Falsafa asoslari


IV. Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarish


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

IV. Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarish. 
Bunda oddiy qat'iy mulohazalarning o'zaro munosabatlarini 
(qarang: mantiqiy kvadrat) e'tiborga olgan holda, mulohazalardan 
birining chin yoki xatoligi haqida xulosa chiqariladi. Bu xulosalar 
mulohazalar o'rtasidagi zidlik, qarama-qarshilik, qisman moslik 
va bo'ysunish munosabatlariga asoslanadi. Bu munosabatlarning 
tahliliga ko'ra xulosa chin bo'lgan quyidagi holatlarni ko'rsatish 
mumkin. 
1. Asos mulohaza va xulosa chin bo'lgan: A—>I, E—>•(). 
2. Asos mulohaza xato va xulosa chin bo'lgan: А—Ю, E-»I 
Masalan: A. Hamma daraxtlarning ildizi bor. 
I. Ba'zi daraxtlarning ildizi bor. 
E. Hech bir faylasuf matematik emas. 
I. Ba'zi faylasuflar matematikdir. 
Bevosita xulosa chiqarish usullari bilish jarayonida mavjud 
fikrni aniqlab olish, uning mohiyatini to'g'ri tushunish, Shu-
ningdek, bir fikrni turli xil ko'rinishda bayon qilish, yangi bilim-
lar hosil qilishga imkon beradi. 
Sillogizm. Deduktiv xulosa chiqarish aslida sillogizm shak-
lida bo'ladi. «Sillogizm» so'zi qo'shib hisoblash, degan ma'noni 
beradi. Bu termin mantiq fanida, deduktiv xulosa chiqarishning 
ko'proq ishlatiladigan turi hisoblangan oddiy qat'iy sillogizmni 
ifodalashda qo'llaniladi. 
Sillogizm o'zaro mantiqiy bog'langan ikki qat'iy mulohazadan 
uchinchi — yangi qat'iy mulohazani zaruriy tarzda keltirib chiqa-
ruvchi xulosa chiqarish usulidir. Bunda dastk bki mulohazalardan 
biri, albatta, yo umumiy tasdiq yoki umumiy inkor mulohaza 
bo'ladi. Hosil qilingan yangi mulohaza dastlabki mulohazalardan 
235 


umumiyroq bo'lmaydi. Shunga ko'ra sillogizmni umumiylikka 
asoslangan xulosa chiqarish, deb atasa bo'ladi. Masalan, quyidagi 
mulohazalar berilgan bo'lsin: 
Hamma baliqlar suvda yashaydi. 
Sazan — baliq. 
Bu mulohazalardan zaruriy ravishda — Sazanlar suvda yashay-
di, degan uchinchi mulohaza kelib chiqadi. Sillogizmning tarkibi 
oddiy qat'iy mulohazalardan tashkil topgani uchun u oddiy qat'iy 
sillogizm deyiladi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling