Falsafa asoslari


«Madaniy boyliklar» tushunchasi


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

«Madaniy boyliklar» tushunchasi. U ajdodlardan avlodlarga 
vorisiylik asosida yetib kelgan, insoniyatning buguni va kelajagi 
uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan moddiy va ma'naviy boy-
liklar, butun insoniyat mulkini tashkil etmchi buyuk madaniy 
va tabiiy yodgorliklarni ifodalaydi. U xalqning, millatning asrlar 
mobaynida yozma manbalar va xalq og'zaki ijodida ifodalangan, 
159 


obyektivlashgan va subyektivlashgan narsa va buyumlarda aks et-
tirilgan moddiy, ma'naviy faoliyat mahsulidir. Unda bilim, tajri-
ba, dunyoqarash, ma'naviyat va ma'rifat uyg'un tarzda muhrlan-
gan. YUNESKO tashkiloti 1972-yilda jahon madaniy va tabiiy 
yodgorliklarini saqlash to'g'risidagi konvensiyani qabul qilgan 
(1975-yildan kuchga kirgan). Jahon Madaniy boyliklari ro'yxatiga 
jami 721 ta madaniy va tabiiy yodgorliklar kiritilgan. Ular ora-
sida O'zbekistondagi Xiva (Ichan qal'a), Buxoro, Shahrisabz va 
Samarqandning tarixiy markazlari ham bor. 
Madaniyatning umuminsoniyligi va milliyligi. Bu sohada 
umumbashariyatga xos bo'lgan jihatlarni biz madaniyatdagi 
umuminsoniylik, miUatning o'zigagina xos bo'lgan xususiyatlarni 
esa madaniyatning milliyligi deb ataymiz. Aslida esa milliylik 
va umuminsoniylik bir butun madaniyatning ikki tomoni, bir-
birini taqozo etuvchi jihatlardir. Madaniyat ana shu ikki jihat-
ning uzviy aloqasi va bir butunligi orqali namoyon bo'ladi. Mil-
liylik — madaniyatning joni, uning millat bilan bog'liq yashash 
usuli, miUatning unda namoyon bo'ladigan ruhidir. Umumin-
soniylik esa madaniyatning butun jahonga xosligi, ana shundan 
kelib chiqadigan umumbashariy xususiyatlari, jamiyat rivojining 
barcha davr va hududlarga xos umumiy tamoyillaridir. 
Milliy madaniyatlar bir-birini boyitadi. Ular o'rtasidagi o'zaro 
ta'sir tabiiy ravishda xalqlar va millatlarning bir-biri bilaiSiqti-
sodiy, siyosiy, axloqiy sohalardagi hamkorligi uzviy bog'liqdir. Bi-
roq bir milliy madaniyatni boshqa xalqlarga zo'rlab targ'ib etish, 
joriy qilish ijobiy natijalarga olib kelmaydi. Milliy madaniyat-
ning gullab-yashnashi xalqlarning sivilizatsiyalashgan taraqqiyot 
yo'lidan borishi va o'ziga xos sivilizatsiya yaratishida muhim aha-
miyatga ega. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling