Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Madaniyat falsafasi. Madaniyatning mohiyati, rivojlanish 
qonuniyatlari, taraqqiyot bosqichlari va istiqbollarini yaxlit, 
bir butun hodisa sifatida o'rganuvchi falsafiy fan «Madaniyat 
falsafasi»dir. Falsafiy qonun va kategoriyalarni bilish madaniyat 
va uning rivojlanish muammolarini nazariy-metodologik jihat-
dan to'g'ri yechish uchun zamin yaratadi. Ayni paytda madani-
yat falsafasi madaniyatning xilma-xil ko'rinishlarini tahlil qilish 
asosida falsafiy qonunlar va tushunchalarning mazmunan boyi-
shi, falsafaning ijtimoiy amaliyot bilan aloqasining kengayishi va 
chuqurlashuvi, u ilgari surayotgan xulosa va qoidalarning boyishi 
va takomillashuviga xizmat qiladi. Madaniyat falsafasi ijtimoiy 
taraqqiyotning subyektiv, ya'ni kishilar faoliyati bilan bog'liq ji-
hatlariga alohida e'tibor beradi. Madaniyat falsafasining pred-
meti doirasi madaniyat masalalari bilan cheklangan. Shu bois 
madaniyat tushunchasi keng talqin qilingan taqdirda ham butun 
jamiyatni qamrab ololmaydi. Madaniyat falsafasi boshqa fanlar 
ma'lumotlaridan foydalanish bilan birga o'zining empirik ma-
teriallarini yig'adi va tahlil qiladi. Madaniyat falsafasi ijtimoiy-
gumanitar fanlar bilan o'zaro ta'sirda bo'lib, ularning kategori-
yalaridan faol foydalanadi. Bundan tashqari, madaniyat falsafasi 
semiotik, strukturaviy, postmodern, antropologik yondashuvlar 
nuqtayi nazaridan o'rganilishi mumkin. Shunday qilib, madani-
yat falsafasining talqin etilishi borasida turli-tuman yondashuvlar 
mayjud bo'lsa-da, bu tushuncha va hodisaga yaxlit, umume'tirof 
etilgan konsepsiya nuqtayi nazaridan yondashish ehtiyoji saqlanib 
qolmoqda. 
Madaniy meros. Avlodlar tomonidan yaratilgan amaliy tajri-
ba, ma'naviy-axloqiy, ilmiy, diniy va madaniy qarashlar, xalq 
madaniyati va ijodida ifodalangan moddiy hamda ma'naviy 
boyliklar «Madaniy meros» tushunchasida ifodalanadi. Har bir 
L58 


davr madaniy meros rivojiga o'ziga xos hissa qo'shadi. Masa-
lan, qadimgi nodir asarlar va yodgorliklar hozirgacha insoniyatni 
hayratga solib kelmoqda. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan 
yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og'zaki ijodi 
namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazina-
sida saqlanayotgan ming-minglab qo'lyozmalar, ularda mujassa-
mlashgan tarix, adabiyot, san'at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, 
matematika, minerologiya, kimyo, astronomiya, me'morchilik, 
dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmabaho asarlar, o'lmas 
osori atiqalar bu ko'hna o'lkada, bugun biz yashab turgan tuproq-
da qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo'lganidan guvohlik be-
radi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo'lgan to'rt ming yildan 
ziyod moddiy-ma'naviy obida umumjahon merosining namuna-
si sifatida YUNESKO ro'yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tas-
diqlaydi. Mustaqillik yillarida ana shu bebaho Madaniy merosni 
tiklash, uni asrab-avaylash va boyitgan holda kelgusi avlodlarga 
yetkazib berish yo'lida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshi-
rilib, izchillik bilan davom ettirilmoqda. Samarqand, Buxoro, 
Qo'qon, Toshkent, Qarshi, Termiz, Xiva, Marg'ilon, Shahrisabz 
kabi ko'hna shaharlarimizdagi tarixiy yodgorliklar, masjidu mad-
rasalar, maqbaralar, qadamjolar ham Madaniy merosning ajralmas 
qismidir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, mustabid tuzum 
davrkfo taqiqlab qo'yilgan urf-odat, marosim va an'analar, islo-
miy qadriyatlar, milliy bayramlar qayta tiklandi, o'zbek tili davlat 
tili maqomiga ega bo'ldi, jahon va milliy madaniyatimiz rivojiga 
ulkan hissa qo'shgan buyuk siymolarning nomlari tiklanib, asar-
lari har tomonlama o'rganilmoqda, qadamjolari obod etilmoq-
da. Bunday ezgu sa'y-harakatlar boy madaniy merosimizni ko'z 
qorachig'idek asrab-avaylash, boyitish, kelgusi avlodlarga bezavol 
yetkazib berishda beqiyos ahamiyat kasb etmoqda. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling