Falsafa asoslari


 Tushunchaning ta'rifi, tuzilishi va turlari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

1. Tushunchaning ta'rifi, tuzilishi va turlari 
Tushuncha tafakkur shakllaridan biri sifatida til orqali ifodala-
nadi. Tushunchaning mohiyatini bilish uchun uning nom va so'z 
bilan qanday bog'liqligini aniqlab olamiz. 
Inson buyum va hodisalar haqida tushunchaga ega bo'lish 
uchun ularning nomlarini bilishi zarur. Olamdagi barcha jonli va 
jonsiz mavjudotlarning, voqea va hodisalarning nomi bor. Nom-
lar bilish va muloqotning zaruriy vositasidir. Buyum va hodisalar-
ning nomi tilni mavjud voqelik bilan bog'lab turadi. Faraz qiling, 
olamdagi hech bir narsaning nomini bilmasak, ular haqida tu-
shunchaga ega bo'lishimiz, fikr yuritishimiz mumkinmi? 
Nom nima? U tushuncha bilan aynanmi? Nom alohida pred-
metni yoki predmetlar guruhini belgilovchi til ifodasidir. Masa-
lan: «Amur Temur» so'zi temuriylar davlatining asoschisi bo'lgan 
buyuk bobokalonimizning nomini bildiradi; «o'qituvchi» so'zi 
bilim beruvchi insonni, «qizil» so'zi esa barcha buyumlardagi 
qizil rangni ifodalaydi. Buyum va hodisalarga inson nom qo'yadi 
va nom tufayli ular haqida tushunchaga ega bo'ladi. Bundan 
209 


ma'lum bo'ladiki, nom til ifodasi bo'lsa, tushuncha tafakkur 
shaklidir. 
Tushuncha buyum va hodisalarning umumiy, muhim va farq 
qiluvchi belgilarini bir butun, yaxlit holda aks ettiruvchi tafak-
kur shaklidir. Buyum va hodisalarning belgilari muloqot va fikr 
yuritish jarayonida biror predmetning vakili sifatida xizmat qi-
ladigan belgilardan farq qiladi. Buyum va hodisalarning belgilari 
predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biri-
ga o'xshashligini ifoda qiluvchi xususiyatlar va munosabatlarni 
ifodalovchi belgilardir. Masalan, savdo-sotiq bilan shug'ullanish 
faqat insonga xos belgidir. Boshqa tirik mavjudotlar bunday faoli-
yat bilan shug'ullanmaydilar. 
Buyum va hodisalarning belgilari umumiy, muhim, farq 
qiluvchi turlarga bo'linadi. Bir sinfga mansub bo'lgan hamma 
predmetlarga xos bo'lgan belgilar — umumiy belgilardir. Inson-
lar sinfi uchun qaddini tik tutib yurish, kulish va boshqa shun-
day belgilarga misol bo'ladi. Biror belgining o'zgarishi yoki yo'q 
bo'lishi tushunchaning ham o'zgarishi yoki yo'q bo'lishiga olib 
keladigan belgi muhim hisoblanadi. Inson uchun aqllilik (tafak-
kur qilish) muhim belgidir. Farq qiluvchi belgi predmetni o'ziga 
o'xshash boshqa predmetlar orasidan tanib olishga imkon beruv-
chi belgidir. Masalan, har bir inson o'ziga xos individual belgi-
lari bilan boshqalardan ajralib turadi. Demak, tushuncha ma'lum 
belgilariga ko'ra bir to'plamga birlashgan predmetlarning birligini 
ifodalaydi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling