Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Ta'riflash — definitsiya tushunchaning mazmunini ochib 
beruvchi mantiqiy amaldir. 
Ta'riflashga o'xshash mantiqiy usullar: 
1. Tushunchani unga qarama-qarshi bo'lgan tushuncha orqali ta'riflash. 
2. Tasvirlash — tushunchaning mazmunini u aks ettiruvchi predmet-
ning ba'zi tashqi belgilarini ko'rsatish orqali aniqlash. 
3. Tavsiflash — predmetning ba'zi bir munosabatdagi muhim tur bel-
gilarini ko'rsatish. 
4. Ko'rsatish (ostensiv ta'riflash) — predmetning o'zini yoki suratini 
ko'rsatish orqali ta'riflash. 
5. Misol keltirib ta'riflash. Bunda ta'riflanayotgan predmetning maz-
muni uni boshqa predmetga o'xshatish, tafovutlash orqali aniqlanadi. 
Biz kundalik hayotda va ilmiy bilishda qo'llaydigan tu-
shunchalarning ta'riflari yuqoridagi usullar orqali hosil qilingan. 
Har bir fan doirasida qo'llaniladigan atamalar qat'iy 
ta'riflangan bo'lib, ilmiyjamoat tomonidan qabul qilingandir. Bu 
ta'riflarni subyektiv xohishga ko'ra o'zgartirish mumkin emas. 
Kundalik hayotda qo'llaniladigan tushunchalar ijtimoiy hayot-
dagi o'zgarishlar, insonning yoshi, shaxsiy tajribasi, bilimi, dun-
yoqarashi, ruhiy holati va boshqalar ta'sirida o'zgarib turadi. Shu 
bqis odamlar bir-birlarini tushunmasliklari, bir hodisaga nisbatan 
turli nuqtayi nazardan yondashishlari mumkin. Bunday holat-
larda tomonlar avvalo bahsga sabab bo'layotgan tushunchalarning 
mazmunini, ya'ni ta'rifini aniqlab olishlari zarur. 
Tushunchalarni bo'lish. 
Har bir inson atrofidagi odamlar, voqea-hodisalar, buyumlar 
va boshqalarga o'z munosabatini belgilar ekan, ularni toifalarga, 
qismlarga, turlarga bo'ladi. Bunday bo'lish uning tushunchalar 
olamida amalga oshadi. Inson fikr yuritish jarayonida tushuncha-
, larni turli asoslarga ko'ra bo'ladi. 
218 



Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling