Falsafa asoslari


UCHINCHI BO'LIM. ETIKA: AXLOQ FALSAFASI


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

UCHINCHI BO'LIM. ETIKA: AXLOQ FALSAFASI 
13-mavzu. «Etika» fanining predmeti va 
jamiyat hayotidagi ahamiyati 
Etika fanining mohiyati va predmeti. Etika fani bir necha ming 
yillik tarixga ega qadimiy fan. U bizda «axloq ilmi», «odobnoma» 
kabi nomlar bilan atalgan. Axloq — inson ma'naviy kamoloti sar-
chashmalaridan biri bo'lib, u tufayli jamiyat ravnaq topadi, fuqa-
rolarning baxt-saodat haqidagi orzu-umidlari ro'yobga chiqadi. 
U o'zining paydo bo'lish tabiatiga ko'ra ijtimoiy-tarixiy hodisa 
hisoblanadi. Odamzod ijtimoiy mavjudot sifatida shakllana bosh-
lagan kundanoq axloq paydo bo'lgan. Aniqrog'i, odamzodning 
o'zi ular o'rtasidagi axloqiy munosabatlarning hosilasi sifatida 
shakllana borgan. Odamlar o'rtasidagi axloqiy munosabatlar 
negizida jamiyatning axloqiy hayoti ijtimoiy borliqning tarkibiy 
qismi sifatida qaror topgan. 
Inson va jamiyat hayotida axloq talab qiluvchi, tartibga soluv-
chi, boshqaruvchi, yo'naltiruvchi kuch bo'lganligi uchun ham 
buyuk mutafakkirlar, shoirlar, olimlar, davlat va jamoat arbob-
larining diqqatini o'ziga tortib kelgan. Axloqning mohiyatini, ta-
biatini tadqiq qilish tarixiylik va mantiqiylik, tizimli yondashuv 
usullari (metodlari) orqali ish ko'rishni taqozo etadi. Axloq ilmini 
o'rganishga bag'ishlangan xorijiy va o'zbek tilidagi adabiyotlarda 
«axloq», «etika», «moral» degan tushunchalar ko'plab ishlatila-
di. «Etika» so'zi qadimgi yunonistonlik mutafakkirlar tomoni-
dan fanga kiritilgan. O'z vaqtida Gomer «ethos» (etos) so'zidan 
«birgalikda yashaydigan joy, uy, g'or, uya, in, makon» ma'nosida 
foydalangan bo'lsa, eramizdan avvalgi IV asrda yashagan yunon 
faylasufi Arastu «etos» so'zidan ikkita: «Etika» (axloq) va «Eti-
kaviylik» (axloqiylik) degan tushunchalarni keltirib chiqaradi. U 
«axloqiylik»ni inson qalbining takomillashgan sifatlari — xotir-
jamlik, og'irlik, vazminlik, bosiqlik, mardlik, botirlik, jasurlik, 
qahramonlik, o'rtachalik, mo'tadillik va hokazolarni ifodalovchi 
tushuncha deb bilgan. Shu asosda u etikani-yaxshi fazilatlarga 
(xislatlar) ega bo'lgan kishilarni yoki kishilarning yaxshi sifatla-
266 


rini, ya'ni xayrli, saxovat va himmatli, ezgu ishlarini o'rgatuvchi 
ilm sohasi deb tushungan. 
Darhaqiqat, Arastu etikaga; insonlar o'rtasidagi munosabat 
doirasi va oqil ijtimoiy hayvon (individ)ning axloqini o'rganuvchi 
fan deb, ta'rif bergan. Bu haqda «Nikomax etikasi», «Evdem eti-
kasi», «Katta etika» kitoblarini yozib «etika» faniga asos solgan
1

Demak, G'arbiy Yevropada bundan 2500 yil oldin axloq masalasi 
ilm sohasi sifatida o'rganila boshlangan. 
Axloqshunoslik ilmi tarixida axloq va uning mazmun-mohi-
yatiga doir juda ko'plab ta'riflar berilgan. Jumladan, «Falsafa: 
qomusiy lug'at»ida: «Axloq (arab. Xulqning ko'pligi; lot. Moralis 
— xulq-atvor) — ijtimoiy ong shakllaridan biri. Kishilarning tari-
xan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turishi, ijtimoiy va shaxsiy 
hayotdagi o'zaro, Shuningdek, jamiyatga bo'lgan munosabatlar-
ni tartibga solib turuvchi barqaror, muayyan norma va qoidalar 
yig'indisi»
2
, — deb ta'riflangan. 
Ba'zi mualliflar «axloq» iborasi ikki xil ma'noga ega ekan-
ligini, ya'ni umumiy tushuncha sifatida u fanning predmetini 
anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe'1-atvori va xat-
ti-harakatining eng qamrovli qismini bildirib, jamiyat, zamon, 
ba'zan insoniyat tarixi uchun namuna bo'la oladigan umum-
bashariy ahamiyatga ega ijobiy xatti-harakatlar yig'indisi, in-
soniy kamolot darajasini belgilovchi ma'naviy hodisa ekanligini 
ta'kidlaydi
3

Har bir insondan umri davomida jamiyatda qabul qilingan 
urf-odat, an'ana va qomm-qoidalarga amal qilishi talab etiladi. 
Ana shu jarayonda inson va jamiyat o'rtasida yuzaga keladigan 
obyektiv aloqadorlik, ya'ni ijtimoiy munosabat — xulq atvor, 
odob, xatti-harakat, prinsip va normalarning majmuasi axloq-
1
Аристотель. Никомахова этика / Аристотель. Сочинение. В 4 х-т. Т. 
4. - М.: Мысль, 1984. С. 55 - 62. 
2
Falsafa: Qomusiy lug'at / Tuzuvchi va mas'ul miharrir Q.Nazarov. - Т.: 
Sharq, 2004. - 40 b. 
3
Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik. - Т.: O'zbekiston Faylasuflari milliy 
jamiyati nashriyoti, 2010. -8 b. 
267 


ning mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Binobarin, axloqning 
manbai jamiyat ehtiyqji va manfaatlaridan iborat. 
Etika axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jami-
yatdagi axloqiy munosabatlarini o'rganadi. «Axloq» so'zi arab-
chadan olingan bo'lib, insonning muomala va ruhiy xususiyat-
lari majmuyini, fe'lini, tabiatini anglatadigan «xulq» so'zining 
ko'plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma'noga ega: umumiy 
tushuncha sifatida u fanning tadqiqot obyektini anglatsa, muay-
yan tushuncha sifatida inson fe'1-atvori va xatti-harakatining eng 
qamrovli qismini bildiradi. 
Demak, axloq deb, avvalo inson bilan inson, so'ngra inson 
bilan jamiyat o'rtasidagi obyektiv va subyektiv aloqadorliklar tu-
fayli kelib chiqadigan, shaxsiy va umumiy manfaatlarni muvo-
fiqlashtirib turish asosida har bir shaxs, jamoa, ijtimoiy guruh, 
millat, elatning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga sola-
digan, yaxshi ezgu niyatlar sari yo'naltiradigan, qadriyat maqo-
mini olgan muayyan xulq-atvor, odob, xatti-harakat, tamoyil va 
normalarning majmuyiga aytiladi. 
Jamiyatning axloqiy hayotini o'zida aks ettiruvchi axloqni 
ijtimoiy-ma'naviy hodisa sifatida tarkibiy tuzilishi bo'yicha 
uchta: 
— birinchidan, kishilarning kundalik hayotida sodir etadigan 
axloqiy xatti-harakatlaridan iborat bo'lgan amaldagi axloq, ya'ni 
axloqiy amaliyot; 
— ikkinchidan, muayyan qadriyatlar asosida fikr yuritish, ba-
holash, qadr-qimmatini belgilashni o'z ichiga oluvchi axloqiy 
ong; 
— uchinchidan, o'zini o'zi axloqiy anglash — mavjud vaziyatni 
axloqiy jihatdan tahlil qilishni, ya'ni qalban o'zi bilan gaplashish, 
o'zicha baholash, o'zini nazorat qilish, o'zini o'zi takomillashti-
rish, boshqa odamlar bilan birga ich-ichidan aziyat chekish; aniq 
vaziyatda yaxshi va yomonni qalban his qilish, yaxshi va yomon-
dan birini tanlashga irodaviy jihatdan tayyor turish kabi dara-
jalarga ajratish mumkin. 
Ana shu uchta darajadan o'tgan ijobiy xatti-harakatlar, xusu-
san, yaxshilik, mehr-muruvvat, fidoyilik, saxovat, o'zaro hurmat, 
268 


beg'arazlik, shijoat, sadoqat va hokazolar asta-sekinlik bilan ax-
loqiy qadriyatlarga aylanib boradi. 
Inson va jamiyat hayotida axloq quyidagi funksiyalarni baja-
radi: 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling