Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Tayanch tushunchalar: estetika, estetika obyekti, nafosat, 
go'zallik, san'at, go'zallik falsafasi, san'at falsafasi, nafosat tar-
biyasi, semiotika, kategoriya, go'zallik, chiroylilik, xunuklik, 
ulug'vorlik, tubanlik, fojiaviylik, forig'lanish, fojiaviy qahramon, 
kulgililik, kulgili holat, hazil, mutoyiba, kinoya, hajviya. 
Takrorlash uchun savollar: 
1. «Estetika»ning fan sifatidagi falsafiy mohiyatini tushunti-
ring. 
2. Estetika qaysi fanlar bilan o'zaro yaqin aloqador? 
3. Estetika kategoriyalarining tasnifini izohlab bering. 
4. Nima uchun go'zallik estetikaning asosiy mezoniy tushun-
chasi hisoblanadi? 
5. Ulug'vorlik tabiatda qanday xususiyatlarga ko'ra namoyon 
bo'ladi? 
6. Tubanlikning illat sifatida ijtimoiy taraqqiyotga salbiy ta'siri 
nimalarda ko'rinadi? 
7. Fojiaviylikning falsafiy mohiyatini tushuntirib bering. 
8. Kulgulilik kategoriyasining estetik xususiyatlari nimada? 
17-mavzu. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi 
Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi. 
Ma'lumki, qadim-qadim davrlardan beri kishilar o'zlarini qurshab 
turgan tabiat, unda sodir bo'ladigan turli-tuman o'zgarishlarni 
kuzatganlar. Borliqni asosiy shakllaridan bo'lgan tabiiy borliq, 
uning o'ziga xosligi, tabiatni tashkil qilgan narsa va hodisalar, 
barcha organik va noorganik moddalar olami, o'simliklar va hay-
339 


vonot dunyosi insoniyatni qiziqtirgan eng asosiy muammolardan 
bo'lgan. Nafaqat tabiat balki tabiat go'zalligi, uning estetik tar-
biyaviy ahamiyati masalalari ham qadimdan mutafakkir va do-
nishmandlarni qiziqtirib kelgan. Insoniyat ma'naviy yuksalishi-
dagi eng buyuk nuqtalardan biri uni tabiat va odamzod hayotidagi 
o'zaro uyg'unlik va mutanosiblikning mavjudligini idrok etish, 
tabiat va dunyoning tartibli yaratilishi haqidagi tushuncha bo'lgan. 
Go'zallik haqidagi ilk tasavvurlar ham tabiat bilan bog'liqdir. 
Tabiatdagi organizmlarning har biri o'z holicha emas, balki 
boshqa organizmlar bilan bog'liq holda yashaydi. Nabotot olami 
ham, hayvonot olami ham quyosh, suv, havo, tuproq ta'sirida 
yashaydi, rivojlanadi. 
O'zbek xalqi tabiatga tarixan uzoq davrdan buyon mehr bi-
lan qarashga, uni asrab-avaylashga o'rganib kelgan. Bu milliy 
bayram, qudimiy an'ana, urf-odatlarda ham yaqqol ko'rinadi. 
Xususan, O'rta Osiyo xalqlarining har yili nishonlanadigan 
Navro'z bayrami, asrlar davomida ona Yerga va tabiatga bo'lgan 
mehr-muhabbat, unga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, uni 
ardoqlash tuyg'ularini tarbiyalagan. 
Tabiatga estetik munosabat xususida Qadimgi Xitoy dao-
chilik ta'limotida ham o'ziga xos yondoshuv mavjuddir. Daosizm 
ta'limotida Inson mavjud olam kabi dao qonunlari asosida vu-
judga kelgan, u tabiatning bir qismi, uning vazifasi fazilat (de) 
yo'lidan borish. Har qanday sun'iy aralashuv, tabiatning muvo-
fiqlik tartibini o'zgartirishga intilish odamlar uchun halokatli, 
barcha yovuzliklarning, son-sanoqsiz baxtsizliklarning manbayi 
tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishdir. Shu sababli, Laos-
zi nazdida faoliyat — daoga qarshi qaratilgan va xalqqa zarar 
keltiradi, uning asosiy axloqiy tamoyili «uvey»- faoliyatsizlik, 
donishmand kishining «dao»si — bu kurashsiz faoliyat. Lekin bu 
kurashsiz faoliyat aslida tabiatga qarshi bo'lmagan faol xatti-ha-
rakat, faqat daoga xos, tabiat qonunlariga mos faoliyatdir. Tabiat 
go'zalligini asl holda saqlash va uni ko'rish, his qilish daochilikda 
muhim ahamiyat kasb etgan. 
Go'zallik haqidagi tasavvurlarning tabiat bilan bog'liqligi yu-
non falsafasida ham namoyon bo'ladi. Qadimgi yunonlar olam-
340 


ning tartibli ekanligini, uyg'unlik va go'zallik bilan bog'liq idrok 
etishgan. Tabiatdagi go'zallik bu qarama-qarshilikning kelishu-
vi, bu osoyishtalikdir. Tabiatning dialektik taraqqiyoti, undagi 
go'zallikning o'ziga xosligi tahlil etilgan. 
Qur'oni Karim va Hadisi shariflarda Islom qonun va qoidalari, 
shariat ahkomlari bilan bir qatorda atrof-muhitni toza saqlash, 
tabiat boyliklaridan to'g'ri foydalanish, ularni isrof qilmaslik, in-
sonning yashash tarzi, shaxsiy gigiyenasi, zurriyotni tozaligiga, 
o'simlik-hayvonot dunyosini asrashga, umuman ekologiya va ta-
biatni muhofaza qilishga katta ahamiyat berilgan. 
Tabiatdagi eng oddiy narsa va hodisalar mazmuni va shakli 
uyg'unligi bilan go'zaldir. Go'zallik bu voqelik (tabiat, jamiyat, 
san'at) hodisasi bo'lib, aniq hissiy ta'sir o'tkazish orqali insonda 
jismoniy va ma'naviy kuchlar oqimining ko'payishiga, shodlik, 
zavqlanish, to'la ma'naviy qoniqish holati vujudga kelishiga im-
kon yaratadi. Go'zallik doimo foydalidir, lekin bu foydalilik jami-
yat taraqqiyoti uchun xizmat qilishga mo'ljallangan bo'ladi. 
Tabiatdagi go'zallik ijtimoiy hayot go'zalligidan, foydali amaliy 
faoliyatidagi go'zallik badiiy ijoddagi go'zallikdan farq qiladi. Le-
kin go'zallik qanchalik o'zining rango-rangligi bilan ajralib tur-
masin, ularning barchasi qandaydir umumiy tub belgilarga ega 
bo'lib, mana shu umumiy tub belgilar tufayli ularning barchasini 
maxsus ilmiy-falsafiy istiloh-go'zallik tushunchasi orqali talqin 
etish imkoniyati mavjud. 
Insonda tabiatga qanday munosabatda bo'lish tuyg'usi birda-
niga paydo bo'lmagan, albatta, u sekin-asta, inson zoti va ta-
biati rivojlanib borgani sari shakllanib borgan. Inson atrofidagi 
tabiatni o'zlashtira boshlashi bilan tabiat boshqacha ijtimoiy orzu 
mezonlari bilan baholanadi, o'lchanadi, inson uchun tabiatning 
go'zallik va xunuk tomonlari ayon bo'la boshlaydi. 
Biz yashab turgan asrda insoniyat ulkan vayron qilish qudrati-
ga ega bo'lgan ishlab chiqarish kuchlariga ham ega bo'lib qoldi. 
Shu narsa aniq-ravshan bo'lib bormoqdaki, tabiatga faqat moddiy 
manfaatdorlik nuqtayi nazaridan munosabatda bo'lish salbiy oqi-
batlarga ham olib keladi. Insoniyat hozir tabiatni, atrof-muhitni 
himoya qilib, undan oqilona tarzda foydalanib, ayni vaqtda, tabi-
341 


iy hamohanglik sirlari ichiga yanada chuqur kirib borib, o'ziga 
uning yangidan-yangi mo'jizalarini ochmoqda, undan ta'lim-
saboqlari olmoqda. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling