Falsafa asoslari


Mazmuni noaniq tushunchalar


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Mazmuni noaniq tushunchalar. Kundalik hayotda va ilmiy 
bilishda qo'Uaniladigan shunday tushunchalar bor-ki, ularning 
mazmunini aniqlab bo'lmaydi. Buning bir necha sabablari bor. 
1. Voqelikdagi buyum va hodisalar, ularning xususiyatlari 
ko'p qirrali va murakkabdir. Masalan, «sevgi», «haqiqat» shun-
day tushunchalar jumlasidandir. Bu tushunchalarni har bir inson 
o'zicha talqin qiladi. 
2. Olamdagi barcha narsa va hodisalar doimiy o'zgarishdadir. 
Ba'zan bu o'zgarishlarning vaqt chegarasi noaniq bo'ladi. Ma-
salan, «yosh yigit», «qari odam» tushunchalarida «qachondan 
boshlab?» «qay vaqtgacha?» kabi savollarga aniq javob bo'lmagani 
uchun, bu tushunchalarning mazmuni noaniqdir. 
3. Odamlar bir xil bo'lgan obyektlarni har xil baholaydilar. 
Masalan, «zerikarli film», «qiyin vazifa», «yoqimli kuy» va h.k. 
Shunday tushunchalarga nisbatan «nima uchun?» degan savolni 
213 


qo'ysak, hamma har xil javob beradi, natijada bu kabi tushuncha-
larning aniq mazmunini bilib bo'lmaydi, lekin tasavvur qilish 
mumkin. Bunday tushunchalar ilmiy adabiyotlarda yoki normativ 
hujjatlarda qo'llanilganda ularning mazmuni qat'iy aniqlab olina-
di. Masalan, «Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida»gi dasturda 
«yoshlar», «yosh oila», «yosh mutaxassis» kabi tushunchalarning 
mazmuni qat'iy belgilangan
1

Tushunchalarning mazmuni va hajmiga ko'ra turlarini bilish 
fikrlash jarayonidagi noaniqliklarni bartaraf etishga, fikrni aniq 
va to'g'ri bayon qilishga yordam beradi. U yoki bu tushuncha-
ning mazmuni va hajmiga ko'ra qaysi turga mansub ekanligini 
aniqlash unga mantiqiy tavsif berish deyiladi. Masalan: 
Universitet — umumiy sanaladigan, to'plovchi, aniq, musbat, 
nisbatsiz tushuncha. 
Kentavr — bo'sh hajmli, aniq, musbat, nisbatsiz tushuncha. 
Bilimsiz — umumiy sanalmaydigan, mavhum, manfiy, nisbat-
dosh tushuncha. 
Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog'liq bo'lib, bu 
bog'liqlik teskari nisbat qonunida ifodalanadi. Bu qonunga ko'ra 
tushunchaning hajmi keng bo'lsa, uning mazmuni tor bo'ladi va 
aksincha, tushunchaning hajmi tor bo'lsa mazmuni keng bo'ladi. 
Tushunchaning mazmuni va hajmi o'rtasidagi teskari nisbat 
qonuni tushunchalar bilan olib boriladigan qator mantiqiy amal-
lar asosida yotadi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling