Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

37 


mm 
borgan. Ular xalq ongidan mustaqillik va erkin hayot to'g'risidagi 
maqsad-muddaolarni butunlay yo'qotib yuborishga urinishgan. 
Buning natijasida ma'naviy qashshoq va tarixiy xotirasiz kishilar 
tarbiyalanishi lozim edi. Bosqinchilar Movarounnahrda niho-
yatda boy madaniyat shakllanganini e'tirof etgan. Ammo uning 
bosqinchilik g'oyalariga mos kelmaydigan juda ko'p namunalarini 
ayovsiz yo'q qilishgan. 
Arab xalifaligi va Mom falsafasi. Movarounnahr arab xalifaligi 
tarkibiga kiritilishi arafasida Turk qog'onoti tizimiga mansub 
edi. U mayda amirliklardan iborat bo'lib, ular o'rtasida tinimsiz 
to'qnashuvlar ro'y berib turar edi. Ayniqsa, Turk qog'onoti bi-
lan sosoniylar Eroni o'rtasidagi to'qnashuvlar o'ta shiddatli tusda 
yuz berar edi. XII asrning oxiri va XIII asrning boshlarida bu 
hudud arab xalifaligi tomonidan bosib olindi. Bunga Movaroun-
nahr hududida yashovchi xalqlar, ijtimoiy kuchlar orasida siyosiy 
hamjihatlikning yo'qligi, o'zaro qirg'in-barotlarning avj olishi sa-
bab bo'ldi. 
Movarounnahrga arab xalifaligi bilan birga Islom dini ham 
kirib keldi. Ushbu dinning nazariy asoslari musulmonlarning 
muqaddas kitobi bo'lmish Qur'on va Hadislarda aks etgan bo'lib, 
Islom asrlar davomida yurtimiz tarixi va xalqimiz tafakkuriga 
katta ta'sir ko'rsatgan. Bu haqda manbalar ko'p va biz shu sabab 
bu to'g'rida keng to'xtalmaymiz. Islom falsafasi va uning naza-
riy hamda amaliy masalalari haqida ham yurtimizda manbalar 
bisyor. 
Islomda kalom ilmi shakllangan va u islom ilohiyotining 
o'ziga xos falsafiy ta'limotidir. U diniy aqidalarni asoslab berishda 
Qur'onga tayanadi va Ollohning haqligi, uni olamning yaratuv-
chisi ekanligi, olam va insonning OUoh tomonidan yaratilgani va 
odamzodning Tangri oldida mas'ul ekanligini ta'kidlaydi. 
Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom vafotlaridan buyon 
o'tgan asrlar davomida Islomda turli mazhablar va oqimlar shakl-
landi, kalom bilan yonma-yon ma'naviy jarayonlar silsilasida 
mashshoiyunlar va tabbiiyunlarning (Arastu falsafasi va tabiatni 
o'rganishga ahd qilganlarning) falsafiy qarashlari ham namoyon 
bo'ldi. 
38 


Qadimgi Yunon falsafasi an'analarida siyosiy faoliyat va do-
nishmandlik ko'p hollarda bir-biriga qarama-qarshi qo'yilgan 
bo'lsa, Islom fafsafasida siyosatga, aksincha, inson faoliyatining 
yuksak bir shakli sifatida qaraladi. Islomda davlatni boshqarish — 
bu san'at, ammo u «Olloh hammani teng qilib yaratgan» degan 
ijtimoiy adolat tamoyiliga amal qilmog'i zarur, ijtimoiy adolat 
esa teng huquqlilikka amal qilish tufayli barqaror bo'la oladi, deb 
hisoblanadi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling