Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Dunyoqarashni uch xil tarixiy shakllarga ajratiladi. Bular - mifologik dunyoqarash, diniy dunyoqarash va falsafiy dunyoqarash


Download 0.75 Mb.
bet3/140
Sana07.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1247819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Dunyoqarashni uch xil tarixiy shakllarga ajratiladi. Bular - mifologik dunyoqarash, diniy dunyoqarash va falsafiy dunyoqarash.
Mifologik dunyoqarash - dunyoqarashning ilk tarixiy shakli bo‘lib, unda qadimda insonning uni o‘rab turgan tabiat va jamiyat hayoti xaqidagi tasavvurlari badiiy obrazlar orqali ifoda etilgan. Aksariyat qadimgi afsona va rivoyatlar kosmologik xarakterga ega bo‘lgan. Ularning asosini tug‘ilish, o‘lish, sinov, qaxramonlik, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash, inson bilan tabiatning o‘zaro uyg‘unligi g‘oyalari tashkil etgan. Ta’kidlash joizki, zamonaviy g‘arb falsafasidagi oqimlardan bo‘lgan strukturalizm jahon xalqlari afsona va rivoyatlarini solishtirish natijasida ularning struktur tuzilishi, asosiy g‘oyalari mos kelishini aniqlashgan.
Mifologiya (qad.yunonchada mifos – rivoyat, afsona, logos - ta’limot ) epos, afsona, ertak shaklida barcha dunyo xalqlarida mavjud bo‘lgan. Mifologiya (yoki naql, rivoyat) ibtidoiy ongdagi voqelikning badiiy in’ikosi bo‘lib, insonning yaxshilik va go‘zallik, o‘lim va mangulik, do‘stlik va qaxramonlik, muhabbat va sadoqat kabi qadriyatlar xaqida tasavvurlari, xulq-odob normalari va urf-odatlarining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.Umuman olganda qadimgi afsonalar olamning, ya’ni tabiat, jamiyat va insonning bir butunligini, yaxlitligini asoslashga qaratilgan.SHu bilan birga u o‘tmishni hozirgi zamon va kejak bilan bog‘lash orqali avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy vorisiylikni tiklashga, jamiyatda axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qilgan.
Din - (lotinchada religio - xudojo‘ylik, ilohiyot degan ma’noni bildiradi ) shunday dunyoqarash shakliki, unda olam ikkiga erdagi, xissiy, o‘tkinchi foniy dunyo va ilohiy, g‘ayri moddiy, ilohiy va abadiy, ya’ni inson o‘limidan keyin topadigan dunyoga ajratiladi. Diniy dunyoqarashning asosini olamning yaratuvchisi va undagi barcha narsalarni belgilovchi, boqaruvchi xudoning mavjudligi xaqidagi diniy tasavvurlar va e’tiqod tashkil etadi.
Dinlar poleteistik (ko‘pxudolik) va monoteistik (birxudolik) shaklda bo‘ladi. Bundan tashqari dinlar miqyosi jihatidan qabilaviy, milliy va dunyoviy dinlarga bo‘linida. Dunyoviy dinlarga buddaviylik, xristianlik va islom dinlari kiradi. Mavjud barcha dinlarning bosh vazifasi insonga o‘zgaruvchan va o‘tkinchi xisoblangan hayot qiyinchiliklarini sabr-bardosh bilan engish, uning sinovlariga ma’naviy, ruhiy tayyorgarlik ko‘rishdan iborat.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling