Falsafa asoslari


gogik argumentlash (isbotlash)


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

gogik argumentlash (isbotlash) tezis (a) va antitezis (la) o'rtasidagi 
munosabatga asoslanadi. Masalan, «muloqot insonlarni birlashti-
radi», degan mulohazaning chinligini asoslash uchun unga zid 
bo'lgan «muloqot insonlarni birlashtirmaydi», degan mulohaza 
olinadi. 
Apagogik argumentlash (isbotlash)da antitezis topilib (1-bos-
qich), vaqtincha chin deb qabul qilinadi va undan malum bir 
natija keltirib chiqariladi (2-bosqich), so'ngra bu natijalarning 
xatoligi ko'rsatiladi (3-bosqich) va demak, tezisning chinligi is­
botlanadi. 
Ayiruvchi argumentlash (isbotlash)da tezis sof ayiruvchi mu­
lohazaning (kuchli diz'yunktsiyaning) bir a'zosi bo'lib, uning 
chinligi boshqa a'zolarining (antitezisning) xatoligini ko'rsatish 
orqali asoslanadi. Masalan, «Bu xatni do'stlarimdan A, yo B, 
yo С yozgan», degan fikr tekshirilib, «xatni В ham, С ham 
yozmaganligi»ligi aniqlanadi va shu tariqa «Xatni A yozgan», 
degan mulohazaning chinligi asoslanadi. Bu misolda isbotlash 
ayiruvchi — qat'iy sillogizmning inkor etib, tasdiqlovchi modusi 
bo'yicha qurilgan. Ayiruvchi isbotlashda barcha muqobil variant-
lar to'liq olingandagina xulosa chin bo'ladi, ya'ni tezis isbotla­
nadi. 
Raddiya. Rad etish usullari. 
Raddiya - argumentlash (isbotlash)ni buzishga qaratilgan 
mantiqiy amal. 
Birorta fikrning chinligini rad etish ayni paytda unga zid 
bo'lgan fikrning xatoligini ko'rsatishdan iborat bo'lganligi uchun 
248 


raddiyani argumentlash (isbotlash)ning xususiy ko'rinishi, deb 
hisoblash mumkin. Raddiya ham argumentlash (isbotlash) kabi 
tezis (rad qilinishi lozim bo'lgan mulohaza), argumentlar (tezisni 
rad qiluvehi mulohazalar) va demonstratsiya (rad etish usuli) 
dan tashkil topgan bo'ladi. Raddiya birorta masalani muhokama 
qilish, ya'ni bahs, munozara jarayonida uchraydi. Bahs qatnash-
chilaridan biri malum bir tezisni ilgari surib, uni himoya qilsa 
(proponent), boshqasi unga qarshi chiqadi (opponent). Hal qilin-
magan, munozarali masalalar bo'yicha olib boriladigan bahslar 
polemika hisoblanib, unda qarama-qarshi tezislar asoslanibgina 
qolmay, balki tanqidiy analiz ham qilinadi. 
Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi: 
I. Tezisni rad etish 
II. Argumentlarni rad etish 
III. Demonstratsiyani rad etish. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling