Falsafa asoslari


Axloqning tarbiyaviy funksiyasi


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Axloqning tarbiyaviy funksiyasi — bu jamiyatda mavjud bo'lgan 
tarbiya tizimini umuminsoniyat tomonidan e'tirof etilgan axloqiy 
norma, urf-odat, an'analarga moslashtirish va shu asosda fuqaro-
larni axloqiy jihatdan tarbiyalash ishlarini tashkil etishni amalga 
oshiradi. 
Axloqning kommunikativ funksiyasi — bu umumiy axloqiy qad-
riyatlarni ishlab chiqish uchun odamlar o'rtasida fikr almashish, 
bir-birini tushunib umumiy xulosalarga kelishda o'zaro aloqa 
qilish vositasi vazifasini bajaradi. Xullas, axloq tufayli xalqlar, 
elatlar, millatlar bir-birlari bilan aloqada bo'lib, fikr almashib, 
o'zlariga xos, manfaatlariga mos keladigan umuminsoniy axloqiy 
qadriyatlarni ishlab chiqadilar hamda ularga og'ishmay amal qi-
lishni yo'lga qo'yadilar. 
Yuqoridagi fikrlar axloqning jamiyat ijtimoiy hayotida muhim 
o'rin egallashidan dalolat beradi. 
Axloq tuzilmasida uch omil — asos — axloqiy ong, axloqiy his-
siyot va axloqiy xatti-harakatlar muhim o'rin tutadi. 
Axloqshunoslik tizimida uchta asosiy unsur, ya'ni odob, xulq 
va axloq tushunchalarini ajratib ko'rsatish mumkin: 
Odob — inson haqida yoqimli taassurot uyg'otadigan, lekin 
jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada 
muhim ahamiyatga ega bo'lmaydigan, milliy urf-odatlarga asos-
langan chiroyli xatti-harakatlarni o'z ichiga oladi. 
Xulq — oila, jamoa, mahalla-ko'y miqyosida ahamiyat-
li bo'lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta'sir 
ko'rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmuyi. 
Axloq — jamiyat, zamon, ba'zan umumbashariy ahamiyatga 
ega, insoniyat tarixi uchun namuna bo'la oladigan ijobiy xat-
ti-harakatlar yig'indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi 
ma'naviy hodisa. 
Etikaning boshqa ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi. Etika va 
estetika. Etika boshqa ijtimoiy va falsafiy fanlar bilan o'zaro alo-
qadorlikda rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning estetika bilan 
270 


aloqasi qadimiy va o'ziga xos. Avvalo, insonning har bir xatti-ha-
rakati va niyati ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo'ladi, 
ya'ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik (ichki go'zallik), ham 
nafosat (tashqi go'zallik) xususiyatlarini mujassam qiladi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling