Falsafa asoslari


Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me'yorlari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me'yorlari. Etika fa-
nida qo'Uaniladigan barcha tushunchalarni uch guruhga bo'lish 
maqsadga muvofiq. Bularning birinchisi — axloqiy bilish bilan 
real hayot o'rtasidagi eng muhim aloqa va munosabatlarni in'ikos 
ettiruvchi, axloq ilmining mezonini ifodalovchi tushunchalar, 
axloqshunoslikning mezoniy tushunchalari yoxud kategoriyalari, 
ikkinchi guruh tushunchalarini — axloqiy tamoyillar, uchinchi 
guruhni esa axloqiy me'yorlar deb olish mumkin. Birinchi guruh 
tushunchalari umumlashtiruvchilik, mushtaraklik xususiyatiga 
ega, ular faqat nazariyaga taalluqli. Ikkinchi va uchinchi guruh 
tushunchalari esa amaliy etikaga tegishli bo'lib, nisbatan muay-
yan, tor qamrovga ega; ular birinchi guruh uchun «moddiy asos» 
vazifasini o'taydilar. 
Muhabbat va nafrat. Muhabbat inson axloqiy hayoti-
ning cho'qqisi, komillik belgisi, muhabbat — oliy tuyg'u, shu 
ma'noda u oliy tushuncha. Muhabbat bosh mezoniy tushuncha 
1
Arastu. Axloqi kabir. - Т.: Sharq, 2005. - 123 b. 
275 


sifatida deyarli barcha asosiy tushunchalarda va tamoyillarda о z 
«hissa»siga ega. Shu jihatdan atoqli tasavvufshunos Najmiddin 
Komilov: «Juda ko'p irfoniy tushuncha — istilohlarning sharhi 
muhabbatga borib taqaladi», — der ekan, ayni haqiqatni aytadi
1

Na ezgulikni, na yaxshilikni, na vatanparvarlikni, na insonpar-
varlikni muhabbatsiz tasavvur etib bo'lmaydi. 
Muhabbat ham, axloqshunoslikdagi ko'pgina tushuncha-
lardek, «juftlik» xususiyatiga ega, uning ziddi — nafrat. Nafrat 
tushunchasi, albatta, muhabbat singari keng qamrovli emas. U 
aksil muhabbat tarzida namoyon bo'ladi, obyektdan chetlashish-
ni, undan begonalashishni taqozo etadi. Hazar, jirkanch hissi 
nafratning kundalik turmushdagi tor, «mayda» ko'rinishidir. 
Nafratning ularga nisbatan «yirikligi» uning ijtimoiy hodisa sifa­
tida mavjudligidir. 
Ezgulik va yovuzlik. Ezgulik — eng muhim axloqiy kat-
egoriyalardan biridir. Ezgulik inson faoliyatining asl mohiyati-
ni anglatadi. Shu nuqtayi nazardan ezgulik insonga eng kuchli 
ma'naviy lazzat bag'ishlaydigan, uni ijtimoiy shaxsga aylantirib, 
haqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat; shaxsni komillikka jamiyatni 
esa yuksak taraqqiyotga yetkazuvchi qadriyat sifatida baholanadi. 
Ezgulikning o'ziga xos xususiyati shundaki u insonning axloqiy 
faoliyati tufayli muayyanlashadi va bevosita axloqiy xatti-harakat 
natijsaida yuzaga chiqadi. Bundan tashqari ezgulikda manfaatdan 
ko'ra umummanfaat ustuvor hisoblanadi. 
Ezgulik yuksak axloqiylik sifatida jamiyatning ijtimoiy taraq-
qiyot hodisasi nuqtayi nazaridan bir qator xususiyatlarga ega. U: 
— stixiyali ko'r-ko'rona ishlar emas, balki insonning shaxsiy 
manfaatlaridan jamiyat va xalq manfaatining yuksakligiga asos-
langan oqilona xatti-harakatlar natijasi; 
— majburiylik emas, balki vijdon amri bilan amalga oshiri-
ladigan axloqiy voqelik; 
— inson axloqiy idealiga muvofiq keladigan real axloqiy mu-
nosabatning ijobiy mazmuni; 
1
Komilov N. Tasawur. 1-kitob. — Т.: Yozuvchi, 1996. — 48 b. 
276 


— inson ziynati va yuksak qadriyatga aylangan ijtimoiy ho-
disa. 
Ezgulik barcha muqaddas kitoblarda yetakchi o'rinni egallay-
di. Jumladan «Avesto»da Ezgu o'y, ezgu so'z, ezgu a'mol uchligi 
zardushtiylikning mohiyatini anglatadi. Yovuzlik ezgulikka qara-
ma-qarshi tushuncha bo'lib zardushtiylik ta'limotiga ko'ra yovuz-
lik sabablari va uning oqibatlari narsa-hodisalarning mohiyatidan 
kelib chiqadi. Yovuzlikni bartaraf etishda iymon-e'tiqodli kishilar 
katta jonbozlik ko'rsatishi da'vat etilgan. 
Ezgulik va yovuzlik juftligida har ikki tamoyil bir-birini tamo-
mila inkor etibgina qolmay, ular o'rtasida hayot-mamot kurashi 
ketadi va bu abadiy kechadigan jarayon sifatida olamni harakatga 
keltiruvchi kuch sifatida namoyon bo'ladi. Ezgulikning ma'no-
mohiyati yovuzlikka qarshi kurashda o'z ifodasini topadi. Ezgulik 
axloqiy barkamollik negizidir. Ezgulik ijtimoiylik xususiyati bilan 
muhim ahamiyatga ega. Ezgulik amaliyotda qahramonlik, vatan-
parvarlik, insonparvarlik, jasurlik tamoyillarini ham o'z ichiga 
oladi. Ezgulik ijtimoiy, shaxsiy xulq-atvor va xatti-harakatni 
ma'naviy jihatdan baholashning muhim mezonidir. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling