Falsafa asoslari


mavjudlik (ekzistensial) mulohazalari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

mavjudlik (ekzistensial) mulohazalari (Kutubxonada mantiq dars-
ligi bor), ayniyat mulohazalari («Alisher Navoiy «Mahbub ul-
qulub» asarining muallifi» ko'rinishda bo'lgan) va modal mulo­
hazalar (Ehtimol, yomg'ir yog'adi)ni ko'rsatish mumkin. 
Mulohazalar o'rtasidagi munosabatlar. Mulohazalar ham tu-
shunchalar kabi taqqoslanuvchi (umumiy subyekt va predikatga 
ega bo'lgan) va taqqoslanmaydigan turlarga bo'linadi. Taqqosla-
nadigan mulohazalar sig'ishadigan yoki sig'ishmaydigan bo'ladi. 
Mantiqda ikki mulohaza (r va q)dan birining chinligidan ikkin-
chisining yolg'onligi zaruriy kelib chiqadigan bo'lsa, ular o'zaro 
sig'ishmaydigan mulohazalar deyiladi. Sig'ishmaydigan mulohaza­
lar qarama-qarshilik (kontrar) va zidlik (kontradiktorlik) munosa-
batida bo'ladi. Sig'ishmaydigan mulohazalar bir vaqtda chin bo'la 
olmaydi. Sig'ishadigan mulohazalar aynan bir fikrni to'liq yoki 
qisman ifodalaydi. Sig'ishadigan mulohazalar o'zaro ekvivalent-
lik, mantiqiy bo'ysunish va qisman mos kelish (subkontrar) mu-
nosabatida bo'ladi. Bu munosabatlarni quyidagi misollarda tahlil 
qilamiz: 
Masalan, 1-misol. A
v
«Hamma o'simliklar shifobaxshdir». 
Bu umumiy tasdiq mulohaza bo'lib, uni umumiy inkor, juziy 
tasdiq va juziy inkor mulohaza ko'rinishlarida quyidagicha ifoda-
laymiz: 
E
r
Hech bir o'simlik shifobaxsh emas. 
Ij. Ba'zi o'simliklar shifobaxshdir. 
Oj. Ba'zi o'simliklar shifobaxsh emas. 
Tajribamiz va bilimimizga asoslanib, yuqoridagi mulohaza-
lardan faqat I va О mulohazalarni chin deb baholashimiz mum-
kin. 
Mantiq ilmida mulohazalarning chinligini aniqlash uchun 
ular o'rtasidagi munosabatlarga asoslaniladi: 
1. Qarama-qarshilik munosabati mazmuniga ko'ra turlicha 
bo'lgan umumiy mulohazalar o'rtasida mavjud bo'lib, bu muno-
sabatga ko'ra ularning har ikkisi bir vaqtda chin bo'la olmaydi. 
225 


Bu mulohazalar (A
1
va E
2
) bir vaqtda xato bo'lishi mumkin; agar 
ulardan birining chinligi aniq bo'lsa (A
2
), unda boshqasi xato 
bo'ladi(E
2
). 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling