Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Yagona tafovut metodi. Bu metod faqat ikki holatda, ya'ni 
hodisaning vujudga kelgan va kelmagan hollarini taqqoslash aso­
sida hodisaning sababini aniqlash usuli bo'lib, unda mavjud hol­
lar bir-biridan faqat bitta holati bilan farq qiladi. Shuning uchun 
ham mazkur holat kuzatilayotgan hodisaning sababi bo'lsa kerak, 
deb taxminiy xulosa hosil qilinadi. 
ABC a 
ВС a emas. 
Demak, A holat a hodisaning sababi bo'lishi mumkin. 
Yo'ldosh o'zgarishlar metodi. Yo'ldosh o'zgarishlar metodiga 
muvofiq, bir holatning o'zgarishi hodisaning o'zgarishiga ham 
olib kelsa, shu holat kuzatilayotgan hodisa o'zgarishining saba­
bidir. 
1. ABC a 
2. AjBC a 
3. A
2
BC a 
N. A
n
BC 
Ehtimol, A holatning o'zgarishi unga mos holda a ning 
o'zgarishiga sababchidir. 
241 


Qoldiqlar metodi. Bu metod tatbiq etiladigan obyekt murakkab 
hodisadan iborat bo'lib, bittasidan boshqa qismlarining sabablari 
aniq bo'lganda, ana shu qolgan qismni vujudga keltiruvchi sa-
babni topish maqsadida qo'llaniladi. 
ABC abc 
В b 
С с 
Demak, a ning sababi A bo'lishi mumkin. 
Qoldiqlar metodiga ko'ra, agar o'rganilayotgan murakkab 
hodisani tashkil etuvchi hodisaning (yoki hodisa qismining) 
bitta holatdan boshqa holatlar bilan aloqasi zaruriy tavsifga ega 
bo'lmasa, ana shu qoldiq holat mazkur hodisaning (hodisa qis­
mining) sababi bo'lishi mumkin. 
Ilmiy induksiyaning boshqa metodlari singari qoldiqlar meto­
di ham ehtimoliy bilim olish vositasi hisoblanadi. 
ANALOGIYA — (grek. — moslik, o'xshashlik) bavosita xulosa 
chiqarishning bir turidir. Deduktiv xulosa chiqarishda fikr umu-
miylikdan juziylikka qarab, induksiyada juziylikdan umumiylikka 
qarab harakatlansa, analogiyada bir juziy holatdan boshqa juziy 
holatga qarab harakatlanadi. 
Analogiyada predmetlarning o'xshash xossalariga asoslanib 
xulosa chiqariladi. Tabiat va jamiyatda obyektiv turli-tumanlik 
bilan bir qatorda, obyektiv o'xshashlik ham mavjud. Ular inson 
ongida o'z ifodasini topadi. Obyektiv reallikning turli sohalariga 
oid qonun va qoidalar tuzilishi jihatidan o'xshash bo'lsa, ular aks 
ettirgan voqelikdagi turli narsa va hodisalar ham ma'lum ma'noda 
o'xshash bo'ladi. 
Analogiya vositasida bir predmetdan (modeldan) boshqa pred-
metga (prototipga) axborot o'tkaziladi. Xulosa asoslari modelga, 
xulosa prototipga taalluqli bo'ladi. Masalan, Tmom G'azzoliy 
«Kimiyoi saodat» asarida dil (ko'ngil)ni badan mamlakatining 
podshohi, aqlni esa uning vaziriga qiyoslab, «podshoh — Dil vazir 
— Aqlning maslahati birla ish qilsa, shahvat va g'azabni vazir Aql-
ga bo'ysundirsa, badan mamlakati (inson) saodatga erishadi. Agar 
Dil vazir Aqlni shahvat va g'azab ilgida asir qilsa, badan mam-
242 


lakati vayron bo'lib, podshoh Dil ham asir bo'lib, badbaxt va halok 
bo'lg'usidir»
1
, — deb yozadi. Analogiya bo'yicha xulosa chiqarish 
boshqa xulosa chiqarishlar kabi asos, xulosa va asos bilan hamda 
xulosa o'rtasidagi mantiqiy aloqadan iboratdir. Uning xulosasi eh-
limoliy shaklda bo'lib, keyingi tekshirishlarni talab qiladi. Aniq 
asoslardan ba'zan aniq, ba'zan ehtimoliy xulosa chiqadi. 
Analogiya o'zining obyektiv asosiga ega. Bular predmetlar, 
ularning xossalari o'rtasidagi aloqa va munosabatlardir. Mo-
deldan prototipga o'tkazilayotgan axborotning tabiatiga ko'ra 
analogiyaning ikki turi farqlanadi: xususiyatlar analogiyasi va 
munosabatlar analogiyasi. 
Xususiyatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir turda-
gi ikki predmetlar sinfi o'xshash belgilariga ko'ra o'zaro taqqos-
lanadi. O'xshash belgilarga asoslanib, birida mavjud bo'lgan 
belgining boshqasida ham bo'lishi mumkinligi haqida xulosa 
chiqariladi. 
O'xshatilayotgan predmetlarni A va В harflari bilan, belgilarni 
a, b, с harflari bilan ifoda qilsak, xususiyatlar analogiyasini qu-
yidagi formula orqali ifodalash mumkin: 
Щ - P
l 5
P
2
, P
3
, P
4
, belgilarga ega. 
S
2
- Pj, P
2
, P
3
, belgilarga ega. 
Demak, S
2
- P
4
belgisiga ega. 
Misol: 
Oiladagi kelishmovchiliklar mehrni yo'qotadi, oila a'zolarini 
beobro' qiladi, ro'zg'orni bebaraka qiladi, bolalar tarbiyasiga 
e'tibor kamayadi. 
Bu oila a'zolari bir-biri bilan doimo janjallashadi. Ular bir-
biriga mehrsiz, mahallada obro'yi yo'q, ro'zg'ori bebaraka. 
Demak, ular bolalar tarbiyasiga e'tiborsiz. 
Munosabatlar analogiyasida ikki predmet o'xshashligi asosida 
emas, ikki predmet o'rtasidagi munosabatni o'rganish asosida 
1
Abu Xomid G'azzoliy Kimiyoi saodat. -Т.: Adolat. 2005. - 37-6. 
243 


boshqa ikki predmet o'rtasidagi munosabat haqida xulosa chiqa-
riladi. Munosabatlar analogiyasini quyidagi formula bilan ifoda-
lash mumkin: 
A — В ga, С — D ga bo'lgandek munosabatda. 
Bunda A — В model, С — D prototip bo'ladi. Model va pro-
totip o'rtasidagi munosabat asimmetrikdir, ular turli predmet so-
halariga taalluqlidir. Masalan, imom G'azzoliy inson jismi va 
ruhi o'rtasidagi munosabatni ot va chavandoz o'rtasidagi muno-
sabatga taqqoslab, run tanani boshqarishi va har ikkisining yemi-
shi bir-biridan farq qilishi haqida xulosa chiqaradi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling