Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Sun'iy tasniflash predmetlarning birorta nomuhim, umumiy 
belgisiga ko'ra amalga oshiriladi. Kutubxonadagi kitoblar kata-
logi, lug'atlarda so'zlarning muayyan tartibda berilishi sun'iy tas-
niflashga misol bo'ladi. Sun'iy tasniflash bilimlarni tizimlashti-
rishga yordam beradi. 
Tasniflashda ham tushunchani bo'lish qoidalariga amal qilish 
zarur. Tasniflar bilish va kundalik turmush jarayonida uzoq yillar 
davomida ishlatiladi, mavjud bilimlarimizni tizimga solish vosi-
tasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. 
4. Fikr yuritishda tushunchalar bilan 
bog'liq xatoliklar 
Fikrning to'g'ri qurilishi va xatosiz, ya'ni chin bo'lishi tu-
shunchalarni o'z o'rnida, faqat bir ma'noda qo'llashga bog'liq. 
Tushunchalarni noto'g'ri qo'llash fikr mazmunining o'zgarib ke-
tishiga va turli mantiqiy xatolarga olib keladi. 
Quyidagi holatlarda tushuncha noto'g'ri qoilanilgan hisobla-
nadi: 
1. Bir tushuncha bir necha ma'noda qo'llanilsa (yulduz — ism, 
mashhur inson, koinotdagi jism). 
2. Tushuncha o'z ma'nosida qo'llanilmasa (uchar yigit, tulki-
ayyor inson). 
3. Tushunchada predmetga xos bo'lmagan belgilar qayd etilsa 
(jismsiz jism, temir odam, kulayotgan fil, bir asrda uch yuz yil 
yashagan odam). 
4. Urg'u noto'g'ri qo'yilsa ham tushunchaning ma'nosi 
o'zgarib, fikrda noaniqlik vujudga keladi. 
Tushunchalarni qo'llash bilan bog'liq xatolarga yo'l qo'ymaslik 
uchun quyidagi qoidalarga amal qilish zarur: 
1. Fikrlash jarayonida har bir tushuncha faqat bir ma'noda 
qo'llanishi shart. 
2. Tushunchaning ma'nosi noaniq bo'lsa, savol berib uni 
aniqlab olish zarur. 
220 


3. Ko'chma ma'noda qo'llanilgan tushunchalarni aynan siz 
tushungan ma'noda qo'llanilganini aniqlab olish shart. 
4. Tushuncha ifodalagan predmetga xos belgilarni to'liq bilish 
shart. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling