Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

ияижиюииии^и^ииииииияни 
bo'lish uchun muallif kishining jismoniy tomoniga zarar keltira-
digan narsalardan saqlanishni tavsiya qiladi. 
Abdulla Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog'lom 
qilib o'stirishda ota-onalarga murojaat qilsa, bolani fikriy tomon-
dan tarbiyalashda o'qituvchilarning faoliyatiga alohida e'tibor qa-
ratadi. Bolalarni jasoratli, qo'rqmas, dovyurak qilib tarbiyalash­
da «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida muallif g'oyat muhim 
fikrlarni beradi. Bu asarning «Shijoat» bobida bolani jasoratli 
qilib tarbiyalashni ilgari suradi va qo'rqoqlikni qoralaydi. Jadid-
chilik namoyandalarining fikricha yangi davr yangi tuzum uchun 
kurashda, eng avvalo, oilani isloh qilishdan boshlamoq zarur deb 
hisobladilar. Ularning fikricha, oila asosini to'g'ri qurmay turib 
va yosh avlodni to'laqonli to'g'ri yo'lda tarbiyalamasdan turib, 
jamiyatni isloh qilish, uning rivojini taraqqiyot sari yo'naltirish 
mumkin emas
1

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.Mirziyoyev boshchiligida demokratik huquqiy davlat qu-
rish, davlat va jamiyatimizning barcha jabhalarini modernizatsi-
ya qilish hamda yangilashga qaratilgan keng ko'lamli islohot-
lar, ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Xalqimiz 
uchun munosib turmush shart-sharoitlarini yaratish, bunyodkor­
lik salohiyatini oshirish, ming yillik an'analarimizni tiklash va 
yanada rivojlantirish, milliy o'zlikni anglash hamda faxr-iftixor 
tuyg'usini mustahkamlashga qaratilgani mamlakatimizda inson 
manfaatlarini ta'minlash yo'lida o'tkazilayotgan islohotlarning 
o'ziga xos jihatlaridir. Jumladan, «Harakatlar strategiyasi»da oila 
salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qi­
lish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishla-
rini kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologi-
yalarga asoslangan tibbiy yordam ko'rsatish, chaqaloqlar va 
bolalar o'limini kamaytirish, jismoniy baquvvat va ma'naviy 
jihatdan sog'lom avlodni kamol toptirish masalalariga alohida 
1
Alqarov I.Sh. va boshqalar. Shaxs va oila tarbiyasining pedagogikasi. - Т.: 
2009. - 16 b. 
301 


ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri si-
fatida qaralgan. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling