Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Sillogizmning tarkibi xulosa asoslari (praemissae) va xulosa 
(conslusio)dan tashkil topgan. Xulosa asoslari va xulosadagi tu-
shunchalar terminlar deb ataladi. Xulosaning mantiqiy egasi — S 
— kichik termin (terminus minor), mantiqiy kesimi — R — kat-
ta termin (terminus major) deb ataladi. Xulosa asoslari uchun 
umumiy bo'lgan, lekin xulosada uchramaydigan tushuncha — M 
— (terminus medius) o'rta termin deb ataladi. Asoslarda katta 
terminni o'z ichiga olgan mulohaza katta asos, kichik terminni 
o'z ichiga olgan mulohaza kichik asos deb ataladi. Demak, asos-
larning katta yoki kichik asos deb ajratilishi ularning qanday ket-
ma-ketlikda kelishiga bog'liq emas. 
S — kichik termin; 
M — o'rta termin; 
R — katta termin. 
O'rta termin katta va kichik terminni bog'lovchi mantiqiy ele-
ment hisoblanadi. 
Sillogizm aksiomasi 
Aksiomalar isbot talab qilmaydigan, isbotsiz chin deb qabul 
qilingan nazariy mulohazalar bo'lib, ular vositasida boshqa fikr 
va mulohazalar asoslab beriladi. Sillogizmning aksiomasi xulo-
salashning mantiqiy asoslanganligini ifodalaydi. 
Sillogizm xulosasining asoslardan zaruriy keltirib chiqarilishi 
quyidagi qoidaga asoslanadi: «Agar bir buyum ikkinchi buyumda 
joylashgan bo'lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumning 
ichida bo'lsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumning 
236 


ichida joylashgan bo'ladi» yoki «Bir buyum ikkinchi buyumda 
joylashgan bo'lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumdan 
tashqarida bo'lsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumdan 
tashqarida joylashgan bo'ladi». Bu qoidani quyidagi shakllar yor-
damida ifodalash mumkin. 
Bu qoida sillogizm aksiomasi mohiyatini terminlarning hajmi 
munosabatlari asosida tushuntirib beradi. Demak, sillogizm ak-
siomasining mohiyati quyidagicha: buyum va hodisalarning sinfi 
to'g'risida bildirilgan tasdiq yoki inkor fikr shu sinf tarkibidagi 
barcha buyum va hodisalarning har biri yoki ayrimlari ham taal-
luqli fikr hisoblanadi. 
Masalan: 
Hamma odamlar tirik mavjudotdir. 
Hamma talabalar odamlardir. 
Hamma talabalar tirik mavjudotdir. 
Sillogizm aksiomasini atributiv ifodalaganda predmet bilan 
uning belgisi o'rtasidagi munosabatga asoslaniladi: biror buyum, 
hodisa belgisining belgisi, shu buyum, hodisaning belgisidir; 
buyum, hodisa belgisiga zid bo'lgan narsalar buyum, hodisaning 
o'ziga ham ziddir. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling