Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Tayanch tushimchalar: axloq, odob, xulq, kategoriya, axloqiy 
me'yorlar, tamoyillar, ezgulik, yovuzlik, yaxshilik, yomonlik, 
muhabbat, nafrat, burch, vijdon, or-nomus, hayotning ma'nosi, 
mardlik, ochiqko'ngillilik, halollik, hasad, hayo, kamtarlik, mil-
latparvarlik, insonparvarlik, adolat, muruvvat, qadriyat, vatan-
parvarlik. 
Takrorlash uchun savollar: 
1. Etika fanining tadqiqot doirasini izohlang. 
2. Shaxs hayotida axloqiy me'yorlar qanday o'rin tutadi? 
3. Etika fanining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? 
1
Вернадский В.И. Начало и вечность жизни. - М.: Сов. Россия, 1989. 
С. 186 - 187. 
2
Лоренц К. Восемь смертных грехов цивилизованного чело-
вечества.//«Вопросы философии». № 3, 1992 - 42 с. 
291 


4. Etika boshqa qaysi ijtimoiy fanlar bilan aloqadorlikda ish 
olib boradi? 
5. Etikaning asosiy kategoriyalari haqida ma'lumot bering. 
14-mavzu. Nikoh va oilaning axloqiy asoslari, 
uning yoshlar tarbiyasidagi o'rni 
Nikoh — eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. Nikohning 
qonuniy va diniy jihatlari. Nikoh o'z mohiyatiga ko'ra axloqiy 
hodisa. Nikoh — erkak va ayolning teng huquqli, erkin va ixti-
yoriy ittifoqi bo'lib, u fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish 
organlarida tuziladi va oila tuzish maqsadiga xizmat qiladi. Oila 
jamiyatning dastlabki bo'g'ini sanaladi va davlatning rivojlanishi-
da muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki oilada tug'ilib, tarbiya 
topayotgan yosh avlod jamiyatning, davlatning ertangi kunini, 
istiqbolini belgilab beradi. O'zbekiston Respublikasi Preziden-
ti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 2-fevraldagi «Xotin-qizlarni 
qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi 
faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 
qarori oila mustahkamligini ta'minlash, uning ijtimoiy vazifala-
rini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, ayniqsa, oila-
ning farzandlar tarbiyasidagi nufuzini oshirishga ko'maklashish 
hamda mamlakatimizda oila va nikoh munosabatlarining qad-
riyat sifatida e'tirof etish uchun asosiy poydevor bo'lib xizmat 
qiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 
yilligiga bag'ishlangan marosimdagi ma'ruzasida oilaning jamiyat 
taraqqiyotidagi nufuzi haqida: «Barchamizga ayonki, yurtimizda-
gi har qaysi inson, har qaysi oilaning eng ezgu orzu-maqsadlari, 
hayotiy manfaatlari avvalambor uning farzandlari timsolida na-
moyon bo'ladi, ro'yobga chiqadi. Albatta, bu borada yurtimizda 
ulkan ishlar qilinmoqda va ular amalda o'zining ijobiy natijasini 
bermoqda», — deb ta'kidlagan edilar. 
Bir qancha respublika va xalqaro miqyosdagi normativ huqu-
qiy hujjatlarda ona va bola huquqlari mustahkamlab qo'yildi. 
Jumladan, respublikamiz konstitutsiyasining XIV bobi oilaga 
bag'ishlangan bo'lib, bu yerda oila va nikoh munosabatlari, ona-
292 


lik va bolalik davlat tomonidan tola muhofaza qilingan. Qonun-
ga binoan nikoh tuzish shartlaridan eng muhimlari — nikohga 
kiruvchilarning o'zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga yetgan-
liklari. Bizda yigitlar uchun — 18, qizlar uchun — 17 nikoh yosh-
lari qilib belgilangan. 
1998-yili Oila kodeksini O'zbekiston Respublikasi Oliy Maj-
lisi tomonidan tasdiqlanishi oila va nikoh masalalarini tartibga 
solishda va mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Bir 
so'z bilan aytadigan bo'lsak oila va nikoh munosabatlari har doim 
davlatimiz himoyasida bo'lgan va davlatimiz siyosatining ustu-
vor yo'nalishlaridan biri sifatida qarab kelingan. Yurtimizda oila 
va nikoh munosabatlari davlat qonun-qoidalari hamda avloddan 
avlodga o'tib kelayotgan go'zal an'analar asosida amalga oshirib 
kelinmoqda. Xususan, huquq sohasiga oid an'analar mustaqil-
lik davrida o'tmish merosimizdagi va milliy mental xususiyatlar 
asosida tobora mukammallashtirilib, optimallashtirish choralari 
ishlab chiqilmoqda. 
Mustaqil O'zbekistonning Konstitutsiyasida belgilangan oi-
la-nikoh munosabatlariga oid qonun-qoidalar majmuyi davlat 
g'amxo'rligiga olinib, o'zbek xalqining bu boradagi milliy va 
diniy qadriyatlarini ham nazarda tutgan holda «Mehnat kodeksi», 
«Oila kodeksi», «Fuqarolik va jinoyat kodeksi» hamda «Sog'lom 
avlod» kabi qonunlarida o'z ifodasini topgan. Ularda oila-nikoh 
masalalariga ma'naviy jihatdan ham yondashilib qonun darajasiga 
ko'tarilgan. 
O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 8-moddasida oila-
viy munosabatlarda urf-odat va an'analarga amal qilish to'g'risida 
alohida so'z yuritiladi: «Qonun hujjatlarida oilaviy munosabat-
larni tartibga solishga oid tegishli normalar bo'lmagan taqdirda, 
O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid bo'lmagan 
mahalliy urf-odat va an'analar qo'llaniladi
1
. Darhaqiqat, Kodeks-
da davr sinovidan o'tgan umuminsoniy qadriyatlar bilan etno-
madaniy an'analar, o'zbek xalqining mentaliteti o'z ifodasini 
topgan. Ushbu milliy va diniy urf-odatlar, an'analar orasida 
O'zbekiston Respublikasining oila kodeksi. - Т.: Adolat, 1998. -8 b. 
293 


shundaylari borki, ular oila-nikoh masalasidagi qonun hujjatlariga 
zid kelmaydi. Aksincha, ular asrlar davomida tarix sinovlaridan 
o'tib, oilani mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda. 
Oila, nikoh haqida, uning mustahkamligi to'g'risida diyori-
mizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarimiz Imom al-Buxo-
riy, Imom al-Moturidiy, Burhoniddin al-Marg'inoniy, Ali-
sher Navoiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va boshqalar o'z 
asarlarida qimmatli fikrlarini keltirib o'tganlar. Xususan, fiqh 
(musulmon huquqshunosligi) ilmining sultoni Burhoniuddin 
Marg'inoniyning oilani mustahkamligi va farovonligini oshirish-
ga xizmat qiladigan, oila va nikoh masalasida chiqarilgan ayrim 
hukmlarini ta'kidlash lozim. 
Burhoniddin al-Marg'inoniyning shoh asari «Hidoya»da 
«Nikoh kitobi» va «Taloq kitobi» bevosita oila va nikoh masa-
lalariga bag'ishlangan. Marg'inoniy oilaning moddiy va ma'naviy 
jihatdan mustahkamlanishi uchun xizmat qilishi mumkin bo'lgan 
holatlarni nazarda tutgan holda mahr berish borasida ayrim yen-
gilliklarni o'z hukmlariga kiritadi: Chunonchi, «nikohda garchi 
mahr aytilmasa ham, nikoh durust bo'laveradi»
1
, «... mahr ayol 
kishining xolis haqqidir. U nikohning boshidayoq mahrni bekor 
qilishi mumkin bo'lgani kabi nikoh tugagandan keyin (ya'ni 
eri o'lgandan keyin) ham o'z haqidan voz kechishi mumkin»
2

«Nikoh faqat juftlanish uchun emas, balki undan ko'zda tutilgan 
maqsadlarni ro'yobga chiqishi uchun mashru' qilingandir»
3
, deb 
chiqargan hukmlari fikrimizning isbotidir. 
Ushbu hukm haqiqatan ham insoniy mehr-muruvvat, 
bag'rikenglik ruhida chiqarilganligi bilan katta ijtimoiy va 
ma'naviy ahamiyat kasb etishi shubhasizdir. Bu hukmlarning 
ma'naviy tomoni shundaki, nikoh qandaydir moddiy manfaatlar 
evaziga emas, balki oila mustahkamligiga xizmat qilmog'i lozim. 
Zero, oiladagi go'zal qadriyatlar, jumladan sevgi-muhabbat, far-
1
Burhoniddin Marg'inoniy. Hidoya. I-jild. Nikoh kitobi. - Т.: Adolat, 
2000. - 690 b. 
2
O'sha asar. 692 b. 
3
Burhoniddin Marg'inoniy. Hidoya. I-jild. Nikoh kitobi. — Т.: Adolat, 
2000. - 732 b. 
294 


zandlar xursandcbiligi va insoniy go'zal mehr barcha narsadan 
ustun turadi hamda oila mustahkamligiga xizmat qiladi. 
Bundan tashqari «Hidoya»da g'ayrishar'iy nikoh holatlari haqi-
da ham diqqatga sazovor hukmlar keltirilgan. Marg'inoniy tomoni-
dan g'ayrishar'iy deb hukm chiqarilgan holatlar — ma'naviyatga 
va axloqiy me'yorlarga zidligi sabablidir. AUoma asaridagi ushbu 
holat bugungi kun bilan chambarchas bog'langandir. G'arb mam-
lakatlarida oilaning qadrsizlanishini va axloqan buzuq bo'lgan bir 
jinsli nikohning kundan kunga ko'payib borayotganligini ameri-
kalik siyosatshunos Patrik Byukenen o'zining «G'arbning halo-
kati» deb nomlangan asarida kuyunch bilan e'tirof etadi. G'arb 
davlatlari orasi shiddat bilan kamayib borishi, bugungi kunda 
Yevropaning o'n yetti davlatida o'lish tug'ilishga nisbatan ancha 
yuqori ekanligi, nikohlar soni kamayib ajrimlar oshib borayot­
ganligini keltirib chiqarmoqda. Eng achinarlisi Yevropa aholisi-
ning katta qismi bugungi kunda bir jinsli nikoh tarafdori ekanligi 
vaziyatning naqadar ayanchli ahvoldaligidan dalolat beradi. Endi 
esa Yevropa davlatlari tezda bu muammolarga yechim topma-
sa o'z-o'zidan yemirilib yo'q bo'lishi hech gap emasligi malum 
bo'lib qolmoqda. Shuning uchun ham fiqh bunday nikohlarni 
«botil» va «fosiq» nikohlar deb hisoblaydi. «Botil» iborasi asossiz, 
o'z kuchini yo'qotuvchi ma'nolarini anglatadi
1
. «Fosiq» iborasi 
axloqiy buzuq, nuqsonli ma'nolarini anglatadi
2
. Demak, bunday 
nikohlar Marg'inoniy nazdida ma'nan hech qanday kuchga ega 
bo'lmagan, buzuq nikohlar hisoblanadi. 
Marg'inoniy fikricha, shaxsni ma'naviy tubanlikka olib keli-
shi, jamiyat uchun ijtimoiy falokatga aylanishi mumkin bo'lgan 
har qanday nikoh holatlari axloqiy jihatdan qattiq qoralanadi va 
g'ayrishar'iy nikohlar deb hukm chiqariladi, garchi bu nikohlar 
rasmiyatchilik qonun-qoidalari asosida amalga oshirilgan bo'lsa 
ham. Rasman nikoh deb atalgan, lekin Marg'inoniy tomonidan 
noshar'iy deb hukm chiqarilgan ana shunday «botil» nikohlardan 
biri — mut'a nikohidir. Ushbu nikohning g'ayriaxloqiy mohiyati 
1
Qarang: Арабско-русский словарь. - M.: 1962. - 91 с. 
2
O'sha kitob. С. 765. 
295 


va «botibligi haqida «Hidoya»da shunday deyiladi: «Mut'a birorta 
ayolga: men sendan falon muddatga faloncha pul evaziga (jinsiy) 
foydalanaman» — deyishdir. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling