Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Vatanparvarlik — insonning o'z tug'ilgan joyiga cheksiz mehr-
muhabbat qo'yib, uning xizmatida bo'lishdir. Vatan inson uchun 
or-nomus, shon-shavkat va g'urur-iftixor manbai hisoblanadi. 
Vatanining ozodligi va obodligi, uning sarhadlari daxlsizligi, 
mustaqilligining himoyasi yo'lida fidoyilik ko'rsatib yashash, ona 
xalqining or-nomusi, shon-sharafi, baxt-u saodati uchun kuch-
g'ayrati, bilim va tajribasi, butun hayotini baxsh etishdek dunyo-
dagi eng muqaddas va oliyjanob faoliyatni anglatadigan tushun-
cha vatanparvarlik nihoyatda serqirra bo'lib, tarixiy, ijtimoiy, 
siyosiy, iqtisodiy taraqqiyot jarayonida doimo takomillashib, yan-
gicha ma'no-mazmun bilan boyib, rivojlanib boradi. Vatan man-
faati, qadrlashqimmati, taqdiri, istiqboli, ona yurtga muhabbat 
tuyg'usi qancha chuqur anglansa, vatanparvarlik tuyg'usi shuncha 
yuksak bo'ladi. Tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy taraqqiyotning 
turli bosqichlarida vatanparvarning yangi-yangi qirralari namo-
yon bo'lib boradi. Haqiqiy vatanparvar, Vatanga, ona zaminga, o'z 
xalqiga muhabbat bilan yashash, uning istiqboli, manfaati yo'lida 
tinimsiz mehnat qilish hamda kurashish zarurati tug'ilganda jo-
nini fido qilishni nazarda tutadi. 
Millatparvarlik. Yana bir muhim axloqiy tamoyil, bu — mil-
latparvarlik. U, ma'lum ma'noda, vatanparvarlik tamoyilining 
yanada muayyanlashgan shakli. 
Shu o'rinda millatparvarlikni millatchilik bilan qorishtirib 
yubormaslik lozim. Millatchilik o'z millatini ajratib olib, unga 
285 


buyuklik maqomini berishga mtilish bo lsa, millatparvar-
lik, boshqalarni kamsitmagan holda, o'z millati ravnaqi uchun 
kurashish, bu yo'lda, lozim bo'lsa, o'z hayotini ham fido qilish 
demakdir. U insonparvarlik bilan ham chambarchas bog'liq. 
Chunki o'z millatini chin dildan sevmagan odam hech qachon 
boshqa millatlarni seva olmaydi. 
Asl millatparvar — milliy o'zligini anglab yetgan inson. U 
o'z millati bilan faxrlanadi, o'z millati bilan butun jahonning 
faxrlanishini istaydi. Millatparvarlik tamoyili asosida milliy g'oya 
yotadi, u millatni sevish amaliyotining — millatparvarlikning 
ilmiy-nazariy asosi sifatida maydonga chiqadi. Milliy g'oyaning 
zamonaviy, biz tanlagan ko'rinishini, uning mafkuraviy jihatlari-
ni O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Kari-
mov shunday ta'riflaydi: «Milliy mafkuramiz har qanday mil-
latchilik va shunga o'xshash unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni 
mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlaridan mutlaqo 
xoli bo'lib, qo'shni davlat va xalqlar, umuman, jahon hamjami-
yatida, xalqaro maydonda o'zimizga munosib hurmat va izzat 
qozonishda poydevor va rahnamo bo'lishi darkor». 
Uning ikkinchi jihati esa mana bunday talqin etiladi: «Milliy 
g'oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurt-
ga sadoqat yo'lida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va 
odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda 
madadkor bo'lishi zarur». 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling