Falsafa asoslari
«Sivilizatsiya» tushunchasi
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
«Sivilizatsiya» tushunchasi. Ma'lumki, lotin tilidagi «civilis»
so'zi asosida shakllangan, fuqaroviy, ijtimoiy degan ma'nolarni anglatadigan mazkur tushunchani ilm-fan tarixida dastlab shot- land tarixchisi va faylasufi A.Fergyusson (1723—1816) jahon tari- xiy jarayonining malum bir bosqichini ifodalash uchun, fransuz ma'rifatparvarlari esa aql-idrok va adolatga asoslangan jamiyat, degan ma'noda ishlatgan edilar. Undan keyin ham sivilizatsiya tushunchasiga turlicha mazmun berish davom etdi. Ayrim holda uni madaniyatning, ba'zan faqat moddiy madaniyatning sinonimi sifatida ishlatgan bo'lsalar, nemis faylasufi O.Shpengler esa, ak- sincha, uni madaniyatning antipodi ma'nosida, ya'ni madaniyat- ning halok bo'lish jarayoni bosqichini xarakterlash uchun, ingliz sotsiologi va tarixchisi A.Toynbi esa o'ziga xos va nisbatan yopiq bo'lgan jamiyatlarni ifodalash uchun ishlatgan. Sivilizatsiya tushunchasining mazmunini belgilashda turfa xil- lik hozirgi vaqtda ham saqlanib qolmoqda. Bu tushuncha: 1) ij- timoiy rivojlanishning yovvoyilik va varvarlikdan keyin keladigan bosqichini; 2) umuman kishilik jamiyati rivojlanishining ma'lum bir bosqichini (masalan, neolit, nokapitalistik yoki hozirgi zamon sivilizatsiyasi); 3) ma'lum bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani; 4) geografik jihatdan farqlanuvchi birliklarni (masalan, Yevropa yoki Osiyo sivilizatsiyasi); 5) diniy mansubligiga ko'ra, farqlanuv- chi madaniy birliklarni (masalan, xristian yoki islom sivilizatsi- yasi); 6) kelib chiqishi va planetar mansubligiga ko'ra farqlanuvchi birliklarni (masalan, Yer sivilizatsiyasi, Yerdan tashqaridagi sivi- lizatsiyalar); 7) etnik asosga ko'ra farqlanuvchi ijtimoiy-madaniy birliklarni (masalan, qad. Misr yoki Bobil sivilizatsiyasi) va shu kabi ma'nolarni ifodalash uchun qo'llanib ke! moqda. Sivilizatsiya tarixning, jamiyatning sifaiiy o'ziga xosligini, u yoki bu mamlakat doirasida amal qiladigan, ishlab chiqarish 153 kuchlari, inson faoliyati, madaniyati tomonidan belgilanadigan umumiy ijtimoiy qonuniyatlarning spetsifikasini ifodalaydi. Bu- larning barchasi sivilizatsiyani yaxlit birlik sifatida mavjud bo'Hshi uchun imkoniyat yaratadi. Bu sifatiy xususiyatlarning yo'qolishi sivilizatsiyaning halokatini anglatadi. Ushbu mulohazalardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, sivilizatsiya tushunchasi muayyan xalq, mamlakat (jamiyat)ga yoki uning rivojlanishining sifatiy jihatdan farqlanuvchi ayrim bosqichlariga nisbatan ishlatilgandagina, u aniq ilmiy mazmunga va demakki, metodologik ahamiyatga ega bo'ladi. Aynan etnik birliklar, mamlakatlar darajasida sivilizatsiyaning o'ziga xosligi, asosiy xarakteristikalari o'zini yaqqol namoyon etadi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling