Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Fidoyilik — boshqalar manfaati yo'lida o'z qonuniy manfaatla-
rini, hatto hayotini qurbon qilishga tayyor turadi, jamiyat uchun 
umumiy bo'lgan oliy maqsad va ideallarni deb o'zidan kecha-
oladigan kishilar xatti-harakatlarini ifodalovchi ma'naviy tushun-
cha fidoyilik tamoyilining mazmuni turli tarixiy davr va ijtimoiy 
jarayonlarda o'ziga xos tarzda namoyon bo'ladi: u malum bir davr-
larda ommaviylashishi yoki kamayishi mumkin. Vatanga, xalqiga 
bo'lgan hurmat, muhabbat, ishonch tuyg'usi muayyan umumiy 
manfaatlar, maqsadlar asosida shakllanib, kishilar qalbidan chuqur 
o'rin oladi hamda faoliyatiga ta'sir qilib, ularni mas'uliyatli vazi-
falarni bajarishga safarbar etadi. Fidoyi o'z taqdirini Vatan, millat 
taqdiri bilan bog'lagan barcha kishilarga xos fazilatdir. 
286 


Ziyolilik tamoyili hozir biz anglaydigan tushuncha ma'nosida 
nisbatan uzoq tarixga ega emas. U jadidchilik harakati bilan birga 
yuzaga keldi desak, xato qilmagan bo'lamiz. Lekin bu tamoyil-
ning inson faoliyatidagi dastlabki unsurlari o'rta asrlar va un-
dan keyingi davrlardagi ma'rifatparvarlar hayotida shakllanganini 
c'tirof etmoq lozim. Ya'ni, u insoniyat jamiyatidagi madaniy va 
intellektual — aqliy taraqqiyot bilan bog'liq. 
Vaholanki, ziyolilik tamoyili tabaqa yoki guruhga mansublik 
ma'nolarini anglatmaydi. Oddiy fermer-dehqon ham, haydovchi 
ham, farrosh ham ziyolilik tamoyili bilan ish ko'rishi va atrofda-
gilar tomonidan: «Ha, falonchimi, juda ajoyib, ziyoli odam-da», 
degan yuksak ijtimoiy bahoga loyiq bo'lishlari mumkin. Bunda 
u odamning kasbidan qat'i nazar, ham bilim, ham fahm-farosat, 
ham oliy maqsadlar egasi ekani tushuniladi. Shunday qilib, zi-
yolilik asosida insonning ma'naviy-ma'rifiy yuksakligi, qalbidagi 
ichki nur, atrofni ham nurlantira oladigan ziyosi bilan belgilana-
digan xatti-harakatlar yotadi. 
Ziyolilik tamoyiliga oddiy fuqarolarning munosabatida esa 
ikki xil yondashuv ko'zga tashlanadi. Ularning faol va ilg'or qis-
mi, millatning o'zagini tashkil etadigan ko'pchilik odamlar zi-
yolilarga havas bilan qaraydilar, ziyolilarning xatti-harakatlarini 
nafaqat ma'qullaydilar, balki o'z farzandlari va yaqinlariga na-
muna qilib ko'rsatadilar. Ammo oddiy aholilik majburiyatidan 
boshqa narsani bilmaydigan, tarixdan «omma» deb atalib kelina-
digan ijtimoiy qatlam kishilari, ularning ma'lumotlari oliy yoki 
o'rtaligidan qat'i nazar, ziyolilarga istehzo bilan, «hokimiyat bilan 
o'ynashgan esi pastlar» deb qaraydilar. Ana shu xudbin va mah-
dud «omma» qaysi yerda kamayib borsa, o'sha jamiyatda taraqqi-
yot yuksak darajaga ko'tariladi. Zero, ziyolilik keng ma'nodagi 
fidoyilikdir. Shu bois mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq bizda 
ziyolilik tamoyilini har bir fuqaroga singdirish uchun muntazam 
kurash olib borilmoqda. Uni singdirish esa ma'naviyatni yuksalti-
rish orqali ro'yobga chiqadi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling