Falsafa asoslari


Ekvivalentlik munosabatidagi


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Ekvivalentlik munosabatidagi mulohazalar hamma vaqt chin 
bo'ladi, Chunki ularda aynan bir fikr turli shaklda ifodalanadi. 
Masalan, «A. Oripov O'zbekiston Respublikasi Madhiyasining 
muallifi» va «A. Oripov — O'zbekiston Qahramoni» mulohazalari 
226 


• 
o'zaro ekvivalentdir, ya'ni ular bir xil subyektga, lekin har xil 
predikatga ega bo'lgan mulohazalardir. 
Mulohazalarning chinligiga ko'ra munosabatini ifodalovchi 
yuqorida ko'rsatilgan qonuniyatlar bilishda va xulosa chiqarishda 
katta ahamiyatga ega. 
Murakkab mulohazalar, ularning turlari va chin ho'lish shart-
lari. Mulohazalarni inkor qilish. Mulohaza tarkibidagi mantiqiy 
ega va/yoki mantiqiy kesimni ifodalovchi terminlar soni birdan 
ortiq bo'lsa, murakkab mulohaza deb ataladi. Murakkab mulo­
hazalar «va», «yoki», «agar... unda» kabi mantiqiy bog'lamalar, in­
kor qilish va modal terminlarni qo'llash orqali ikki va undan ortiq 
oddiy mulohazalarning o'zaro birikishidan hosil bo'ladi. Man­
tiqiy bog'lovchisining mazmuniga ko'ra murakkab mulohazalar 
quyidagi asosiy turlarga bo'linadi: birlashtiruvchi (konyunktiv), 
ayiruvchi (dizyunktiv), shartli (implikativ) ekvivalent. 
Birlashtiruvchi mulohazalar ikki va undan ortiq oddiy mulo­
hazalarning «va», «ham», «hamda» kabi mantiqiy bog'lovchilar 
vositasida birikishidan hosil bo'ladi. Masalan, 1. Ustozining ber-
gan topshiriqlarini bajardi va a'lo baho oldi. 2. Yaxshi niyat va 
yaxshi so'z insonni saodatga yetaklaydi. 3. Mantiq ham amaliy, 
ham nazariy fandir. 

chin 
chin 
yolg'on 
yolg'on 

chin 
yolg'on 
chin 
yolg'on 
pAq 
chin 
yolg'on 
yolg'on 
yolg'on 
O'zbek tilida birlashtiruvchi mulohazalar «ammo», «lekin», «bi-
roq» kabi bog'lovchilar va bog'lovehilarsiz ohang vositasida ham 
tuziladi. Mantiqiy bog'lamalar konyunksiya belgisi «л» (&) orqali 
ifodalanadi. Formulasi: Konyunktiv (birlashtiruvchi) mulohaza 
tarkibidagi oddiy mulohazalarni «p» va «q» shartli belgilari bi-
lan belgilasak, ular orasiga konyunksiya belgisini «л» (&) qo'ysak, 
unda bu mulohaza p л q (p & q) formulasi orqali ifodalanadi. 
Konyunktiv mulohaza tarkibidagi oddiy mulohazalar chin yoki 
227 


yolg'on bo'lishi mumkin. Tarkibidagi hamma oddiy mulohazalar 
chin bo'lsa, birlashtiruvchi mulohaza ham chin bo'ladi. Boshqa 
hamma holatlarda esa yolg'on bo'ladi. Masalan, «Yolg'on gapirish 
va o'g'irlik qilish jinoyatdir» mulohazasidagi birinchi oddiy gap 
«Yolg'on gapirish jinoyatdir» chin bo'lmaganligi uchun bu mulo­
haza chin bo'lmaydi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling