Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Yaxshilik va yomonlik. Ezgulik va yovuzlik haqida gap bor-
ganida, yaxshilik va yomonlik nima, bu ikki juftlik mazmunan 
bir emasmi, degan savol tug'iladi. Bu tabiiy. Chunki hozirgacha 
bizga ma'lum o'zbek tilidagi barcha etikaga doir adabiyotlarda 
ezgulik va yovuzlik mezoniy tushunchalar sirasiga kiritilmagan, 
u bor-yo'g'i yaxshilik va yomonlikning sinonimi tarzida taqdim 
etib kelingan. To'g'ri, yaxshilik tushunchasining ko'pgina unsur-
lari ezgulikdan, ezgulikning ba'zi unsurlari yaxshilikdan joy oli-
shini inkor qilish mumkin emas. Ularning ziddida ham shunday 
«singishib ketish» mavjud. Lekin bunday dalillar aslo mazkur ikki 
juftlikni aynanlashtirishga asos bo'la olmaydi. 
Bu ikki juftlik tushunchalar orasida qat'iy farq mavjud: 
ezgulik, yuqorida aytganimizdek, ijtimoiylik xususiyatiga ega, 
yaxshilik esa unday emas. Yaxshilik asosan shaxsning odobi-
ga, xulqiga bog'liq bo'lgan ijobiy hodisa. Zero, unda mard-
lik, ochiqko'ngillilik, halollik singari axloqiy me'yorlar tajas-
sum topadi. Biroq unga asos bo'lgan amaliy xatti-harakatlar 
277 


qahramonlik, jasorat, vatanparvarlik kabi tamoyillar darajasiga 
ko'tarila olmaydi. Misol tariqasida buyuk shoirimiz Alisher 
Navoiyning faoliyatini olaylik. U surunkasiga ijodiy mehnatga 
umrini bag'ishladi, xalqi uchun, xalqlar uchun «Xazoyin ul-
maoniy»dek, «Xamsa»dek buyuk asarlar yaratdi. Bu — ezgulik, 
u malum ma'noda abadiylik xususiyatiga ega,/Chunki Navoiy 
asarlari millionlab odamlarga yuzlab yillar mobaynida zavq-
shavq ulashib, ularni komillikka chorlab kelmoqda. Ayni payt-
da, Navoiyning o'zi bevosita ko'plab yaxshiliklar qildi — muhtoj 
odamlarga qarz berdi, bergan qarzlaridan kechib yubordi va 
h.k. Uning bu yaxshiliklari ajoyib ijobiy hodisa bo'lgani hol-
da, o'tkinchilik tabiatiga ega, Shuningdek, istisnoli hollarda 
namoyon boluvchi qahramonlik ham, buyuk jasorat ham emas. 
Demak, ezgulik asosan bilvosita amalga oshiriladigan, uzoqni 
ko'zlovchi, kelajakka ham mo'ljallangan, ya'ni strategik aha-
miyatga molik axloqiy xatti-harakatlar majmuyi; yaxshilik esa, 
odatda, bevosita shu kun uchun dolzarblik xususiyatiga ega, 
ya'ni taktikaviy axloqiy faoliyatdir. Shunday qilib, yaxshilik-
ni yirik ijtimoiy hodisa — ezgulik bilan aynanlashtirish to'g'ri 
emas. 
Bu ikki juftlikning yana bir farqli tomoni shundaki, voqe 
bo'lgan ezgulik hech qachon yovuzlikka aylanmaydi, yovuzlik 
esa har qanday zamonda, har qanday sharoitda ham yovuzlik 
bo'lib qolaveradi. Yaxshilik va yomonlikda esa bunday emas: biror 
obyektga qilingan yaxshilik boshqa bir obyekt uchun yoki yaxshi-
lik qilgan subyekt uchun yomonlikka aylanishi mumkin: 
— yaxshilik — bu faqat inson va jamiyat hayotiga xos bo'lib, 
stixiyali, ko'r-ko'rona sodir etiladigan xatti-harakat emas, balki 
biron-bir inson, jamiyat manfaatini o'ylab, ko'zlab bajariladigan, 
ezgulikka yo'g'rilgan amaliy ishdir; 
— yaxshilik — bu majburlashning mahsuli emas, balki vijdon 
amri bilan sodir etiladigan mutlaqo erkin xatti-harakatdir. Yax-
shilik qilishga majburlash — yomonlikdir; 
— yaxshilik — bu inson axloqiy idealiga muvofiq keladigan 
real axloqiy munosabatdir, uning ijobiy mazmunidir. Yaxshilik 
axloqiy idealning amaldagi ifodasidir. 
278 


Adolat — odillik, adolat bilan ish ko'rish, qonun asosida, jami-
yatda shakllangan ustuvor insoniy munosabatlar doirasida bar-
chaga teng va xolis munosabatda bo'lishdir. 
«Adolat» turlicha talqin qilinadigan, xilma-xil tarzda namo-
yon bo'ladigan tushunchadir. Ba'zi axloqiy-huquqiy me'yorlar 
ham adolat mezoni sifatida qaraladi. Bu, o'z navbatida, adolat 
mezonlarining jamiyat rivojiga, insoniyat taraqqiyotiga, muay-
yan mamlakat qonun-qoidalariga mos yoki mos emasligi bilan 
belgilanadi. 
Adolat jamiyatning muayyan shaxsga munosabatida yaqqol 
namoyon bo'ladi. Insonning jamiyatdagi o'rni, qadr-qimmati 
adolat mezoni hisoblanadi. Hayotning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, 
huquqiy sohalarida sodir bo'ladigan barcha voqea va hodisalar 
bu jarayonga bevosita yoki bavosita ta'sir qiladi. Bu ta'sir inson 
erki va irodasini belgilaydi, alohida shaxs uchun ma'naviy mezon 
vazifasini bajaradi. 
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish yo'lida 
amalga oshirilayotgan islohotlar ijtimoiy adolat, demokratiya, 
barqaror taraqqiyot va farovonlik tamoyillarini ro'yobga chiqa-
rishning muhim vositasi bo'lib xizmat qiluvchi muhim tamoyil. 
Insonparvar jamiyat g'oyasini o'zida mujassam etgan ijtimoiy 
adolat va demokratiya tamoyillari bu jarayonda o'z mohiyatini 
to'la namoyon qila boshlaydi. 
Insonparvarlik g'oyalarining muhim bo'g'inlaridan biri 
bo'lgan adolatlilikning barcha ko'rinishlariga qadim davrlardan 
katta e'tibor berib kelingan. O'tmishdagi Sug'd va Xorazm, So-
moniylar, Xorazmshohlar, Qoraxoniylar va Temuriylar davlatlari 
tarixidan ko'plab misoUar keltirishimiz mumkin, xususan, Amir 
Temur saltanatida amal qilingan «Tuzuklar»da, eng avvalo adolat 
va har ishda adolatlilik tamoyillariga so'zsiz amal qilingan. Dav-
lat «Kuch adolatdadir» shiori ostida tuzildi va ravnaq topdi. 
Vijdon. Insonga xos yuksak ma'naviy fazilat, kishining o'z 
xatti-harakati, qilmishi, yurish-turishi uchun odamlar, ja-
moatchilik oldidagi mas'uliyat hissini anglatuvchi tuyg'u Vij-
donli inson har bir qilgan ishi, odamlar bilan bo'lgan muloqoti, 
faoliyati va fikrlarini sarhisob qiladi. Nohaqlikka, adolatsizlikka 
279 


murosasizlik bilan qarshilik ko'rsatadi. Vaholanki, vijdonsiz 
odamning adolatparvar, sadoqatli, or-nomusli inson bo'lishi 
amrimahol. Vijdon eng avvalo, o'zgalarga nisbatan burch va 
mas'uliyatni teran his etishni taqozo etadi. O'zbekistonning Bi-
rinchi Prezidenti ta'kidlaganidek, «Vijdoni uyg'oq odam yon-
atrofida bo'layotgan voqealarga, yordam va ko'makka muhtoj 
insonlarning muammolariga, adolatning toptalishiga befarq 
qaray olmaydi. Ayniqsa, el-yurt manfaatiga zarar yetkazadigan 
yovuz xatti-harakatlarga hech qachon chetdan jim qarab turol-
maydi, o'z yurti va xalqida nisbatan xiyonat va sotqinlikni aslo 
qabul qilolmaydi. Bunday holatlarni ko'rganda vijdoni qiynala-
di, doimo yonib-kuyib yashaydi, qanday qilib bo'lmasin, ularni 
bartaraf etishga intiladi, kerak bo'lsa, bu yo'lda hatto jonini ham 
fido qiladi. 
Burch. Burch, mohiyatan, jamiyat, davlat va shaxslarga nis-
batan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat. 
U, yuqorida aytganimizdek, vijdon, e'tiqod, mas'uliyat kabi tu-
shunchalar bilan mustahkam bog'liq. Umuman, hayotda inson-
ning har bir xatti-harakati zamirida burch tushunchasi - burchga 
sadoqat yoki xiyonat yotadi. 
Burchning insonlik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik 
burchi, fuqarolik burchi, otalik burchi, onalik burchi, farzand-
lik burchi singari keng qamrovli, barcha davrlar uchun umumiy 
bo'lgan tushunchalari ham, jurnalistlik burchi, shifokorlik bur-
chi, olimlik burchi kabi kasbiy odob doirasidagi tushunchalari 
ham mavjud. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling