Falsafa asoslari


Amir Temur va temuriylar davri falsafasi


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Amir Temur va temuriylar davri falsafasi. Insoniyat tarixida 
shunday davrlar borki, unda buyuk ishlarga tayyor millatlar, 
45 


о zming yo'lboshchilari yetakchihgida, tarixning muayyan qisqa 
bosqichlarida ming yillarda qo'lga kiritish mumkin bo'lgan nati-
jalarga erishganlar. Aynan ana shunday davrlar insoniyat tarixiga 
shu millatga mansub buyuk kishilarning o'chmas nomini bitadi, 
jahon madaniyatini boyitadi, umumbashariy taraqqiyotga katta 
hissa bo'lib qo'shiladi. 
Temur va temuriylar davri xuddi ana shunday, mo'g'ul bos-
qinchilaridan ozod bo'lgan xalqimizning milliy dahosi eng yuk-
sak cho'qqiga ko'tarilgan davrdir. Bu davr falsafasi xalqimizning 
sohibqiron Temur boshchiligida ozodlikka erishgan va mustaqil-
likni saqlash hamda mustahkamlash uchun amalga oshirgan 
buyuk ishlarining ifodasidir. Bu xalqimizning markazlashgan 
davlat tuzish, milliy davlatchiligini tiklash va barqaror qilish, 
mustaqil yashash orzularining ushalgan davridir. 
Mo'g'ullar o'rnatgan mustabid tuzumning Amir Temur 
dunyoga kelgan davrida yerli aholi o'rtasida chuqur ijtimoiy va 
ma'naviy uyg'onish jarayoni borayotgan edi. Bu jarayon, «Tarixi, 
o'sha davrdayoq, ming yilliklar qa'riga ketgan buyuk xalq mus-
tamlakachilik azobida yotaveradimi?» yoki «Mustaqillik uchun 
kurash olib borishda davom etadi va ozodlikka erishadimi?» de-
gan asosiy savollar atrofida ro'y berayotgan edi. 
Mo'g'ullar mamlakatimizni siyosiy va harbiy jihatdan istilo 
qilgan edilar, ammo uni ma'naviy bo'ysundirish, madaniy jihat­
dan mo'g'ullarning ustunligi to'g'risida gap ham bo'lishi mum-
kin emas edi. Ko'chmanchilik va shaharlarni g'orat qilishdan 
boshqasiga yaramaydigan, o'troq hayotga mensimay qaraydigan 
Chingiz avlodlari ma'naviy va madaniy jihatdan o'zlaridan us-
tun bo'lgan xalqqa nima ham bera olar edilar? Ular o'z hukm-
ronligining oxirigacha ham Vatanimizda birorta tuzukroq ya­
shash mumkin bo'lgan yangi shahar barpo etmadilar, madaniyat 
o'choqlarining yuksalishi uchun imkon bermadilar, yerli aholi 
orasidan chiqqan barkamol kishilarni qilichdan o'tkazib turdilar. 
Ammo xalq irodasini buka olmadilar, uning ozodlik va mus-
taqillikka intilishini to'xtatib qo'ya olmadilar. Amir Temur ana 
shu harakatning natijasi, xalqining milliy g'oyalarini ro'yobga 
chiqarish uchun tarixiy shakllangan zaruriyat, o'sha paytda har-
46 


biy uyushqoqlik, siyosiy hushyorlik, fidokorlik jihatidan jahonda 
tengi yo'q millatga aylangan xalq dahosi yaratgan buyuk jahongir 
edi. Xalq jahongirga aylanganida o'zining jahongirini yaratadi. 
Gohida bir jahongir millat boshqasini uyg'otib yuboradi. Bu esa 
tarixning muayyan hududdagi eng burilish nuqtalariga to'g'ri ke-
ladi. 
Ba'zilar Temur falsafiy asarlar yozmagan-ku, uning falsafaga 
aloqasi bormi, deb o'ylaydi. Aslida Temurning hayoti va faoliyati 
falsafadan iborat emasmi? U falsafiy xulosalar chiqarish uchun 
boshqa kishilarning hayoti va asarlaridan ham mazmunliroq 
hayot emasmi? Falsafani faqat kitoblardangina o'rganish mum-
kinmi? Aslida, falsafani to'la-to'kis kitobga tushirib b,olmaydi. 
Kitobga tushirilgan falsafa muayyan tizimga keltirilgan falsafiy 
bilimlar sistemasi xolos. Temur va temuriylar davrini tarix falsa-
fasi va falsafa tarixini uyg'un tarzda yozish orqali nisbatan to'g'ri 
ifodalash mumkin. Amir Temurning hayoti, uning faoliyati, 
temuriylar davridagi madaniy jarayonlar, ilm-fan rivoji kabi ma-
salalar esa bir necha falsafiy kitoblar, o'nlab tadqiqotlar uchun 
mavzu ekanligi aniq. Qolaversa, Temtir va temuriylar kabi ilm-fan, 
madaniyat va san'atni, falsafa va adabiyotni nozikta'b tushungan, 
o'zlari ham bu sohalarda ajoyib yutuqlarga erishgan siyosiy su-
lolalarni jahon tarixidan topish qiyin. Bu'sulola vakillari orasida 
she'r yozmagan, adabiy mashqlar qilmagan, fan-madaniyatga 
qiziqmagan biror temuriyzoda bo'lmasa kerak. Tarix shundan 
dalolat beradiki, yurt boshliqlari fan va madaniyatga qiziqqan, 
ma'naviyatni yuksaklikka ko'tarish uchun kurashgan o'lkada 
bu sohalarda haqiqiy yuksalish bo'ladi. Siyosiy ta'minlanganlik, 
boshqa sohalar bilan birgalikda, madaniy taraqqiyotning eng 
asosiy omili ekanligini rad qilish unchalik o'rinli emas. Madani-
yatparvar va millatparvar Amir Temur va temuriyzodalar o'sha 
davr ma'naviy taraqqiyoti uchun siyosiy va iqtisodiy asoslarni 
to'la-to'kis yaratgan arboblar edi. Xalqimizning asrlar osha ular 
ruhiga minnatdorlik tuyg'usi bilan yondashuvi, haligacha o'z far-
zandlariga bu sulola vakillari nomlarini qo', db yurishi, bugungi 
kunlarda ham o'sha zamondan tashbehlar izlayotganining sa-
bablaridan biri ham ana shunda. 
47 


Amir Temur ibn Tarag'ay Bahodir (1336-1405) Kesh (Shahri-
sabz) shahri yaqinidagi Xo'ja ilg'or qishlog'ida dunyoga kel-
di. Uning eng asosiy tarixiy xizmatlari shimdan iboratki, u 
mo'g'ullarning bosqinchilik va vayronkorliklariga qarshi kurashib, 
O'rta Osiyoni ulardan xalos etdi. Mayda feodal va mulkdorlar-
ning o'zaro nizolariga barham berib, kuchli markazlashgan davlat 
barpo qildi. Mamlakatda tartib-intizom va qonun ustuvorligini 
ta'minladi. Uning davrida «Kuch — adolatda» tamoyili amalga 
oshdi, iqtisod va madaniyat yuksaldi, o'zga mamlakatlar bilan 
mustahkam aloqalar o'rnatildi. 
Amir Temur mohir harbiy sarkarda sifatida nom qozondi. U 
o'z hayotini Movarounnahr xalqining farovonligi, yurt obodon-
chiligi uchun sarfladi, uning davrida hashamatli binolar, qurilish 
inshootlari, go'zal bog'lar bunyod qilindi, maktab va madrasa-
lar, masjidlar qurildi, mamlakatimiz Sharqning go'zal hududiga 
aylandi. 
Temurning yana bir ulkan xizmati shuki, u madaniyat va ilm-
fan homiysi sifatida mashhur bo'ldi, o'z saroyiga olimu fuzalo va 
din arboblarini to'pladi. Xoja Afzal, Jalol Xokiy, Mavlono Xoraz-
miy, Mavlono Munshiy va boshqalar uning saroyida ilm-fan va 
badiiy ijod bilan mashg'ul bo'ldilar. Bobur Mirzoning xabar beri-
shicha, o'sha davrda Samarqand eng go'zal shahar edi. Ispan 
sayyohi R. G. Klavixo Samarqandning go'zalligiga qoyil qolgan 
edi. Temur hukmronligi davrida ichki va tashqi savdo kuchaydi. 
Ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Rusiya, arab mamlakatlari bilan alo-
qalarning kuchayishi Temur saltanati iqtisodiy qudratini oshirdi. 
Temur va temuriylar davrida islom dini va tasavvufga katta e'tibor 
berildi. Islom dini o'sha davrda asosiy mafkura bo'lib, markaz-
lashgan davlat barpo etishda, iqtisod, madaniyat va ilm-fan so-
hasidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishda nazariy asos 
bo'lib xizmat qildi. Temur o'z faoliyatida unga tayanib ish ko'rdi. 
Temuriylar davrida tasavvuf ta'limoti keng quloch yoydi. 
Sohibqiron tasavvuf qoidalaridan mamlakatdagi salbiy illatlarni 
yo'qotishda, turli janjal va nizolarni bartaraf qilishda, haqiqat 
va adolat o'rnatishda, insonparvarlik g'oyalarini tarqatishda foy-
dalangan. Temur tasavvufdagi poklanish, to'g'ri va sofdil bo'lish, 
48 


zino va fahsh ishlar bilan shug'ullanmaslik, harom-xarish ishlar-
dan qochish, halol mehnat qilish, biror kasbni egallash, muhtoj-
larga mehr-shafqat ko'rsatish kabi g'oyalarni xalqqa singdirish 
uchun kurash olib bordi. Naqshbandlik tariqatining yirik shayx-
lari bo'lmish Sayyid Amir Kulol, Shayx Abu Bakr Tayobodiy, 
Mir Sayyid Barakalar Temurning pirlari bo'lib, sohibqiron ular 
bilan tez-tez muloqot qilib turgan. 
Temuriylardan Shohruh, Ulug'bek, Xusayn Boyqaro, Bo-
bur Mirzolar davlatni boshqarishda, din va tasavvuf qoidala-
riga amal qilishda, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishda 
uning an'analarini izchil ravishda davom ettirdilar. Bu davrda 
me'morchilik san'ati yuksak darajaga ko'tarildi. Amir Temur 
Ko'ksaroy masjidi, Shoxizinda, Bibixonim madrasasini qurdirdi. 
Keshda (Shahrisabz) Oqsaroy barpo qila boshladi. Mirzo Ulug'bek 
davrida 1417-1420-yillarda Registonda, keyinchalik Buhoroda, 
1432-1433-yillarda G'ijduvonda madrasalar qurildi, Bibixonim 
masjidi, Go'ri Amir maqbarasi qurib bitkazildi. 1429-yili esa 
Ulug'bekning falakiyot rasadxonasi nihoyasiga yetdi. Xirotda 
ham ko'plab me'morchilik binolari barpo qilindi. Ular jumlasiga 
masjid, madrasa va xdnaqohlardan iborat bo'lgan Gumbazi sabz, 
Alisher Navoiy qurdirgan «Ixlosiya», «Nizomiya», «Shifoiya» 
madrasalari, Marv shahridagi «Xusraviya» madrasasi va boshqalar 
kiradi. Navoiy yashagan zamonda Xirotda «Sharq Rafaeli» deb 
nom olgan Kamoliddin Behzod (1456—1535) va shoh Muzaffar 
kabi dunyoga mashhur rassomlar ijod qildi. Behzod «Zafarnoma» 
kitobiga, Xusrav Dehlaviyning «Xamsa», Sa'diyning «Bo'ston» 
asarlariga naqsh bergan va Xusayn Boyqaro, Xotifiy, Jomiy va 
boshqalarning rasmini chizgan, xalqning mehnatini, tabiat man-
zaralarini haqqoniy tasvirlagan. 
XIV—XV asrlarda Movarounnahr va Xurosonda ilm-fanning 
ko'p sohalarida yuksalish yuz berdi. Jahonga mashhur olimlar, 
tabiatshunoslar va shoirlar yetishib. chiqdi. Tibbiyot, riyoziyot, 
handasa, tarix, adabiyot, jo'g'rofiya, pedagogika, mantiq, fal-
safa, axloqshunoslik va boshqalarga e'tibor berildi. Ayniqsa, ba-
diiy adabiyot va adabiyotshunoslik tez rivoj topa boshladi, ularda 
o'sha davrning muhim ijtimoiy muammolari va insonparvarlik 
49 


g'oyalari olg'a surildi. «Gul va Navro'z» muallifi Lutfiy (1366— 
1465), «Bexro'z va Bahrom» asarini yozgan Binoiy (1453—1512), 
«Tazkirat ush-shuaro» (shoirlar haqida tazkira)ning muallifi 
Davlatshoh Samarqandiy, «Yusuf va Zulayho», «Maxzan ul-as-
ror» (Sirlar xazinasi) asarlarining mualliflari Durbek (XIV—XV 
asrlar), Haydar Xorazmiy hamda Kamol Xo'jandiy (1402-yilda 
vafot etgan), Hofiz Xorazmiy (XIV—XV asrlar), Ismat Buxoriy 
(1365-1436), Yaqiniy (XV asr), Hiloliy (XV asr), Atoiy (XV asr) 
va boshqalar o'sha davrda yashab ijod etdilar. 
Bu davrda tarix faniga e'tibor kuchaydi, yirik tarixnavislar 
paydo bo'ldi. Temuriylar davrida Abdurazzoq Samarqandiyning 
(1413—1482) «Matlaa as-sa'dayn va majma' al-baxrayn» («Ikki 
dengizning qo'shilishi»), Hofizi Abruning (1361—1430) «Zub-
dat at-tavorix» («Tarixlarning sarasi»), Muyiniddin Isfizoriyning 
(1494-yilda vafot etgan) «Ravzat al-jannat fi avsof madinat», Fos-
ix Havofiyning (1375—1442) «Mujmali fosixiy», Sharafiddin Ali 
Yazdiyning (1454-yilda vafot etgan) «Zafarnoma»si, Nizomid-
din Shomiyning (XIV asr XV asrning boshi) «Zafarnoma»si va 
boshqalar mashhur edi. 
O'sha zamonning eng mashhur tarixchilari Mirxond (1433— 
1498) va Xondamir (1475-1535) edilar. Mirxond Xirotda taval-
lud topib, shu yerda ijod qilgan. Uning asosiy tarixiy asari 7 
jilddan iborat bo'lib, «Nabiralar, podshohlar va xalifalar tarjimai 
hollari haqida poklik bog'lari» deb ataladi. U olti jildini yozib 
vafot etadi, yettinchisini nabirasi Xondamir yozib tugatadi. 
Xondamir ham Xirotda tug'ilib, yoshligidan tarixnavislikka ha-
vas qo'yadi. U Agrada vafot etadi. Uning muhim risolalari «Ma-
korim ul-axloq», «Habib us-siyar», «Vazirlar uchun qo'llanma» 
va boshqalardir. 
XIV—XV asrlarda mantiq, tabiiy-ilmiy fanlar, ayniqsa falaki-
yot, falsafa va axloqshunoslikka katta e'tibor berildi. Mantiq ilmi-
ning yirik vakillaridan biri Sa'diddin Taftazoniydir (1322—1392). 
U Niso viloyatiga qarashli Taftazon qishlog'ida dunyoga keladi. 
Yoshligidan ilohiyot fanlari, arab till, nutq san'ati va mantiq bilan 
shug'ullanadi. Taftazoniy madrasalarda mudarrislik qildi. Turkis-
ton, ffirot, Jom, G'ijduvon madrasalarida talabalarga dars berdi. 
50 


Taftazoniy shuhrati, ilmiy ishlari Yaqin va O'rta Sharq mam-
lakatlariga keng tarqaldi. Temurning taklifi bilan alloma Samar-
qandga kelib, shu yerda umrining oxirigacha yashadi. Taftazoniy 
40 dan ortiq risolalarning muallifidir. Muhimlari: «Taxzib al-
mantiq val-kalom» («Mantiq va kalomga sayqal berish») «Mux-
tasar al-maoniy» (Ritorikaga oid «qisqacha ma'nolar»), «Al-ir-
shod al-xodiy», (Arab tili grammatikasiga oid «Yo'l boshlovchi 
rahbar»), «Al-maqosid at-tolibin» (Falsafa va kalomga oid «Tolibi 
ilmlarning maqsadlari») va boshqalar. Taftazoniy o'tmish olimla-
rining juda ko'p asarlariga sharhlar ham bitgan. 
O'sha davrning yana bir atoqli allomasi Mir Sayyid Sharif 
Jurjoniy Astrobod shahri yaqinida tug'ilgan. Jurjoniy Istambul, 
Qohira, Xirot, Sheroz shaharlarida bo'lib, ulardagi olimlardan 
ilm sirlarini o'rganadi. 1387-yildan boshlab Samarqand madrasa-
larida mantiq, falsafa, falakiyot, fiqh va adabiyot, munozara ilmi 
va boshqalardan dars beradi. Jurjoniy 50dan ortiq risolalarning 
muallifi bo'lib, ularning aksariyati mantiq, fiqh, falsafa va tabi-
atshunoslikning muhim muammolariga bag'ishlangan. Olimning 
«At-ta'rifot» («Ta'riflar»), «Odob ul-munozara» («Munozara olib 
borishning qoidalari haqida risola»), «Suqro» («Kichik dalil bo'la 
oladigan hukm»), «Kubro» (Katta dalil bo'la oladigan hukm»), 
«Avsat dar mantiq», («Mantiqda o'rta xulosa»), «Risolayi vujudi-
ya» («Borliq haqida risola») va boshqa asarlari mavjud. Bulardan 
tashqari, Jurjoniy salaflarining, xususan ibn Sino, Chaqminiy va 
Nasriddin Tusiylarning asarlariga sharhlar yozganligi ma'lum. 
Umuman olganda, Taftazoniy va Jurjoniyning falsafiy va 
mantiqiy qarashlari ilm-fan rivojida katta hissa bo'lib qo'shildi 
va keyingi davrlarda yashagan mutafakkirlarning dunyoqarashiga 
samarali ta'sir ko'rsatdi. 
Jahon ilm-fani taraqqiyotiga katta ulush qo'shgan buyuk 
falakiyotchi olim va davlat arbobi Muhammad Tarag'ay Ulug'bek 
(1394—1449) matematika va falakiyot sohasida barkamol ijod qil-
gan. Uning otasi, Amir Temurning o'g'li Shoxruh Mirzo edi. 
Ulug'bek yoshligidan ilm bilan qiziqdi. Unga taniqli olimlar 
qozizoda Rumiy va G'iyosiddin Jamshid ustozlik qildilar. U gar-
chi davlat arbobi bo'lsa ham, madaniyat va ilm-fan ravnaqiga ko'p 
51 


kuchini sarfladi, matematika, astronomiya, geometriya, tarix, 
kimyo va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Olimning 
dunyoqarashida Aflotun, Arastu, Ptolemey, Muhammad Xoraz-
miy, al-Farg'oniy, Forobiy, ibn Sino, Beruniy va boshqalarning 
asarlari muhim o'rin egalladi. 
Ulug'bekning ulkan ishlaridan biri uning Samarqandda, 
Ko'xak tepaligida, Obi Rahmat arig'ining bo'yida, rasadxona bar-
po etganligidir. Ushbu rasadxona qurilishi 1424-yilda boshlanib, 
1429-yilda tugallandi. Olimning eng muhim asari «Ziji jadidi 
Ko'ragoniy» deb ataladi. Undan tashqari, Ulug'bek matematikaga 
oid «Bir daraja sinusni aniqlash haqida risola», astronomiyaga 
bag'ishlangan «Risolayi Ulug'bek» va tarixga oid «To'rt ulus tari-
xi» kitoblarini yozdi. Ulug'bek mantiq ilmi, fiqhshunoslik, mu-
siqa va adabiyot nazariyasini yaxshi bilar edi. Olimning «Ziji» 
ikki qism, muqaddima va 1118 yulduzning o'rni va holati aniqlab 
berilgan jadvallardan iborat. 
Ulug'bek o'z atrofiga qobiliyatli olimlarni to'pladi, o'zga 
mamlakatlardan iqtidorli allomalarni taklif etdi. Ana shunday 
olimlardan biri G'iyosiddin Jamshid al-Koshiy (1430-yilda va-
fot etgan) bo'lib, u yirik riyoziyotchi va falakiyotchidir. Uning 
asarlari «Miftox ul-hisob» («Hisob kalidi»), «Risola al-muhitiya» 
(«Doira haqida risola») va boshqalardir. XVI asrdan boshlab 
Yevropa mamlakatlarida uning kashfiyotidan foydalana bosh-
ladilar. 
Tarixda Ali qushchi nomi bilan mashhur bo'lgan Alouddin 
Ali ibn Muhammad Qushchi (1403—1474) Ulug'bekning shogir-
didir. U ilmiy ishlarini falakiyot va riyoziyot sohasida olib bordi. 
Uning asarlari: «Arifmetika ilmi haqida risola», «Mantiq risolasi», 
«Astronomiyaga oid risola» va boshqalardir. Ali Qushchi «As-
tronomiyaga oid risola»sida Oy va Quyosh tutilishi qonuniyatla-
rini ilmiy asoslab berdi. Olim tabiat sirlari va uning qonuniyatla-
rini o'rgandi, jismlar harakati va ularning oddiydan murakkabga 
o'tishi to'g'risida o'z fikrlarini ilgari surdi. 
Umuman shuni ta'kidlash lozimki, Ulug'bek va u asos sol-
gan astronomiya maktabi koinotdagi hodisalarni o'rganishda 
muhim rol o'ynadi, o'sha vaqtgacha fanga malum bo'lmagan 
52 


hodisalarni idrok qilib, inson aql-zakovatining bilish imkoniyat-
larini kengaytirdi, keyingi davrlarda yashagan olimlarga samarali 
ta'sir ko'rsatdi. Ulug'bekning astronomiya sohasidagi g'oyalarini 
Yevropada XVI asrdan boshlab Kopernik, Galiley va boshqalar 
rivojlantirdilar. 
Ulug'bek Islom diniga chuqur e'tiqod qo'ygan, ilohiyot rivojiga 
munosib hissa qo'shgan, maktab va madrasalar qurishga e'tibor 
bergan shoh va jahonga mashhur olim edi. Lekin sobiq sho'rolar 
davrida uning tabiiy-ilmiy qarashlari Islom diniga qarshi qara-
tildi, hatto uni ateist darajasiga ko'tarishga urinishlar ham bo'ldi. 
«Ulug'bek Mirzo, — deb ta'kidlagan edi Alisher Navoiy, — do-
nishmand podshoh edi. Kamoloti bag'oyat ko'p erdi». «Temurxon 
naslidin Mirzo Ulug'bek, Ki dunyo ko'rmadi podshoh aningdek» 
misralari ham Navoiyga tegishlidir. 
XV asrning ikkinchi yarmidan boshlab Hirot madaniy va ilmiy 
markazga aylandi. Ayniqsa, Temuriylardan Husayn Boyqaro hukm-
ronligi davrida bu yerda ilm-fan, adabiyot sohasida yuksalish yuz 
berdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi jahonga mashhur 
mutafakkirlar yetishib chiqdi. O'rta asr mumtoz adabiyotining va-
kili, ulug' shoir va mutafakkir Abdurahmon Jomiyni (1414—1492) 
Navoiy ustoz deb hisoblar edi. Uning qalamiga mansub asar-
lar «Nafahot ul-uns», «Hujjat ul-asror», «Musiqa haqida risola», 
«Naqshi fusus», «Vohid atamasi haqida risola», «Haj qilish yo'llari 
haqida risola», «Bahoriston» va boshqalardir. Jomiyning eng yirik 
asari «Haft avrang» bo'lib, unga «Tuhfat ul-ahror», «Suhbat ul-
abror», «Yusuf va Zulayho», «Suhbat ul-asror», «Layli va Majnun», 
«Salamon va Absol», «Xiradnomayi iskandariy» dostonlari kiradi. 
Barcha musulmon mutafakkirlari kabi Jomiy ham Xudo abadiy, 
mutlaq va dunyodagi hamma narsalarning sababchisidir, Xudo 
mavjud bo'lganda, borliq yo'q edi, dunyo o'zining boshlang'ichini 
Ollohdan olgan, demak, Xudo hamma narsaning yaratuvchisidir, 
deb hisoblaydi. Jomiyning falsafiy qarashlari uning insonparvar-
lik g'oyalari bilan chambarchas bog'lanib ketadi. Mutafakkirning 
ko'pgina asarlarida inson, adolat, muhabbat, ezgulik g'oyalari 
tasvirlanadi. Jomiy naqshbandiylik ta'limotiga e'tiqod qilib, uning 
nazariy va amaliy jihatlarini rivojlantiradi. 
53 



Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling