmoqda. Samarqand, Buxoro, Qo'qon, Toshkent, Qarshi, Termiz, Xiva, Marg'ilon, Shahrisabz kabi ko'hna shaharlarimizdagi tarixiy yodgorliklar, masjidu mad- rasalar, maqbaralar, qadamjolar ham Madaniy merosning ajralmas qismidir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, mustabid tuzum davrkfo taqiqlab qo'yilgan urf-odat, marosim va an'analar, islo- miy qadriyatlar, milliy bayramlar qayta tiklandi, o'zbek tili davlat tili maqomiga ega bo'ldi, jahon va milliy madaniyatimiz rivojiga ulkan hissa qo'shgan buyuk siymolarning nomlari tiklanib, asar- lari har tomonlama o'rganilmoqda, qadamjolari obod etilmoq- da. Bunday ezgu sa'y-harakatlar boy madaniy merosimizni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash, boyitish, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazib berishda beqiyos ahamiyat kasb etmoqda. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling