Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Yetarli asos qonuni. To'g'ri fikrlashga xos bo'lgan muhim xu-
susiyatlardan biri asoslilik, ishonchlilikdir. Fikrlash jarayonida 
buyum va hodisalar haqida chin muhokama yuritibgina qolmas-
dan, bu muhokamaning chinligiga hech qanday shubha bo'lmasligi 
uchun uni asoslash, isbotlashga harakat qilinadi. Bunda chinligi 
avvaldan ma'lum bo'lgan va o'zaro mantiqiy bog'langan mulo-
hazalarga asoslaniladi, ya'ni bayon qilingan fikrning chinligi 
avvaldan ma'lum bo'lgan, chinligi tasdiqlangan boshqa bir fikr, 
mulohaza bilan taqqoslanadi. Tafakkurning bu xususiyati yetarli 
asos qonuni orqali ifodalanadi. 
Inson tafakkuriga xos bo'lgan bu qonunni birinchi marta ne-
mis faylasufi va matematigi G. Leybnits ta'riflab bergan. Uning 
ta'kidlashicha, barcha mavjud narsalar o'zining mavjudligi uchun 
208 


yetarli asosga ega. Har bir buyum va hodisaning real asosi bo'lgani 
kabi, ularning in'ikosi bo'lgan fikr-mulohazalar ham asoslangan 
bo'lishi kerak. 
Yetarli asos qonunida to'g'ri tafakkurning eng muhim xususi-
yatlaridan biri bo'lgan fikrlarning izchillik bilan muayyan tar-
tibda bog'lanib kelish xususiyati ifodalanadi. Bu qonun avvalgi 
ko'rib o'tilgan qonunlar bilan o'zaro bog'liq holda amal qiladi. 
Fikrlash jarayonida berilgan mulohazaning chinligini asoslash 
uchun keltirilgan chin mulohazalar mantiqiy asos, berilgan mulo-
hazaning o'zi esa mantiqiy natija deb yuritiladi. 
Shunday qilib, to'g'ri tafakkurning yuqorida ko'rib o'tilgan 
qonunlarining har biri chin bilimga erishish uchun xizmat qila-
di. Bu qonunlar tafakkur jarayonida alohida-alohida yoki birin-
ketin emas, balki bir vaqtda, birgalikda fikrlar bog'lanishining 
xarakteriga qarab amal qiladi. Bu qonunlarning talablari bir-
birini to'ldirgan holda mantiqiy tafakkurning chin bo'lishini 
ta'minlaydi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling