Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

«Madaniyat» tushunchasi. Bu tushuncha (arabcha shaharga oid, 
farovon maskan, taraqqiyot o'chog'i) tabiat va o'zaro munosabat-
larda aks etadigan inson faoliyatining o'ziga xos shaklini ifodalaydi 
va individning hayotiy faoliyati (shaxsiy madaniyat), ijtimoiy gu-
ruh yoki jamiyatning faoliyat usuli (ijtimoiy madaniyat)ni aks et-
tiradi. Dastlab madaniyat tushunchasi insonning tabiatga maqsadga 
muvofiq tarzda ta'siri (yerga ishlov berish, tabiiy boyliklardan foy-
dalanish va h.k.) hamda insonning o'zini tarbiyalashi va bilim olish 
ma'nosida qo'llangan bo'lsa, keyinchalik turli xalqlar madaniyat-
ning o'zaro yaqinlashuvi, munosabatlarining ifodasi o'laroq jahon 
madaniyati, tamaddunlar madaniyati tushunchalari paydo bo'ldi. 
Inson faoliyatining ikki asosiy turi — moddiy va ma'naviy 
yaratuvchanlikka ko'ra, madaniyat moddiy va ma'naviy madani-
yatlarga bo'linadi. Moddiy madaniyat moddiy faoliyatning barcha 
sohalari hamda ularning har birida erishilgan natijalar — mehnat 
qurollari, turar-joy, kundalik turmush buyumlari, kiyim-kechak, 
transport, aloqa vositalari va shu kabilarni o'z ichiga oladi. 
156 


Ma'naviy madaniyatga aqliy va ma'naviy yaratuvchanlik sohalari 
— bilim, odob-axloq, ta'lim-tarbiya, huquq, falsafa, din, nafosat, 
fan, san'at, adabiyot, folklor, asotirlar va shu kabilar kiradi. 
Uyg'onish va ma'rifatparvarlik davrlarida madaniyat 
yetukligi deganda inson va jamiyat hayotida insonparvarlik, 
ma'rifatparvarlik g'oyalari ustuvor o'rin tutishi lozimligi tushunil-
gan. Jamiyatdan tashqarida madaniyat mavjud. Masalan, Ijtimoiy 
munosabatlardagi har qanday o'zgarish madaniyatga ta'sir etadi 
va unda bu munosabatlar qanday natijalarga olib kelishi o'ziga 
xos tarzda namoyon bo'ladi. Shu bois madaniyat nafaqat o'tmish 
yoki bugungi kun, balki kelajakka nisbatan munosabatning ifo-
dasi hamdir. Madaniyat inson faoliyatining ham mahsuli, ham 
sifat ko'rsatkichi. Insoniyat o'zi ham pirovard natijada madani-
yat mahsulidir. Madaniy muhit qanday bo'lsa, inson ham shun-
day shakllanadi. Madaniyatning ijodkori, eng avvalo, xalq. Xalq 
madaniyatida ajdodlar yaratgan moddiy va ma'naviy boyliklar 
jamlangan. Ularni o'zlashtirmay, bilmay turib, madaniyatli kishi 
bo'lish mumkin emas, madaniyat rivojida noyob iste'dod sohib-
lari: fan, adabiyot, san'at ahli ham katta o'rin tutadi. Ular tufayli 
madaniyatda yangi yondashuv, ijod turiari, badiiy-estetik qarash-
lar yuzaga keladi. Bugungi kunda jahon miqyosida keng tarqalgan 
ayrim kasb turiari madaniyatning alohida shakli sifatida e'tirof 
etiladi. Masalan, kitobat madaniyati, kulolchilik madaniyati, bi-
nokorlik, mashinasozlik, temirchilik, ipakchilik madaniyatlari va 
h.k. Bundan tashqari, fanda madaniyatning barcha xalqlar hayo-
tida alohida o'rin tutadigan turiari ham qayd etiladi. Masalan, 
qishloq xo'jaligi madaniyati, texnologik madaniyat, mintaqaviy 
madaniyat va h.k. Bu hoi madaniyat turlarini alohida-alohida 
hamda qiyosiy o'rganish yondashuvining shakllanishi, fanning 
alohida tarmog'i sifatida ajralib chiqishiga olib keldi. 
Madaniyatshunoslik. Hozirgi vaqtda madaniyat va madaniy 
hodisalar «Madaniyatshunoslik» («Kulturologiya») fanining 
asosiy obyekti sifatida oliy o'quv yurtlari doirasida keng miqyos-
da o'rganiladi. Madaniyatshunoslik mustaqllik yillarida mam-
lakatimizda keng taraqqiy etayotgan falsafiy tan sohalaridan biri-
dir. Sobiq ittifoq davrida bu fan umuminsoniy ma'noda o'qitilmas 
157 


edi. Aslida esa, jahon falsafasida madaniyat to'g'risidagi alohida 
bir fanning vujudga kelgani madaniyatning inson va jamiyat ha-
yotida naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat be-
radi. Madaniyatshunoslik madaniyatdagi rang-baranglikni e'tirof 
etadi, madaniyatning universal xarakterga ega bo'lgan tarixiy na-
munalarini bir-biridan farqlaydi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling