Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Hayotning ma'nosi. Inson nima uchun yashaydi? Yashashdan 
maqsad nima? Inson hayotining ma'nosi nimada? Har bir inson 
o'z umri mobaynida ana shu savollarga javob topishga urinadi va 
hayotining ma'nosini o'ziga xos tarzda tushunadi. Shu bois u ax-
loqshunoslikning ancha murakkab tushunehalaridan hisoblanadi. 
Avvalo shuni aytish joizki, hayotning ma'nosini yashash-
dan maqsad degan tushuncha bilan qorishtirib yuborish hollari 
ko'p uchraydi. Vaholanki, ularni aynanlashtirish mumkin emas, 
281 


Chunki hayotning ma'nosi maqsadga nisbatan juda qamrovli 
tushuncha, o'z ichiga o'nlab, balki yuzlab maqsadlarni oladi, 
aniqrog'i, u muayyan maqsadlar tizimidan tashkil topadi. Shu 
bois kimningdir biror-bir ezgu maqsadi amalga oshmay qolsa, 
uning hayotini «ma'nosiz» deb bo'lmaydi. 
Ba'zan hayot «ma'nosiz» kechishi ham mumkin. Bunda kishi-
dagi maqsadlar o'tkinchi, mayda, yuksak orzu-intilishlardan yi-
roq, hayvoniy, tuban, hatto yovuz bo'lishi mumkin. Mazkur kishi 
— «hayot egasi»ning bunday tabiati jamiyat erishgan axloqiy da-
raja bilan baholanadi. Zero, kimdir o'z hayoti ma'nosini qanday 
yo'l bilan bo'lmasin boy-badavlat, to'kin-sochin yashashda deb 
tushunadi: harom-xarishning farqiga borib o'tirmaydi, birovning 
haqidan qo'rqmaydi yoki qanday vositalar bilan bo'lmasin, mar-
tabaga erishishni o'z oldiga hayotiy maqsad qilib qo'yadi, faqat 
«yulsam» deydi. Boshqa birov esa qonunni buzmaydi, lekin 
o'zgalarga qayishishni xayoliga ham keltirmaydi, hech kim bilan 
ishi bo'lmaydi, faqat «o'z qobig'ida» yashashni afzal ko'radi. Yana 
bir toifa odamlar borki, ular hayotining ma'nosini eng yuksak 
qadriyatlar bilan bog'laydilar va jamiyatda yuksak axloq egasi, 
go'zallik oshuftasi, e'tiqodi but kimsalar sifatida e'tibor qozona-
dilar. Ular oliy ideallarga intilib, fidoyilarcha umr kechiradi-
lar. Hayotining ma'nosini o'zidan keyin qoldiradigan «ikkinchi 
umr»da ko'radilar. 
Biz yuqorida ko'rib chiqqan toifalar ikki umumiy ijtimoiy-
ma'naviy guruhning biriga, ta'bir joiz bo'lsa, shartli ravishda 
dunyoviy deb ataladigan qismiga mansub. 
Ikkinchi guruhni esa e'tiqodiy-diniy deb nomlash mumkin. 
Bu guruh hayotning ma'nosini xudoni topishda, unga yetishish-
da deb biladi. Bunda goho cherkov yoki shariat aqidalari orqali 
emas, balki muhabbat vositasida ham xudoga murojaat qiladilar. 
Malum bo'lyaptiki, hayotning ma'nosini tushunishda har ikki 
ijtimoiy-ma'naviy guruhda ham turli qarashlar mavjud. Lekin 
ular bir masalada yakdil: ular hayotning ma'nosi o'z manfaat-
larini o'zgalar manfaati bilan bog'lab, oliy qadriyatlar va yuksak 
aqidalami ichki shior qilib yashashdadir, degan axloqiy qoidaga 
binoan umr kechiradilar. 
282 


Baxt. Hayotning ma'nosi ideal bilan bog'liq bo'lgani kabi baxt 
atamasini ham hayotning ma'nosi tushunchasidan ajratib olin-
gan holda tahlil etish mumkin emas. Zero, baxt inson o'z hayoti 
ma'nosini qay darajada tushungani va shu ma'nodan umri mo-
baynida qoniqish hosil qilib borishidan iboratdir. Har bir insonda 
qoniqish hissi undagi maqsadlarning takomilga yetganidagina 
ro'y beradi. Faqat bu takomilga yetish jarayoni bir umr davom 
etadi. Shu ma'noda buyuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiy: «Baxt — 
har bir inson intiladigan maqsad, zotan u muayyan komillikdif», 
— deganida ko'p jihatdan haq edi. 
Faqat bu qoniqish ham davomiylik tabiatiga ega ekanini unut-
maslik lozim, uni lazzat bilan aynanlashtirish to'g'ri emas. Laz-
zat oniylik xususiyatiga ega, o'zini faqat jarayondagina namoyon 
etadigan hodisa va u moddiy hayotdagi real, ammo o'tkinchi 
ehtiyojlardan kelib chiqadi. Masalan, gastrologik yoki shahvoniy 
lazzatni olib ko'raylik: deylik, siz kabobni xush ko'rasiz va laz-
zatlanib yeya boshlaysiz, lekin biroz muddat o'tgach, to'yasiz, 
boshqa yegingiz kelmay qoladi; shahvoniy lazzat ham shunday. 
Baxt esa ma'naviy ehtiyoj bilan bog'liq, unda maqsadlarga birin-
ketin erisha borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir 
umr to'xtamaydi va doimo lazzat va zavqni o'z ichiga oladi. 
Baxt garchand, orzu kabi idealning hissiy-ehtirosli shakli si-
fatida ko'zga tashlansada, aslida undan farqli o'laroq, shaxsning 
intilishini emas, shu intilishning ro'yobini anglatadi. Har bir inti-
lishning ro'yobga chiqishi esa muayyan tayyorgarlikni va kurash-
ni taqozo etadi. 
Baxt haqida gap ketganda, albatta, omad to'g'risida to'xtalib 
o'tish lozim. Omad ham lazzatga o'xshash oniylik tabiatiga ega. 
Lekin bu oniylikda lazzatdagidek takrorlanish xususiyati yo'q: 
odamga omad hayoti mobaynida kamdan-kam kulib boqadi. 
Omadning ana shu jihati haqida qrim-tatarlarning qadimgi 
asotiri bor. Unga ko'ra, omad ma'buda ekan, kunlardan birida 
uning o'g'li yerni tomosha qilaman deb osmondan tushibdi-yu, 
qaytib chiqmabdi. Shu-shu omad yerga tushib, hanuz bolasini 
qidirarmish. Ma'budaning yuzi yo'q, faqat qoq miyasi ustida bit-
tagina ko'zi bor ekan. Shu bois u to'g'ri kelgan o'tkinchini tutib 
283 


olib, o'g'limmikan deb, balandga ko'tarib, ko'ziga olib borib qa-
rarkan va o'g'li emasligiga ishonch hosil qilgach, osmonu falak-
dan pastga qaratib itqitib yuborarkan. Omad o'z qo'liga tush-
ganlarning hammasiga shunday munosabatda bo'lar ekan. 
Darhaqiqat, mazkur asotirda omadning o'tkinchilik mohiyati 
juda chiroyli va majoziy ochib berilgan; bir umr omadli odam 
yo'q, omad — tasodif, baxt — zaruriyat; omad — istisnoli, baxt 
— qonuniy hodisa. Omad - shaxsning bir zumlik holatini aks et-
tiradi, baxt esa inson nimaga erishmog'i lozim, degan savolga bir 
umr mobaynidagi amaliy javobdir. 
Axloqiy tamoyillar ham inson va jamiyat hayotida muhim aha-
miyat kasb etadi. Ular jamiyat tomonidan shaxsga qo'yiladigan 
talab tarzida namoyon bo'lib, insonning axloqiy mohiyatini, 
uning hayoti mazmunini, odamlar bilan o'zaro aloqalaridagi 
asosiy jihatlarni belgilab beradi. Natijada tamoyillar, inson xatti-
harakatining umumiy yo'nalishini ko'rsatgan holda, ko'pgina ax-
loqiy me'yorlar uchun asos bo'lib xizmat qiladi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling