Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Ta'riflashning struk-
turasi 
Aniqlanuvchi qism — mazmuni ochib berilishi 
lozim bo'lgan tushuncha. 
Aniqlovchi qism — aniqlanuvchi tushuncha-
ning mazmunini ochib beruvchi tushunchalar. 
Ta'riflashning turiari 
Nominal ta'rif — predmetni ifodalovchi tushunchaning ma'nosini 
aniqlovchi ta'rif. 
Aniq real ta'rif — predmetning 
muhim belgisini ko'rsatish orqali 
ta'riflash. 
Aniq real ta'rifning 2 turi mavjud: 
1. Yaqin jinsi va tur belgisini 
ko'rsatish orqali ta'riflash. 
2. Genetik ta'rif. 
Noaniq real ta'rifda tushuncha-
ning mazmuni yordamchi vosita-
lar orqali ochib beriladi. 
Noaniq real ta'rifning 3 turi mav-
jud: 
1. Aksiomatik ta'rif. 
2. Kontekstual ta'rif. 
3. Induktiv ta'rif. 
Ta'riflashning qoidalari 
1. Ta'rif teng hajmli bo'lishi kerak, ya'ni aniqlanuvchi va aniqlovchi 
tushunchalarning hajmlari o'zaro teng bo'lishi shart. 
2. Ta'rif aniq bo'lishi kerak, unda obrazli iboralar, mazmuni noaniq 
so'zlar ishlatilmasligi kerak. 
3. Ta'rif aylana shaklida bo'lib qolmasligi kerak, ya'ni aniqlovchi tu-
shunchaning mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning 
o'ziga murojaat qilish mumkin emas. 
4. Ta'rif iloji boricha inkor shaklida bo'lmasligi kerak. 
Tushunchalarni ta'riflash (deflnitsiya). Har bir inson hayoti 
davomida tushunchalarning aniq ta'rif Ian ishiga ehtiyoj sezadi, 
tushunchaning ta'rifiga asoslanib bilimga e^a bo'ladi, voqea va 
hodisalarga nisbatan o'z munosabatini belgilaydi. Masalan, Majid 
Xavofiyning: «Sahiylik - bu (biror narsani) boshqa kishiga hech 
217 


qanday yomonlikni niyat qilmay va tamagirlikni o'ylamay hamda 
shu narsaning qaytarilishiga umid bog'lamay tuhfa qilishdir», — de-
gan fikrini o'qib, sahiyhk tushunchasining mazmunini bilib olamiz. 
Tushunchaning mazmunini aniqlash, unga ta'rif berish demakdir. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling