Falsafa asoslari


Milliy ma'naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadriyat-


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Milliy ma'naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadriyat-
lar. O'zbekistonda yoshlar tarbiyasi, ma'naviy-axloqiy kamolotida 
nikoh va oila haqidagi milliy axloqiy qadriyatlarning o'rni. Aza-
liy qadriyatlarimizda tani sihatlik va ma'naviy butunlik uyg'un 
bo'lib kelgan. Tani sihatlik insonning tabiiy va jismoniy salo-
matligi mezonlarini, ma'naviy butunlik inson qalbining salo-
matlik mezonlarini mujassam etgan. O'zbek oilalarida insoniy 
munosabat, izzat-ikrom, hurmat, e'zoz, muomaladagi ochiqlik, 
mehmonnavozlik bag'rikenglik, tinch va osuda hayot, xursand-
chilik kabi xususiyatlarni amalda ko'rsata olib hayot mezoniga 
aylantira olishni anglatgan. Demak, oilaning bugungi kundagi 
vazifalari birinchidan, farzandining axloqiy-estetik, huquqiy, 
diniy madaniyati uchun jamiyat oldida javobgarlik, ota-ona-
lik burchiga e'tibor bilan qarash, fuqarolik mas'uliyatini his 
etish, muhim ijtimoiy burchni bajarish, ikkinchidan, farzand-
larga turmush muammolarini mustaqil hal etish usullari, o'zini 
ta'minlash va yashashning munosib darajasiga erishish imkoni-
yatlarini o'rgatish; uchinchidan, hayotning mushkul vaziyatidan 
chiqib olish uchun resurslar, harakatlar ko'rsatadigan tizimlar 
bilan uzviy aloqada bo'lish, Shuningdek bu tizimlarning sama-
rali va tashkiliy ishlariga ko'maklashishdan iborat. 
Oiladagi qadriyatlar, undagi psixologik, ijtimoiy-ma'naviy 
muhitning farzand tarbiyasiga ta'siri buyuk mutafakkir va al-
lomalarimizning bizgacha yetib kelgan ilmiy meroslarida alo-
hida e'tirof etilgan. Bu xususda Zardushtiylik dinining muqad-
das kitobi «Avesto»da ham ta'kidlab o'tilgan. Unga ko'ra oila 
sog'lom avlodning paydo bo'lishi, benuqson naslning tug'ilishi, 
sog'lom turmush tarzi, zurriyodning pokizaligi, uning aqliy, ax-
loqiy, ruhiy, jismoniy, ma'naviy tarbiyasida alohida o'rin tutgan. 
Unda ta'kidlanishicha o'smirlar o'n besh yoshga to'lgandan ke-
yingina yetmish ikki xil rangli ipak iplardan to'qilgan belbog' 
bilan bellarini o'rash va o'zlarini yaxshilik yo'liga baxshida etish 
uchun turmush qurish huquqiga ega bo'lgan. Lekin yoshlar-
ning o'zboshimchalik bilan oila qurishlariga yo'l qo'yilmagan. 
298 


Oila qurish jamoa, ota-ona izmida bo'lgan. Shu sababli, jamoa 
va ota-onalar bo'lajak kelin-kuyovlami tanlashda obdon o'ylab 
ish ko'rganlar. «Avesto»ning «Vendidod» bobida bayon etilishicha 
nasi sog'lomligining irsiy jihatlariga alohida e'tibor berilib, ya-
qin qarindoshlar o'rtasida farzandlarning o'zaro oila qurishi man 
etilgan. Sog'lom avlodning tug'ilishi uchun ota-onalar sharob 
ichmaslikka, giyohvand moddalar va boshqa hushdan ketkazuv-
chi vositalarni iste'mol qilmaslikka da'vat etilgan. Zardushtiylik 
ta'limotiga ko'ra katta oilalar jamoa oqsoqoli tomonidan himoya 
qilinib, egizak farzand ko'rgan ayollarga bir juft sigir yoki sariq 
tuya hadya qilingan va davlat xazinasidan nafaqa berilgan. 
«Avesto»da har qanday axloqsizlik va g'ayritabiiy xatti-ha-
rakatlarga yo'l qo'yib bo'lmasligi ta'kidlanadi. Fohishabozlik, 
turmush o'rtog'iga xiyonat qattiq qoralanadi. Bu kabi jinoyatlar 
sirasiga nafaqat oilani buzadigan va oila qoidalarini zaiflashtira-
digan, balki bola tug'ilishi, yosh avlod tarbiyasi, nasi pokligiga 
salbiy ta'sir ko'rsatadigan oila xiyonati ham ko'rsatilgan. Begona 
ayol bilan yashash, nikohsiz farzand ko'rish qat'iy ta'qib ostiga 
olinganki, ushbu qarashlar bugungi kunda ham muhim tarbiyaviy 
ahamiyatga ega. Bu kabi jinoyatlar qamchi yoki tayoq bilan 800 
zarba urish bilan jazolangan
1

«Avesto»ning bugungi ma'naviy-axloqiy va tarbiyaviy ta-
lablarga hamohang bo'lgan eng muhim tamoyillardan biri — 
bergan so'zining uddasidan chiqish, ahdga sodiqlik, savdo-sotiq 
va shartnomalarga qat'iy amal qilish, qarzni o'z vaqtida to'lash, 
aldamchilik va xiyonatdan xoli bo'lish kabi iymonlilik sifat-
laridan iborat. «Avesto»ning ko'plab tadqiqotchilari, bu nodir 
kitobda yuksak ma'naviyatlilik va axloq masalalari yoritilganini 
ta'kidlaydilar. Yuksak ma'naviy sifatlilik Zardushtiylikda jaho-
latning, yomonlikning oldini olishdir. «Avesto»ning ma'naviy 
qoidalariga nafaqat sog'lik va jismoniy kuch, balki ma'naviy 
poklikka ham alohida o'rin ajratiladi. Ma'naviyatlilik me'yori si-
fatida o'z vaqtida to'g'ri o\qatlanish buyuriladi. «Avesto»da bola 
tarbiyasi va ta'limiga katta ahamiyat berilib «Tarbiya hayotdagi 
1
Homidov H. Avesto fayzlari. - Т.: 2001. - 31-b. 
299 


eng muhim tayanch sanalishi lozim, har bir yoshni shunday tar-
biyalash kerakki, avval o'qishni, keyin yozishni o'rganib olgach, 
eng yuqori darajaga ko'tarilsin»
1

Yurtimizda yetishib chiqqan Sharq uyg'onish davri mutafak-
kirlari qatorida Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, 
Imom Termiziy, Burhoniddin Marg'inoniy o'z asarlarida inson, 
uning ma'naviy kamolotida oila va undagi tarbiya, ilm, ma'naviy 
muhitning muhim ahamiyatga egaligini bir necha bor ta'kidlab 
o'tadilar. 
Abu Rayhon Beruniy' shaxs tarbiyasida mehnatga alohida 
e'tibor beradi. Uning fikricha hayot va baxtni mexnatsiz tasav-
vur etib bo'lmaydi, mehnat bilan tarbiyalash — inson hayoti-
ning asosidir. Alloma ma'naviy tarbiyada ilmning rolini birinchi 
o'ringa olib chiqadi. Amir Temur va temuriylar davriga oid tarixiy 
manbalar ham oila tarbiyasi jamiyatdagi tarbiya jarayonining eng 
muhim va nozik jihati bo'lganligini ko'rsatadi. Sog'lom avlod 
mamlakat kelajagini ta'minlovchi asosiy omil ekanligini yaxshi 
anglagan Amir Temur raiyatning tinch-osuda hayot kechirishini, 
xonadonlarning daxlsizligini, yangi barpo bo'layotgan oilaning 
har jihatdan benuqson va poklik asosiga qurilishini davlat ahami-
yatiga molik masala deb qaragan. 
Shaxsning ma'nan yetukligi uning oilada topgan tarbiyasiga 
bog'liqligi xususida XX asr ma'rifatparvarlari ham o'z asarlari­
da bir necha bor ta'kidlab o'tganlar. Jumladan, AbduUa Avloniy 
o'zining «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida bola tarbiyasi xu­
susida juda qimmatli ma'lumotlarni keltirib o'tadi. Muallif bola 
tarbiyasida yashab turgan sharoit, muhit, kishilarning roli katta 
ekanligini ko'rsatadi va bu sohada oila, maktab sharoitini ham 
nazardan chetda qoldirmaydi. Tarbiya bolaning axloqiga, xulq 
atvoriga kuchli ta'sir etishini e'tirof etadi va ota-onalarni o'z bo-
lalari tarbiyasida mas'ul ekanligini e'tirof etadi. Uning fikricha, 
sog'lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma'rifatga ega bo'lish uchun badan 
tarbiyasi muhim ahamiyatga ega. Xususan, sog'lom badanga ega 
1
Ochilov S., Hoshimov H. O'zbek pedagogikasi ontologiyasi. 2-jild. - Т.: 
1999. - 126-b. 
300 



Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling